M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

Surxondaryo viloyati 
1941 yil 6-martda tashkil topgan. 
Uning maydoni 20,1 ming km
2
bo`lib, aholisi 2018 yil 1 yanvar 
holatiga ko`ra 2537,9 ming kishi tashkil etadi. Viloyatda jami 14 ta 
tuman, 8 ta shahar va 114 ta shaharcha hamda 865 ta qishloqlar 
mavjud. Ma‘muriy markazi-Termiz shahri.
Termiz Amudaryoning o‗ng sohilida, O‗zbekistonning janubiy 
qismida, Afg‗oniston chegarasiga yaqin, o‗rtacha 310 m balandlikda 
joylashgan. Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq 
(O‗zbekistondagi eng issiq shahar – eng yuqori harorat 49,5°, 1914 
yil 21 iyunda qayd etilgan), qishi iliq va qisqa. Yillik o‗rtacha 
harorat 16–18°. Yanvarning o‗rtacha harorat 2,8–3,6, iyulniki 28–
32°. Ba‘zida, qishda sovuq–20° va undan ham past bo‗ladi. Yillik 
yog‗in 133 mm. 
Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan 
ma‘lumotlar Termizning sharqdagi qadimiy shaharlardan biri 
ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o‗rni, 
strategik ahamiyatga molik joyda bo‗lganligi, sharqni g‗arb, jan.ni 
shimol bilan bog‗lovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez 
sur‘atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yo‗lining 
muhim bir tarmog‗i ham Termiz orqali o‗tgan. 
Qadimiy sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning 
o‗ziga xos o‗rni bor. Ko‗xna Termizning qal‘a qismida olib borilgan 
arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga 


213 
ko‗ra shaharga mil.av.1 ming yillikning o‗rtalarida asos solingan. 
Termiz Sug‗diyona, Xorazm, Marg‗iyona va Parfiya davlatlari bilan 
madaniy va savdo aloqalarini o‗rnatgan. Topilmalarga qaraganda 
shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda 
faol va uzviy bo‗lgan. 
Mil.av. 4–3 asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning 
qadimiy qal‘asi o‗rnida aholi manzili bo‗lgan. Hofizi Abruyning 
yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi 
manzil") so‗zidan olingan bo‗lib, asrlar davomida turlicha atalib 
kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 
10-asrdan Termiz deb atala boshlagan. 
Termiz mil. av. 3–2 asrlarga kelib Baqtriyaning eng 
rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga 
aylandi. Ashyoviy dalillarga ko‗ra bu davrlarda shaharda me‘morlik 
va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik 
va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, Yunon Baqtriya shohlari 
tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga 
qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi. 
Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar 
hukmronligi davriga to‗g‗ri keladi. Bu davrda Termiz hududiy 
jihatdan kengayib, shim. Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. 
shaharda shu davrga oid me‘morlik va hunarmandchilik binolari va 
namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, 
qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari 
kabi topilmalarning ko‗plab qayd qilinishi buning dalilidir. Masalan, 
Dalvarzintepadan topilgan va fil suyaklaridan yasalgan shaxmat 
donalari yer yuzida aniqlangan eng qadimiy. shaxmat donalari 
(mil.2-asr) hisoblanadi. O‗sha davrda Termiz Kushonlar davlatining 
muhim shahri va buddizmnint markazlaridan biri bo‗lgan. 
Shaharni Termizshoxlar idora qilgan. O‗sha davrda Termiz 
Termizshoxlar hokimligining poytaxti bo‗lib turgan. Arablar bosib 
olgan davrda (686–704) Termiz 70 gektarga yaqin maydonni 
egallagan, to‗rtburchak shaklidagi qal‘adan iborat bo‗lgan. 10-asrda 
yozilgan "Hudud ul olam" asarida Termiz "Jayxun bo‗yidagi 
kurkam va obod shahar. Qal‘asi daryo bo‗yida, ulkan bozori 


214 
mashhur, Xuttalon va Chag‗oniyon ahli shu yerda savdo qiladi", deb 
ta‘riflangan. 
10–12 asr Boshlarida Termiz ravnaq topgan. Toxaristonning 
yirik shahri, hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan. Termiz 
vaqt vaqti bilan G‗aznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, 
Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida bo‗lgan. Mo‗g‗ullar 
istilosidan so‗ng, 14-asrda Termiz Surxondaryo sohiliga yaqin joyda 
yangidan qad. ko‗tardi. shahar o‗z o‗rnini bir necha bor 
o‗zgartirsada, asrlar davomida o‗z nomini Tarmita, Antioxiya 
Tarmita, Tarmiz, Tirmiz, Termiz ko‗rinishlarida saqlab kelgan. 
Amir Temur Movarounnahrni egallagach (1370), Termiz 
Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 1407 
yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz 
qal‘asi qayta tiklandi. Ko‗p o‗tmay o‗z tangalarini zarb etadigan 
katta shaharga aylandi. 1504-1505 yillarda shaharni shayboniyxon 
egalladi. Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida bo‗lib, 18-asrning 2-
yarmida shahar o‗zaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan.
O‗zbekistonni qo‗shni Afg‗oniston, Pokiston, Hindiston va 
boshqa davlatlar bilan bog‗lovchi yo‗l Termiz orqali o‗tishi 
shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o‗rin egallaydi. 
2002 yil 2 aprelda o‗zining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz 
shahri ko‗plab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. 
Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy 
taraqqiyoti va o‗zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol 
o‗ynagan. «Buyuk Ipak yo‗li»ning asosiy chorrahalaridan biri 
sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa 
qo‗shgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bog‗liq 
bo‗lgan memorchilik an‘analarining Xitoy va Uzoq sharq 
mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan. 
Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va 
strategik mavqei ko‗plab davlatlar va hukmdorlarning diqqat 
e‘tiborini o‗ziga tortar edi. Shuning uchun u eron va grek, arab va 
mo‗g‗ul 
bosqinchilarining 
hujumlariga 
duchor 
bo‗ldi, 
Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy 
hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli 
janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo 


215 
bo‗lardi, o‗sib shon-shuhrat va qudratga ega bo‗lardi. U yana halok 
bo‗lardi, yonardi, kulga aylanardi va yana o‗zini tiklab ulg‗ayardi. 
shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi 
o‗rnida yuz bermagan. 
Ko‗hna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo bo‗yida rivoj 
topgan bo‗lsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda 
Surxondaryo bo‗yida qad ko‗tarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning 
ikkinchi yarmidagi o‗zaro urushlar tufayli vayronaga aylangan 
Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda 
Pattakesar qishlog‗i zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. 
Ko‗hna Termiz obidalari o‗zining takrorlanmasligi bilan hamisha 
qadimgi davr mualliflari, ilk o‗rta asr Xitoy sayyohlari va musulmon 
davri tarixchilarining diqqat-markazida bo‗lib keldi. 
Rivoyatlarga ko‗ra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda 
Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan 
avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan eron ahamoniylari 
Termizni juda ko‗hna shahar deb ta‘riflashgan. shahar Aleksandr 
Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga bo‗ysungan. 
Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta – 
Taramata (baqtrcha – daryo qirg‗og‗i) bo‗lgan. MIloddan avvalgi 
327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni o‗z 
nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy 
hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi 
Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I 
asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor 
qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik 
berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi 
(Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. 
avv. I – mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz 
Hindiston bilan g‗arb, shimol, sharq mamlakatlari bilan 
bo‗g‗laydigan savdo yo‗llaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda 
ko‗plab budda ibodatxonalari quriladi. 
V–VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh 
eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida 
bo‗ldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi 
boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar. IX–XII 


216 
asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida ma‘muriy, savdo, 
hunarmandchilik va ilm-ma‘rifat markaziga aylandi. Bu davrda 
shaharni o‗rab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil 
etib, 9 ta darvozasi bo‗lgan. shu davrda Termizda dunyoga mashhur 
bo‗lgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar 
etishib chiqdi. 
IX–XII asrlarda Termiz G‗aznaviylar, Saljuqiylar va 
Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida bo‗ldi. 1206 yili Xorazmshoh 
Muhammad davlati ixtiyoriga o‗tdi. 1220 yili Chingizxon 
qo‗shinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz eski o‗rnida emas, 
sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. 
Temuriylar davlati tarkibiga o‗tgandan keyin u gullab-yashnaydi va 
shahri g‗ulgula nomini oldi. 
Termiz shayboniylar davlati tasarrufiga o‗tgandan keyin ham 
rivojlanishda davom etdi. Kohna Termiz qal‘asini qayta tiklash 
ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan o‗zaro janglar, taxt 
talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron bo‗ldi. Faqat Salovat va 
Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va 
saroylar quladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo 
bo‗yidagi Ko‗hna Termizdan janubda Pattakesar qishlog‗i paydo 
bo‗ldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr 
o‗tgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad ko‗tardi. Yangi 
Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining 
keskinlashgan davriga to‗g‗ri keldi-ki, Rossiya bu joylarda o‗z 
ta‘sirini kuchaytirish maqsadida O‗rta Osiyoga harbiy yurishlarini 
boshlab yuborgan edi. 
1873 yilning 28 sentyabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga 
qaram davlatga aylantirgan bo‗lsa, 1888 yil 23 iyundagi qo‗shimcha 
shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar 
qurish masalasini hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida Termiz 
Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi 
Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar 
boshlandi, ko‗plab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqo‗rg‗on va 
mustahkam istehkom qurildi. Termir yo‗l qurilishi, telegraf, aloga, 


217 
elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va 
Amudaryo bo‗yidagi harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‗lgan 
shaharga aylanishiga olib keldi. 1917 yilgi davlat to‗ntarishidan 
keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz o‗zining xarbiy-
strategik ahamiyatini yo‗qotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta 
inshootlar qurildi. Ma‘muriy binolar qad ko‗tardi. Ilm-fan 
rivojlandi, madaniyat va san‘at ravnaq topdi. 
Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar 
ko‗chalari boshqadan qurilib, ravon va keng ko‗chalarga 
aylantirildi, istirohat bog‗lari, sharqona usuldagi muhtasham va 
obod bozorlar, zamonaviy ma‘muriy binolar, o‗yingohlar, teatr va 
kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari ta‘mirlandi. 
Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib bo‗lmas darajada o‗zgardiki, bu 
o‗z navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini 
uyg‗otmoqda. 
1999-yil noyabr oyida YUNESCO Bosh konferensiyasining 
Parijda bo‗lgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim 
shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 
yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror 
munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
1999 yilning 27 dekabrida «Termiz shahrining 2500 yillik 
yubileyini 2001 yilda o‗tkazish va unga tayyorgarlik ko‗rish 
to‗g‗risida» maxsus qaror qabul qilindi. 
Sherobod tumanida "O‗rinbuloq" bulog‗i buyrakdagi toshlarni 
parchalash hamda "Zarabog‗" qishlog‗idagi "Koriz" suvi ham 
buyrakdagi 
toshlarni 
parchalash 
va 
ovqat 
xazm 
qilish 
xususiyatlariga ega bo‗lib, sog‗lomlashtirish va davolash 
xizmatlarini 
tashkil 
etish 
mumkin. 
Sherobod 
tumanidagi 
"Konpurtepa" mahallasining "Machildi" qishlog‗ida 5 ta xo‗jalik 
mavjud bo‗lib 25 ga yer maydonda bog‗ va qalin o‗rmonlar mavjud 
bo‗lib, ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Termiz 
tumani ―Uchqizil‖ suv ombori Termiz shahridan 20 km uzoqlikda, 
O‗zbekistonning eng issiq hududida joylashgan. Bu erda 
ko‗ngilochar va zamonaviy dam olish maskani barpo etilsa 
bahorning aprel oylaridan to sentyabr oylariga qadar mahalliy va 
xorijiy sayyohlar tashrif buyurishlari mumkin. 


218 
Qiziriq tumanida ―Etim qum‖ massivida qum sahsosi mavjud 
bo‗lib, revmotizmni davolash uchun sog‗lomlashtirish maskani 
qilishga imkoniyat mavjud. Sariosiyo tumanidagi ―Sangardak‖ 
ziyoratgohida 
ziyorat 
va 
ekoturizmni 
rivojlantirish 
uchun 
mexmonxona va dam olish maskanlari qurish imkoni bor. 
Viloyatning Boysun, Sariosiyo, Oltinsoy, Uzun va Sherobod 
tumanlari ―Hisor‖, ―Bobotog‗‖ va ―Ko‗hitang‖ tog‗ tizmalarida 
joylashganligi sababli bu erda ekoturizmni rivojlantirish uchun 
qulay 
imkoniyatlar 
mavjud. 
Surxondaryo 
– xorijiy va 
mahalliy turizmni
 
keng yo‗lga qo‗yish uchun yirik salohiyatga ega 
hudud. Vohada 374 madaniy meros yodgorliklari va tabiiy meros 
ob‘ekti mavjud. Ziyorat, buddizm, agro, sanoat, ekologik va 
sog‗lomlashtirish turizmini
 
rivojlantirish uchun qulay imkoniyat 
bor. Hududning madaniy-ma‘rifiy va ko‗ngilochar, gastronomik 
turizmi marshrutlariga ham dunyo ahlining qiziqishi yuqori. Shunga 
mos ravishda vohaning rang-barang turizm yo‗nalishi belgilab 
olingan. 
Termiz tumanidagi, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi, 
Kokildor ota, Qirqqiz, Sulton Saodat yodgorliklari, Chorgumbaz 
masjidi, Boysun tumanidagi Hazrati Eshonbobo ziyoratgohi va 
shifobaxsh suvi, Hazrati Sulton Valiy, Jarqo‗rg‗on tumanidagi Xo‗ja 
Samandar Termiziy ziyoratgohlari, Oltinsoy tumanidagi Xo‗jaipok 
ziyoratgohi va shifobaxsh suvi, Uzun tumanidagi Oq ostona bobo 
maqbarasi, Sherobot tumanidagi Iso Termiziy ziyoratgohi atrofida 
kichik uy mehmonxonalari qurilishi orqali ziyorat turizmini yanada 
rivojlantirish mumkin. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish