salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish
va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi
savdo vazirligi, Moliya
vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
“O‘zfarmsanoat” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax,
Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining “Nukus-
farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-
farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda “Nukus-farm” EIZ,
“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ,
“Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi
qabul qilish to’g’risida Farmon e’lon qildi. Farmga binoan quyidagilar “Nukus-farm”
EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm”
EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat
yo‘nalishlari etib belgilanishini:
-dorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va
keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan,
Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs
salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
-yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini
ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil
etilgan plantatsiyalarda
yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xomashyosi
negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarini jalb etish;
-dorivor o‘simliklar xomashyosini qayta ishlash
va dori vositalari, tibbiyot buyumlari,
yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi
zamonaviy ishlab
chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
-mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari
hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat
kooperatsiyasini
rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi va materiallari negizida
180
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirish;
-dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha
tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.
“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ,
“Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat ko‘rsatish
muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30-yilni tashkil qilishi belgilandi.
Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ,
“Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ
va “Parkent-farm”
EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: