14. Boshqaruv kompaniyasi ta’sis hujjatida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va
tarkibda ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
4-BOB. VENCHUR FONDI
15. Investitsiya kompaniyasi o‘zining asosiy faoliyati bo‘yicha venchur moliyalashtirish
yo‘nalishida venchur fondi ochadi va bunda uning uchun boshqaruv kompaniyasiga
aylanadi.
16. Investitsiya kompaniyasi venchur fondini boshqarish uchun venchur fondining ustav
kapitalini shakllantiradi va pul mablag‘larini faqat xavf darajasi yuqori bo‘lgan venchur
loyihalari uchun jamlaydi.
17. YUridik
va jismoniy shaxslar, shu jumladan, uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis
shartnomasini imzolagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar venchur fondi muassislari
bo‘lishi mumkin.
18. Venchur fondi faoliyatning quyidagi asosiy turlarini amalga oshiradi:
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning
pul mablag‘larini keyinchalik innovatsion faoliyatga investitsiya qo‘yishdan foyda ko‘rish
maqsadida jamlash;
yangidan tashkil etilgan va mavjud tashkilotlarning ustav fondida ulushli ishtirok
etish
yo‘li bilan, shuningdek, ushbu tashkilotlarga garov bilan ta’minlanmagan qarzlar berish
yo‘li bilan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish;
bo‘sh turgan pul mablag‘larini ichki bozorda yuqori likvidli moliyaviy vositalarga
joylashtirish;
fond aksiyadori (ishtirokchisi) bo‘lgan tashkilotlarni boshqarishda ishtirok etish.
19. Venchur fondlari ham iqtisodiyotning muayyan sektori (ixtisoslashtirilgan venchur
fondlari), ham iqtisodiyotning turli tarmoqlarining (universal venchur fondlari)
innovatsion loyihalarini moliyalashtirishi mumkin.
20. Venchur fondi muassislari o‘rtasidagi munosabatlar uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis
shartnomasi
bilan tartibga solinadi, u fondni tashkil etish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat
tartibini belgilaydi.
236
21. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tomonidan qo‘yiladigan talablardan
tashqari, venchur fondining ustavida quyidagi qoidalar majburiy tartibda bo‘lishi kerak:
fondning investitsion faoliyatiga cheklovlar;
venchur fondining investitsiya aktivlari boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, u bilan ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish tartibi, zarar
etkazilgan hollarda fond va uning aksiyadorlari
oldidagi javobgarligi;
mablag‘larni jalb qilish tartibi;
innovatsion loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
investitsiya kiritilgan korxonalardan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi;
dividendlarni to‘lash tartibi.
22. Venchur fondining nomlanishida "venchur fond" so‘zlari bo‘lishi kerak.
23.Venchur fondi boshlang‘ich ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
bilan belgilangan tartibda to‘liq shakllantirganidan keyin hamda boshqaruv kompaniyasi
bilan fondning investitsiya aktivlarini unga ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risida
shartnoma tuzilganidan so‘ng mablag‘larni investitsiyaga jalb etish huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: