Код поля изменен
227
Ganiev hamda O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.YU.
Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
24.11.2018 y.
N PF-5583
TADBIRKORLIK VA INNOVATSIYALAR
SOHASIDAGI LOYIHALARNI
MOLIYALASHTIRISH
MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
BO‘YICHA
QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Oxirgi yillarda respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va
biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish sohasida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
SHu bilan birga, tahlil shuni ko‘rsatadiki, hozirgi paytda tadbirkorlik va innovatsiyalar
sohasidagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini samarali rivojlantirishga
to‘siq bo‘layotgan qator salbiy omillar mavjud, xususan:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlaridagi yuridik
shaxslarning amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari birgalikdagi biznesni yuritish uchun
bir qadar murakkab tartib-taomillarni nazarda tutadi. Natijada ayrim investorlar yangi
yuridik shaxs tashkil etmasdan o‘zlarining bo‘sh mablag‘larini og‘zaki shartnoma
yoki qarz shartnomasi asosida yagona hissaga yo‘naltiradilar yoki birlashtiradilar;
ikkinchidan, potensial investorlarni, ayniqsa, mustaqil ravishda tadbirkorlik tuzilmalarini
tashkil etishga kirishmaydigan va o‘z mablag‘larini biznes yuritish uchun taklif qiladigan
228
xorijiy investorlarni faol jalb qilish uchun huquqiy baza va tashkiliy platforma mavjud
emas;
uchinchidan, rivojlangan davlatlardan farqli ravishda O‘zbekiston Respublikasida biznesni
yuritish asosan tavakkalchilik bir joyda to‘plangan sharoitlarda amalga oshiriladi, ya’ni
pul mablag‘larini jamg‘arish va ularni boshqarish bilan ayni bir shaxslar shug‘ullanadi.
Tavakkalchilikni taqsimlash mexanizmlari hamda investitsiya aktivlarini professional
boshqaruvchilarining mavjud emasligi xorijiy investorlar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda
salbiy ta’sir qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarning haddan ziyod tartibga
solinishi ular o‘rtasida sherikchilik munosabatlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda,
buning natijasida biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy
prinsiplari amaliyotga asossiz ravishda sekin tatbiq etilmoqda.
Innovatsion g‘oyalar, startaplar, venchur loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy-texnik
ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishni tezlashtirish va innovatsion
mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish tizimining barqaror zanjirini yaratish va
rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasining investorlar, ayniqsa xorijiy investorlarning
investitsiya hissalarini tezkor va samarali jalb etish maqsadida investitsiya va boshqaruv
kompaniyalarini tashkil qilish amaliyotini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik
berilsin.
2. Belgilansinki:
investitsiya kompaniyasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan keyinchalik innovatsion va
boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning jalb etilgan
mablag‘larini shakllantirish va jamlash bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat
tashkiloti hisoblanadi;
229
boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti hisoblanadi;
venchur fondi jamlangan pul mablag‘larini faqatgina yuqori xavfli venchur loyihalariga
investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi
investitsiya kompaniyasi hisoblanadi;
malakali investorlar milliy valyutada va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining hissa kiritilgan kundagi kursi bo‘yicha xorijiy valyutada 500 million so‘mdan
kam bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya hissalarini
investitsiya kompaniyalariga kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy
shaxslar hisoblanadi;
investitsiya hissalari malakali investor tomonidan investitsiya kompaniyasiga investitsiya
faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan va investitsiya kompaniyasining ustav
kapitaliga ulush hisoblanmaydigan pul mablag‘lari hisoblanadi;
boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda
tutilgan bo‘lmasa, har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin;
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, davlat organlari, shuningdek
siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy
tashkilotlar boshqaruv kompaniyasining ta’sischilari bo‘lishi mumkin
emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi;
boshqaruv kompaniyasi o‘zining ta’sis hujjati va qonun hujjatlari bilan belgilanadigan
tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil etishga majbur;
investitsiya kompaniyalari, boshqaruv kompaniyalari va malakali investorlar o‘rtasidagi
munosabatlar faqatgina shartlari ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi, shu
jumladan birgalikdagi faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan nizolarni hal qilish shakli va
usullarini tanlash erkin bo‘lgan shartnoma asosida tartibga solinadi;
investitsiya kompaniyalari zayomlar, shu jumladan garov ta’minoti bilan yoki garov
ta’minotisiz foizsiz zayomlar berish huquqiga ega;
230
investitsiya kompaniyasi o‘zining ta’sis hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda har yili tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etishga majbur;
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini
monitoring qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat
organi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22
yanvardagi PF-5308-son "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga
oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni bilan quyidagilar 2023 yil 1
yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va
majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilingan:
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun
tashkil qilinadigan venchur fondlar;
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-
startaplar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha
davlat qo‘mitasi:
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyat mezonlari, turlarini belgilash va
ularni, shu jumladan venchur moliyalashtirishni amalga oshirishdagi monitoringi
to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin;
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy
davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalarini jalb
etgan holda investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish, shuningdek, ular
faoliyatiga investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha doimiy
ravishda keng tushuntirish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
231
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan
birgalikda ikki oy muddatda investitsiya va boshqaruv kompaniyalari uchun malakali
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6.Belgilansinki:
ushbu Farmonning 2-4-bandlari yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari
faoliyati samaradorligini o‘rganish va baholash uchun tajriba tariqasida 2022 yil 1
yanvargacha amal qiladi;
2022 yil 1 yanvargacha tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan
investitsiya va boshqaruv kompaniyalari o‘z faoliyatlarini belgilangan tartibda davom
ettirishlari mumkin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Investitsiyalar
bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Davlat statistika bo‘yicha qo‘mitasi, Davlat
soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar
Mahkamasiga:
har yili, 1 dekabrga qadar, yangi tashkil etilgan boshqaruv va investitsiya kompaniyalari
faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotni;
2020 yil 1 yanvarga qadar muddatda, shu jumladan boshqaruv va investitsiya
kompaniyalari, shuningdek, malakali investorlarning investitsiya faoliyatini tartibga
soluvchi "SHerikchilik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
2021 yil 1 yanvarga qadar muddatda keyinchalik tegishli qaror qabul qilish uchun
o‘tkazilgan eksperiment natijasi bo‘yicha takliflarni kiritsin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.SH.
Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R.
Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |