M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

Отформатировано: Шрифт: Times New Roman,
полужирный, узбекский (кириллица)
173 


va xorijiy kapitalni jalb qilish uchun, eksportni kengaytirish, valyuta daromadini o`stirish, 
yangi texnologiyalarni qo`llash imkoniyatini yaratish, to`lov balansi holatini yaxshilash va 
umuman milliy itisodiyotni rivojlantirish va uni jahon iqtisodiyotiga samarali 
integratsiyalash uchun yaratiladi. Tarixiy jihatdan olganda dastlabki erkin iqtisodiy zonalar 
(EIZ) XIV-XVI asrlarda paydo bo`la boshlangan. O`rta asrlarda erkin portlarni tashkil 
etish g`oyasi O`rta dengizning sharqiy va janubiy sohillarida joylashgan shahar 
davlatlarida keng tarqalgan edi. “Erkin portlar” maqomi Genuya (1595 yilda), Venetsiya 
(1661 yildan)shaharlaridagi portlarga berilgan. Keyinchalik Rossiyada 1817 yilda Odessa, 
1862-yilda Vladivostok hamda 1878 yilda esa Batumi shaharlariga “erkin port” maqom 
berilgan. Davlatlarda bozorning monopollashuvi va proteksionizm siyosatining kuchayishi 
bilan “erkin portlar” o`rniga “erkin iqtisodiy zonalar” tashkil etila boshlangan va unda 
asosiy maqsad resurslarni qayta ishlashga qaratilgan.Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil 
etishning asoschilari sifatida angliyalik P.Xall va S.Xouv hamda amerikalik S.Butler 
hisoblanadi. Ularning fikricha mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy inqirozlar oldini 
olishda davlatning aralashuvi hech qanday yordam bermaydi, aksincha iqtisodiyotda 
davlat aralashuvini kamaytirish, ya`ni uni erkinlashtirish lozim. Erkin iqtisodiy zonalar 
mohiyatini yoritishdan avval unga berilgan izohlarga to`xtalib o`tsak. Dastlab erkin 
iqtisodiy zona erkin va boj to`lovlarisiz xorij tovarlarini olib kelish va olib chiqish uchun 
bojxona hududlaridan ajratilgan (katta dengiz portlari, temir yo`l uzellari va aeroportlar) 
maxsus hududlar hisoblangan. Erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishi 1973 yilda 
imzolangan Kioto konvensiyasi bilan bog`lib bo`lib, ushbu konvensiyaga muvofiq bunday 
zonalar tashqi savdoning maxsus shakli sifatida tan olindi. 1973-yildagi Kioto 
konvensiyasiga ko`ra EIZ tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “EIZ – bu davlat 
territoriyasining bir qismi bo`lib, unda xorijdan keltirilgan tovarlarga odatda soliq va 
bojxona hududidan tashqarida joylashgan tovar sifatida qaralib ular bojxona nazoratiga 
olinmaydi”. Kioto konvensiyasidan so`ng erkin iqtisodiy zonalar jahonning ko`plab 
mamlakatlarida keng rivojlandi. Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to`xtovsiz 
rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan 
ko`p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o`tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 25 
ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo`lib, ulardan ko`p ulushga ega 
174 


bo`lganlar bu bojxona hududlari, to`lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin 
hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarish 
hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o`zaro 
tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va 
boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Jahon tajribasidan ma`lumki, sanoat salohiyatini yuksaltirish, ichki bozorni 
qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar bilan to`ldirish, eng muhimi, yangi savdo yo`laklari 
ochishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o`rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ana 
shunday hududlar tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonda ham 
iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy 
zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996-yil 25-aprelda qabul 
qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 
tartibga solinuvchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 26-oktabrdagi 
“Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan 2008 yilda tashkil etilgan “Navoiy” erkin 
industrialiqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini 
birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar 
deb atash to`g`risidagi taklifi qabul qilindi. Ushbu Farmonning 3-bandida ko`zda tutilgan 
imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3-yildan 10-yil muddatgacha, jumladan:
a) 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 
3 yil muddatga;
b) 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar -
5 yil muddatga;
c) 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar 
- 7 yil muddatga;
d) 10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so`nggi 5-yilda 
amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i va yagona soliq to`lovi 
stavkalari qo`llangan holda 10-yil 
muddatga 
beriladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi
“Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish 
175 


to`g`risida”gi farmoniga asosan Samarqand viloyatining Urgut tumani, Buxoro 
viloyatining G`ijduvon tumani, Farg`ona viloyatining Qo`qon shahri va Xorazm 
viloyatining Hazorasp tumanlarida “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin 
iqtisodiy zonalari tashkil etiladi.
“Urgut”,“G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” EIZ faoliyat ko`rsatish muddati, 
keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi. Bu davr mobaynida 
mazkur EIZlar hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi va bu 
hududlarida logistika markazlari va bojxona postlarining ham tashkil etilishi maqsad qilib 
qo`yilgan. Mazkur yangi erkin iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo`jaligi 
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, 
poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-
ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari va 
boshqa yo`nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy 
zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali 
foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari ochish, pirovardida aholi daromadi va turmush 
farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu yerda faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlik 
subyektlariga turli imtiyoz va qulayliklar taqdim etilishi xususiy sektor vakillariga o`z 
tashabbuslari, loyihalarini ikkilanmasdan, qat`iyat bilan ro`yobga chiqarish, biznesini 
rivojlantirishda hal qiluvchi omil bo`lishi muqarrar. 
Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni mamlakatimiz investitsiyaviy jozibadorligini 
yanada oshirishning mantiqiy davomi sifatida iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib 
chiqishga xizmat qilishi bilan beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish