M. R. Tursunova xalqaro menejment


Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Xorijiy investitsiyalarni eksporti va importi. 
Tobora kengayib borayotgan 
kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar 
o‘rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. 
Xalqaro kapitallar 
oqimi
- bu ishlab chiqarish omillaridan birining xarakatidir. Bunda aloxida tovar va 
xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli usha 
tomonga oqib utadi. Bu xaqda bevosita va portfel investitsiyalar xajmining umumiy usishi, 
qisqa va uzoq muddatli kreditlar xajmining ortishi, evrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar 
mikyosining oshib borishi va boshkalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi -
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o‘rinlardan 
birini egallar ekan, u uz navbatida jahon xo‘jaligi rivojiga sezilarli ta’sir utkazadi. Bu 
ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini usish sur’atlarida uz 
aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muxiti mavjud sohalarini 
izlab, chegaralarni kesib o‘tadi. Xalqaro investitsiyalar ko‘pchilik retsipient mamlakatlar 
uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini hal etish, investitsiya 
salohiyatini oshirish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. 
Kapitalning chetga chikqshi xalqaro mexnat taksimotining chukurlashuvi va 
rivojlanishining eng muxim shartlaridan biri xisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar 
xarakati ular urtasidagi iqtisodiy alokalar va xamkorlikni mustaxkamlaydi, ishlab 
chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chukurlashtiradi. Xalqaro 
kapitallar migratsiyasi jahon savdosi rivojini ragbatlantirar ekan, u mamlakatlar urtasidagi 
uzaro tovar ayirboshlash xajmini oshiradi, jumladan, xalqaro korporatsiyalar filiallari 
urtasidagi oralik maxsulotlar ayirboshlanishini tezlashtiradi. Moliyaviy bozorlarning uzaro 
integratsiyalashuv va baynalminallashuv sharoitida kapitalning xalqaro takroriy ishlab 
chikarilishi ta’minlanadi xamda xalqaro iqtisodiy alokalar mexanizmining samaradorligi 
oshadi. Boshka tomondan esa nazorat kilinmaydigan kapitallar okimi mamlakat to‘lov 
balansi muvozanatining buzilishiga va valyuta kursining sezilarli darajada tebranishiga 
olib keladi. Deyarli barcha mamlakatlar amalda investitsiyalarning xam eksport, xam 
impor qiladi (chunki, BXIlar asosan TMK orkali amalga oshiriladi) yoki investitsiyalarni 
etkazib beruvchi (kaerda TMK bosh boshkaruv bulimi joylashgan bulsa) xamda kabul 
kiluvchi (TMK uz shaxobchalari, bulimlariga ega bulsa, ular BXIlar asosida xarakat 
97 


kilishadi) sifatida ishtirok etishadi. Xalqaro kapitallar migratsiyasi bilan bog‘liq okibatlar 
mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirishga bevosita ta’sir 
utkazadi. Tabiiyki, ulardan kutiladigan salbiy va ijobiy okibatlar rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, utish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar 
uchun turlichadir. Ammo xar kanday sharoitda xam salbiy okibatlarni chetlab utgan xolda 
fakatgina ijobiy omillardan foydalanish mumkin emas. Xorijiy kapitalni jalb kilish bilan 
bog‘liq uta murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘yicha olib borilaetgan davlat siesatida bu 
borada ystuvor yunalishlarni belgilab olish lozim buladi.
Xozirgi kunda kapitallarni jalb kilish va chetga chiqarish borasidagi salbiy 
okibatlarga karamasdan kapitalni chetga olib chikish tendensiyasi tobora kuchaymokda. 
CHetga kapital olib chikishni faollashtiruvchi omillardan biri milliy iqtisodiyotlar 
urtasidagi usib boraetgan uzaro bog‘liqlik xisoblanadi. Ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi kapitallar xalqaro migratsiyasiga katta ta’sir utkazadi va uning 
xarakatini tezlashtiradi. Kapital eksporti ayniksa, bevosita investitsiyalar shaklida chetga 
olib chikilishi ishlab chiqarishning xalqaro tus olishiga va xalqaro maxsulot deb atalmish 
maxsulotlarning yaratilishida asosiy omil xisoblanadi. Xalqaro kapitallar migratsiyasi 
jahon xo‘jaligining rivojlanishida ragbatlantiruvchi omil sifatida yuzaga chikishi bilan 
birgalikda xorijiy kapitalni jalb kiluvchi va eksport kiluvchi mamlakatlar uchun turli 
okibatlarga olib keluvchi ta’sir utkazadi.
Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi kuyidagicha salbiy 
ta’sir kursatishi mumkin: 
-chetga chikarilaetgan kapital urnini koplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb kilmaslik 
chetga kapital chikaruvchi mamlakatning iqtisodiy usish sur’atlarini sekinlashtirishi 
mumkin; 
-kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik 
darajasining pasayishiga olib keladi; 
-chetga kapital chiqarish mamlakat to‘lov balansiga salbiy ta’sir kiladi. 
Kapitalni kabul kiluvchi mamlakatlar uchun esa kuyidagi ijobiy tomonlar xos: 
-boshkariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy usishiga yordam beradi; 
-jalb kilingan kapital kushimcha ish urinlarini yaratadi; 
98 


-xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda 
ilmiy-texnika tarakkiyoti (ITT)ni tezlashtiradi; 
-kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to‘lov balansining yaxshilanishiga olib 
keladi. 
O‘z navbatida kapitalni jalb kilishning salbiy oqibatlari xam mavjud: 
-xorijiy kapital milliy kapitalning urnini egallab, uni foyda normasi yukori tarmoqlardan 
sikib chikaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir 
tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;
-kapital importi kupincha retsipient mamlakat bozorlarida uz xayotiy siklini o‘tab bo‘lgan 
tovarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi 
aniklanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog‘liq buladi; 
-ssuda kapitali importi mamlakat tashki karzining kupayishiga olib keladi; 
-moliyaviy inkirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat 
valyutasining barkarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar etkazadi. 
Misol uchun 1997 yilda Janubiy-SHarkiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy 
inkiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin. TMKlarning ko‘plab 
filiallari orkali kapital kuyish ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuviga olib 
keladi. Turli mamlakatlarning mustakil yuridik kompaniyalari bir xalqaro korporatsiya 
doirasida tarmoqli, texnologik, detalli ixtisoslashuv orkali yakin alokada bulishadi. Kapital 
eksporti esa bu alokalarni mustaxkamlaydi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash, sanoatning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish, bandlilikni oshirish uchun 
salmokli xajmdagi xorijiy kapitalni jalb etish bilan bog‘liq iqtisodiy siesatlari xam 
kapitallar migratsiyasini ragbatlantiruvchi omillardan biri xisoblanadi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar esa investitsiya muxitini erkinlashtirish orkali xorijiy kapitalni jalb etish va 
bu orkali iqtisodiy rivojlanishga turtki berishga xarakat kilishadi. Kapitallarning xalqaro 
xarakatini ragbatlantiruvchi omillardan yana biri xalqaro moliyaviy tashkilotlar faoliyati 
bo‘lib, ular kapitallar okimini tartibga solib turishadi. 
Mamlakatlar urtasida tuzilgan daromadlar va kapitallarni ikki karra solikka tortishning 
oldini olish maqsadidagi xalqaro kelishuvlar uz navbatida mamlakatlar urtasidagi savdo, 
ilmiy-texnik xamda investitsiyalarni jalb kilish borasidagi alokalarni mustaxkamlaydi. 
99 


Amalda dunyodagi barcha mamlakatlar BXIlarni faol kullab-kuvvatlashmokda. Ularning 
erkin xarakati uchun qulay muxit yaratishga intilmokda, mavjud cheklanishlar bekor 
qilinmokda, ekspropriatsiya kilinishdan saklash holatlari kuchaytirilmokda, amaldagi 
bozor rakobati uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Hozirgi sharoitda 
O‘zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqmokda. Bu 
borada bir kator milliy manfaatlar hisobga olinadi. Kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalar 
hozircha etishmayotgan milliy resurslarni to‘ldirishi, zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, 
«nou xau»ni olib kirishi, xorijiy mutaxassislar, ekspert va konsultantlarni jalb qilish tufayli 
maxsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, 
xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishni ragbatlantiradi, ko‘shimcha ish joylari yaratadi, 
ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya tufayli mamlakat iqtisodiyotining jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam beradi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish