12.3.4. Zarafshon turistik rayoni
Zarafshon turistik rayoni Buxoro, Samarqand va Navoiy
viloyatlarini birlashtiradi. Bugungi kunda bu rayon tarixiy,
arxitektura va madaniy turizmning markazi sifatida nafaqat
mamlakatimizda qolaversa dunyoga mashxurdir. Xususan, ochiq
osmon ostidagi shaharlar turistik resurslari jahon turistlarini o`ziga
jalb qiladi. Turistik rayon huduhining kattaligi bevosita turli xil
tabiiy va madaniy resurslarning turlicha taqsimlanishiga zamin
yaratadi.
Buxoro viloyati
1938 yil 15-yanvarda tashkil topgan. Uning
maydoni 40,3 ming km
2
bo`lib, aholisi 2018 yil 1 yanvar holatiga
ko`ra
1881,3 ming kishi tashkil etadi. Viloyatda jami 11 ta tuman,
11 ta shahar va 69 ta shaharcha hamda 1469 ta qishloqlar bor.
Buxoro viloyati qadimiy davr, ilk va o‗rta asrlarda qurilgan
me‘moriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat
me‘moriy-badiiy muzey qo‗riqxonasi hisobida 997 ta tarixiy
yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qadimiy yodgorliklardan biri,
Buxoro hukmdorlarining qarorgohi Buxoro arki (mil. av I asr)
bugungi kungacha saqlangan. Shahar yonidagi Fathobodda
Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asr), Bayonqulixon
maqbarasi (XIV asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlog‗ida
Chorbakr ansambli (XVI asr), Hazratbobo masjidi (XVIII asr),
Amirning yozgi qarorgohi Sitorai Mohi Xosa saroyi (XIX-XX
asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (XII asr), Chashmai
Ayyub maqbarasi (l208-yil), Hoja Mahmud Anjir Fag‗naviy
204
maqbarasi (XIII asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (XIV asr),
Vobkent hammomi (XVI-XVII asrlar), Toshmasjid (XVI-
XVIII asrlar), So‗fi Dehqon xonaqohi (XVII-XVIII asrlar),
Jondor tumanida Varaxsha shahrining xarobalari (VII asr),
Mahmud Torobiy dahmasi (XIII asr), Qizbibi majmuasi (XV asr),
Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi,
Abdulazizxon honaqohi va Dahmai Shohon (XIV-XVI asrlar),
Hazrat Mir Kulol (XIV asr), Kogon shahrida Temiryo‗lchilar
(sobiq Amir) saroyi (XIX-XX asrlar), Peshku tumanida Xo‗jam
Bandi Kushod va Xo‗jam Said Po‗lat maqbaralari (XVIII-XIX
asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Rometoniy Xojai Azizon va
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (XIV asr),
Mulla Mir Hakim xonaqohiShofirkon tumanida Vardonze
shahrining yodgorligi (VI-VII asrlar), Hazor Nur dahmasi (VIII
asr), Xoja Orif Revgariy Mohitobon maqbarasi (XIII asr),
Qorovulbozor tumanida Bo‗zachi va Qorovulbozor sardobalari
(XVII asr), Qorako‗l tumanida Poykend shahrining xarobalari
(VIII asr), Shoburxon ota maqbarasi va masjidi, G‗ijduvon
tumanida Hazrat Abduxoliq G‗ijduvoniy Xojai Jahon (XII asr)
masjidi va maqbarasi, Ulug‗bek madrasasi (XV asr), Toshmasjid
va Dehqonbobo xonaqohi (XV-XVI asrlar), Chorsu masjidi
(XVIII-XIX asrlar) kabi noyob me‘moriy obidalar saqlangan.
Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va
Malik sardobasi (XI asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom
maqbarasi (X-XI asrlar), Qosim shayx xonaqohi (XVI asr)
mavjud. Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq me‘moriy an‘analari
o‗zaro uyg‗unlashib ketgan. O‗zbek xalqi tomonidan ikki ming yil
mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy
iste‘dodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik qudratidan dalolat
beradi. Buxoro Sharqning qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik
ma‘lumotlarga ko‗ra, Buxoroga miloddan avval l000 yillik
o‗rtalarida asos solingan. Uning nomi ilk o‗rta asr Xitoy
manbalarida turlicha (An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer,
Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala va boshqalar) atalgan. Bu
atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning Xitoycha nomlari bo‗lib,
qolgani Buxoro so‗zining Xitoy tilidagi talaffuzidir. O‗rta asr arab
205
manbalarida esa Buxoro Numijkat, Navmichkat, Bumichkat
(Yangi qo‗rg‗on), Al-Madina As- sufiyya (mis shahar), Madinat at-
tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli shahar) kabi nomlar bilan
tilga olingan. Buxoro atamasi sanskritcha «uixora» so‗zining turk-
mo‗g‗ulcha shakli -«buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan deb
taxmin qilingan. Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‗diycha «bug‗»
yoki «bag‗» («tangri») hamda «oro» («jamol») so‗zlaridan iborat
bo‗lib, «tangri jamoli» deganma‘noni anglatadi, degan fikr ilgari
surilmoqda. Darhaqiqat, Zarafshon daryosining quyi oqimida
joylashgan Buxoro va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda
xushmanzara hayvonot va o‗simlik dunyosi betakror, ko‗l va oqar
suvlarga boy bo‗lib, tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi»
asaridagi ma‘lumotlar ham buni tasdiqlaydi.
Buxoro zaminida mashhur, donishmand allomalar voyaga
yetganlar, o‗qib, ijod etganlar. Abu Xavs Kabir Buxoriy (767-
832), Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Daqiqiy,
Rudakiy,
Balamiy,
Abduxoliq
G‗ijduvoniy, Bahouddin
Naqshband, Sayfiddin Boharziy, Nosir Buxoriy, Shamsiddin
Buxoriy, Ubaydulloh Buxoriy, Hofiz Tanish Buxoriy, Mushfiqiy,
Turdi Farog‗iy, Ahmad Donish, Fitrat, Sadriddin Ayniy,
Fayzulla Xo‗jayev, Ibrohim Mo‗minov, Jalol Ikromiy shular
jumlasidandir. l997-yilning oktabrida Buxoroning 2500
yilligi O‗zbekistonda keng nishonlandi. 50 dan ortiq tarixiy-
me‘moriy obidalar ta‘mirlandi, yangi istirohat bog‗lari,
xiyobonlar barpo qilindi.
Buxoroning islomga qadar bo‗lgan siyosiy tarixi xususidagi
ma‘lumotlar mil. avvalgi VII-VIII asrlar bilan chegaralanadi.
Buxoro VI-VIII asrlar boshida Buxorxudotlar hokimligi poytaxti
edi. 709-yili uni arab xalifaligi fath etgan, 9-l0-asrlarda esa u
somoniylar poytaxti bo‗lgan. 999-yil Buxoroni qoraxoniylar, l220-
yil mo‗g‗ullar bosib olgan. l370- yildan Buxoro Amir Temur va
Temuriylar davlati, XVI asr boshida Shaybo- niylar (l533-yil bu
davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga ko‗chirilishi tufayli
Buxoro xonligi deb atala boshlagan) va l533-yildan l920-yilgacha
Buxoro xonligi (amirligi) markazi bo‗lgan, so‗ng shahar Buxoro
bosqini natijasida sho‗rolar tomonidan bosib olingan va l920-yil 8-
206
sentabrdan boshlab Buxoro xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning
poytaxti bo‗lgan.
Navoiy viloyati 1992-yilda tashkil etildi. Viloyatning umumiy
hududi 111,0 ming km2 bo`lib, viloyatda 964,7 mingdan ortiq
doimiy aholi yashaydi (2018). Navoiy viloyati tarkibida 8 ta qishloq
tumani mavjud. Ulardan tashqari viloyatda 6 ta shahar, 47 ta
shaharcha, 577 ta qishloqlar.
Viloyat
shimoldan
va shimoli-sharqdan Qozog‗iston
Respublikasi
hududi
bilan, janubi-sharqdan mamlakatimizning
Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g‗arbdan esa
Buxoro viloyatlari bilan chegaradoshdir.
Viloyatning tabiati o‗ziga xos rang-barang bo‗lib, shimoli-
g‗arbiy qismida Qizilqum sahrosi cho‗llari, janubi-sharqiy qismida
osmono‗par Nurota tog‗ tizmalari hamda Zarafshon daryosining
o‗rta qismida boy va turfa-xil dehqonchilik dalalari yastanib
yotibdi. Zarafshon daryosi bilan birgalikda Aydarko‗l, Sho‗rko‗l,
To‗dako‗l kabi ko‗plab yirik suv manbalari viloyat tabiatini yanada
rang-barang bo‗lishligiga hissa qo‗shmoqda. Navoiy yosh va
navqiron viloyat bo‗lsada, uning insoniyat tamadduniga katta hissa
qo‗shgan qadimiy va betakror tarixi bor. Bular Sarmishsoy
darasidagi iptidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh
shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardobasi, Qosim Shayx
Azizon xonaqohi va Nurotaning noyob me‘moriy obidalari kabi
bebaho madaniy me‘ros obektlaridir. Viloyat tarkibida 8ta tuman
mavjud bo‗lib, ular – Karmana, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa,
Konimex, Uchquduq, Tomdi, Navbahor tumanlaridir. SHuningdek
yirik sanoat korxonalari negizida 2 ta yirik shahar- Navoiy va
Zarafshon shaharlari har tomonlama rivojlanib, obod hududga
aylanib bormoqda. Ayni paytda Navoiy viloyati Respublikamiz
ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida o‗zining munosib
o‗rniga ega bo‗lishi bilan bir qatorda ulkan bunyodkorlik ishlari va
tarixiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Viloyat tabiiy resurslarga,
shu jumladan, rangli metall va qurilish xom-ashyo materiallariga
boy hisoblanadi. Navoiy Kon Metallurgiya kombinati Davlat
korxonasi dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir.
Shuningdek, ―Navoiyazot‖ OAJ, ―Elektrkimyo zavodi‖ qo‗shma
207
korxonasi,
―Navoiy
issiqlik
elektr
stansiyasi‖
OAJ,
―Qiziqumsement‖ OAJ singari yirik korxonalar faoliyat
ko‗rsatmoqda. Qulay geografik joylashuvi hisobga olinib, 2008-
yilda viloyatda Navoiy Erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etilib,
Janubiy Korea, Hindiston, Xitoy va Singapur kabi xorijiy
hamkorlar bilan keng ko‗lamli faoliyat olib bormoqda. Navoiy
aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi tashkil
etilgan bo‗lib, u orqali ―O‗zbekiston havo yo‗llari‖ va ―Korean Air‖
hamkorligida jahonning turli mamlakatlariga yuk tashish ishlari
yo‗lga qo‗yilgan. Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va
qishloqlarida bir-biridan shinam zamonaviy tipdagi namunaviy
qo‗rg‗onlar bunyod etilgan bo‗lib, yurtimiz husniga chiroy
qo‗shmoqda. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng
katta viloyat bo‗lib, Qoraqalpog‗istondan keyingi ikkinchi o‗rinni
egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil
etadi. Viloyat o‗ziga xos tabiiy sharoitiga ko‗ra yirik uch qismga
bo‗linadi:
viloyatning shimoli-g‗arbiy
qismini
Qizilqum
cho‗li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog‗ tizmalariga
tegishli Qoratog‗, Oqtog‗ singari tog‗lar bo‗lsa, Zarafshon daryosi
vohasining o‗rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi
o‗rnashgan. Navoiy viloyati zaminida shifobaxsh, sho‗r va er osti
chuchuk suv zaxiralari aniqlangan bo‗lib, Tomdibuloq, Qaraqota,
Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xalq salomatligini
mustahkamlash
hamda
xo‗jalik
yumushlarida
unumli
foydalanilmoqda. Viloyatning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi
hisoblanadi.
Hududda
dehqonchilik
maydonlari Amu-
Buxoro mashina kanalining Navoiy, O‗rtacho‗l, Amu, Sumbul,
Mayna tarmoqlari hamda Zarafshondan suv oladigan Konimex, Tos,
Shovot, Chovli, o‗ng va chap qirg‗oq, Navkar kanallari orqali suv
bilan ta‘minlanadi. Shuningdek, Quyimozor, To‗dako‗l suv
omborlarida kuz-qish mavsumida kerakli suv zaxiralari hosil
qilinadi. Viloyatda 32 ta yirik suv chiqarish elektr nasos stansiyalari
ishlab turibdi.
Viloyatning shimoli va g‗arbida ko‗chma qum barxanlari, gilli
cho‗l zonalari yastanib yotadi. Mazkur kengliklar, ayniqsa, bahor
oylarida turfa tabiiy giyohlar, o‗t-o‗lanlar, rang-barang o‗simliklar
208
bilan bezanadi. Cho`l hududi cho`l ekoturizmini tashkil etish
imkoniyatlarini yaratsa, tog` hududlari esa tog` ekoturizmini tashkil
etish uchun katta imloniyatlarga egadir. Nurota ziyoratgohi
viloyatda, qolaversa respublikadagi eng diqqatga sazavvor
maskanlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |