2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida
erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ”
Farmoni
2
“Angren” EIZ
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil
13-apreldagi PF-4436-sonli” “Angren”
erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi” Farmoni
3
“Jizzax” EIZ
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil
18-martdagi PF-4516-sonli ““Jizzax” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi “ Farmoni
4
“Urgut” EIZ
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
12-yanvardagi PF-4931-sonli “ “Urgut”,
“G’ijduvon ”, “ Qo’qon” va “Xozarasp” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
5
“G’ijdiuvon”EIZ
6
“Qo’qon” EIZ
7
“Xozarasp” EIZ
8
“Sirdaryo” EIZ
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
12-apreldagi PF-5412-sonli “ “Sirdaryo” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
9
“Namangan” EIZ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
20-avgustdagi PF-5517-sonli “ “Namangan” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
10
“Termiz”EIZ
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
18-sentabrdagi PF-5540-sonli “ “Termiz” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
Yuqorida ko’rsatilgan jadvaldan “Qo’qon” EIZ ni batafsil yoritadigan bo’lsak unda
quyidagilar aks etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”,
“G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish
to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi A,
B, V sanoat zonalariga bo’lindi. Viloyat hokimining shu yil 15-maydagi
“O’zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy
177
zonasining bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. “O’zshaharsozlik
“O’zGAShKLITI” DUK Farg’ona viloyati filiali tomonidan jami 709,3 gektar er maydoni
tapoxaritasi
tayyorlanib, geologiya xulosalari olindi. Bugungi kunda V hududida
tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 658 mlrd.so’m va 81,2 ming dollarlik 145 ta
loyihalar amalga oshirish hamda ularni 215 gektar er maydoniga joylashtirilishi
rejalashtirilmoqda. Shuningdek, logistika markazi, bojxona posti, kommunikatsiya
tarmoqlari, ichki va tashqi yo’llar, temir yo’l hamda infratuzilma ob’ektlari uchun ham er
maydoni ajratiladi. Hozirda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu
loyihalarning biznes
rejalarini tayyorlash ishlari yakunlanayapti. O’zbekiston Respublikasi Investitsiya Davlat
qo’mitasiga quyidagi murojaatlar hujjatlari taqdim etildi:
Suvli buyoq va shpaklyovka ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyiha qiymati 2,5
mlrd. so’mni tashkil etadi. “Avalon prizma” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan ushbu
loyiha 25 ta ish o’rni yaratilishi bilan ahamiyatli. “Atlant delta” MChJ tomonidan meva va
sabzavotlarni chuqur qayta ishlab chiqarishni tashkil etishga doir qiymati 1,4 mlrd.
so’mlik loyiha amalga oshirilsa, 30 ta ish o’rni yaratiladi. “Kokand Bicycles” xususiy
korxonasi tomonidan esa velosiped tayyorlanadi. Bu loyihaning qiymati 2,5 mlrd. so’m,
natijada 75 ta yangi ish o’rni yaratiladi. “NAMANGAN EVRO QURILISH DIZAYN”
MChJ tomonidan quriq qorishma va gipsokarton ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 60 ta ish
o’rni yaratilishiga erishiladi. Uning qiymati 5 mlrd. so’mni tashkil qiladi. “Ziyodbek”
xususiy korxonasida esa gul etishtirish uchun 25 ta ish o’rni yaratish
barobarida issiqxona
tashkil etilib, 2,8 mlrd. so’mlik loyiha ishlari amalga oshiriladi. “Ipchi ziyo baraka” MChJ
shaklidagi qo’shma korxona poliporpilen (sintetik) mahsulotlaridan ip ishlab chiqaradi.
Shuningdek, bu erda lentali to’qima matolar ham tayyorlanadi. Buning uchun 1,6 mlrd.
so’m sarf qilinib, 35 ta ish o’rni yaratiladi. “Masrur nur” MChJ tomonidan poyabzal
mahsulotlari ishlab chiqarilib, 35 nafar farg’onalik muqim ish joyiga ega bo’ladi.
“Qo’qon” EIZ tomonidan yana 7 ta loyiha bo’yicha hujjatlar tayyorlandi, – deydi
viloyat
hokimligining tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga
ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash bo’limi bosh mutaxassisi Husanboy Xoldorov. –
Ular – “Evro parket” pol parketlari, "MAXPRIME" MChJ erkaklar ko’ylagi va boshqa
tikuvchilik mahsulotlari, “Mavzunim-Arus” MChJ avtomobillarga butlovchi kismlar, "Los
178
Gigants tekstayl" MChJ to’kimachilik dastgohlari va tayyor gazlamalar, "Beton Plita"
MChJ tibbiyot qo’lqoplari, "Metan" MChJning gipsokarton ishlab chiqarishiga va
"Parvoz" MChJning meva-sabzavotni qayta ishlashiga doir hujjatlardir. Shuningdek,
viloyat Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi hamda viloyat “Kompyuterlashtirish
markazi” DUK bilan birgalikda “Qo’qon” EIZning ingliz, rus, o’zbek tillaridagi
VEB sayti
loyihasi ishlab chiqildi. Chet el investorlarini jalb etish bo’yicha ham ishlar boshlab
yuborildi. Xitoy Xalq Respublikasi “I-Yan” korporatsiyasining farmatsevtika va boshqa
sohalarda xamkorlik qilish haqidagi taklifi yuzasidan ushbu yo’nalishda faoliyat yuritish
istagini bildirgan mahalliy tadbirkorlarga takliflar berilmoqda. Xitoyning “Sintszyan”
kompaniyasining “Qo’qon” EIZ hududida elektr energiyasi ishlab chiqarish va uning
qurilishini yo’lga qo’yish bo’yicha bergan murojaati “O’zbekenergo” AJ tomonidan
o’rganib chiqilyapti. Hindistonning “Tritiya grupp PVT” MChJ hamkori “Sherxan”
xususiy firmasi tarkibi 100 foiz tabiiy giyohlardan tayyorlanadigan 70 turdagi
qadoqlangan dori vositalarini “Qo’qon” EIZ hudida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
bo’yicha taklif bermoqda.
Ammo “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonada tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat ko’rsatishdagi
imkoniyat, imtiyoz, qulaylik va yaratib beriladigan shart- sharoitlar qanchalik keng targ’ib
kilinmasin, hamon Marg’ilon shahri, Beshariq, Qo’shtepa, Rishton, Farg’ona va Quva
tumanlarida mas’ullarning e’tiborsizligi oqibatida tadbirkorlardan
murojaatlar kelib
tushmaganligi achinarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: