M. R. Tursunova xalqaro menejment


To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag‘batlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2005 yildagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar 
110 


to‘g‘risida” farmoni mamlakatda investitsiya muhitini 
yanada yaxshilash, 
xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash 
va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan 
mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun 
ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash qaratilgan. 2005 yilning 1 iyulidan 
boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot 
tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, 
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirma va kichik 
korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l 
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lganda mazkur 
soliq imtiyozlari beriladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga; 
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga; 
10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda-7 yil muddatga. 
Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo‘llanilishi mumkin: 
- mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo‘lgan mintaqalar - Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, 
shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi 
punktlarida joylashtirish; 
- xorijiy investorlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni 
O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish; 
- korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil 
etishi lozim; 
-ushbu korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy 
xorijiy investitsiyalarni kiritish; 
-xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik 
uskuna tarzida qo‘yish; 
111 


-mazkur imtiyozlarni qo‘llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni 
korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo‘naltirish. 
Imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil 
barvaqtroq faoliyatini to‘xtatgan taqdirda foydani o‘z mamlakatiga o‘tkazish va xorijiy 
investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini 
byudjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 
himoya qilish choralari to‘g‘risida"gi qonuni 3-moddasining to‘rtinchi qismida xorijiy 
investorlar uchun belgilangan kafolatlar quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: 
-xorijiy investorlarga to‘lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq 
miqdori (stavkalari) ko‘payishi; 
-xorijiy investorning chet elga o‘tkaziladigan daromadlari (foydasi)ni o‘z mamlakatiga 
qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi 
qo‘shimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning 
huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor - jismoniy shaxs sodir etgan jinoiy qilmish yoki 
ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning qaroriga muvofiq 
daromad (foyda)ni o‘z mamlakatiga qaytarishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati 
bo‘lganda xorijiy investor mablag‘larini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo‘llash 
shartlari asosida o‘z mamlakatiga qaytarilishini to‘xtatib turish hollari mustasno; 
-investitsiyalarning miqdori bo‘yicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy cheklashlar 
hamda boshqa qo‘shimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini ko‘paytirish tarzidagi talablar 
joriy etilishi; 
-respublika korxonalarining ustav jam-g‘armalarida xorijiy investorning ulush bilan 
ishtirok etishi bo‘yicha cheklashlar joriy etilishi; 
-xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi qo‘shimcha 
tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha boshqa 
qo‘shimcha talablar joriy etilishi. 
112 



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish