tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‘ladi.
Investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni tahlil kilish, rejalashtirish uchun
alohida xususiyatlaridan kelib chikkan holda guruhlashtiriladi. Quyilish ob’ektiga karab
investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.Real investitsiyalar (kapital
kuyilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga
sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib
olish
bilan bog‘liq bo‘lib, kupchilik hollarda investitsion loyixalar doirasida amalga oshiriladi.
SHuning uchun shaxsiy mablag‘lar bilan birga qarzga olingan mablag‘lar xam
foydalanilishi mumkin.
Xorijiy investitsiyalarni tasniflanish belgilari
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari bo‘yicha
tasniflanadi.
7.4.Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o‘rni.
93
O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar
qatoriga kirish uchun
barcha iqtisodiy, siyosiy va xuquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani
O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb kilish uchun barcha ishlar qilib bo‘lindi, degani
emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki strategik investorlar ko‘p miqdordagi mablag‘larni
birinchi navbatda iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda
rivojlanayotgan mamlakatga yunaltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina quyilgan
mablag‘lar saqlanishiga va barkaror foyda olishga muljal qilsa buladi.
Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari
emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi.
MDX davlatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion
faoliyatlarini
amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo buldi. SHuni aytish kerakki
xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni
bulsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDX) davlatlari
uchun zamonaviy
ishlab chiqarish vositalarini qabul kilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga
oddiy hol deb karash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni xarakatga
keltiruvchi, uni olga siljituvchi kuch.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan,
xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, xar qanday davlat dunyodan
ajralgan holda jahon tajribalarini o‘rganmasdan, dunyoning etakchi
davlatlari ilm, fan va
texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
O‘zbekiston iqtisodiyotida chukur iqtisodiy islohatlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga
oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Globallashuv jarayoniga qo‘shilish bu dunyoning etakchi davlatlari bilan hamkorlikda
bo‘lish, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o‘zaro
manfaatli asosda
bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsiya
faolligi va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga utish davrini boshidan kechirayotgan
davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi xam unga ijobiy ta’sir
94
ko‘rsatadi.
SHuningdek, globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnika
tarakkiyotining tezlashishi, rakobatning kuchayishi va boshka bir kator omillar xam
xosdir.
«CHet el investitsiyalari» tug‘risida O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel
Qonunining 3- moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida
tadbirkorlik faoliyati va qonun xujjatlarida taqiqlangan
boshqa turdagi faoliyat
ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir
xuquqlar, shu jumladan, intellektual
mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston respublikasi hududida chet el
investitsiyalari deb e’tirof etiladi».
2
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi
F.Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2- nashrida
kuyidagicha berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: