tuzlantimvchi moslamalarning cho‘kindi yotqiziqlaridan.
Moysiz shlamlar:
ohak ta’siiida karbonsizlantirishda yoki ostki suvlarm tiniqlantirishda hosil bo‘lganlar;
alkillash qoldiqlari;
ishlatilgan katalizatorlar;
rangsizlantiruvchi loylar;
aktiv il (balchiq)ning ortiqchalari.
Neft shlamlari tarkibi juda xilma-xil bo‘lib,
unda neft mahsulotlari, suv va mineral qismi (qum, loy, balchiq va h.k) dan iboratdir. Ularning nisbatl juda keng chegarada o‘zgarib turuvchi murakkab tizimlarni tashkil qiladi. Shlamlar tarkibi juda o‘zgarib turishi mumkin, chunki ular qayta ishlab chiqarilayotgan xomashyoning turi va uni qayta ishlash darajasiga, uskunalar xiliga va boshqalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shlamlar tarkibi asosan o‘rtacha (massasi bo'yicha) 10—56 foiz neft mahsulotlari, 30—85 foiz suv va 1,3—45 foiz og‘ir aralashmalardan iborat neft chiqindilaridan tashkil topadi.
Chiqindilarni to‘plash maxsus ajratilgan maydonchalarda yoki bunkerlarda, ulami hech qanday saralashsiz yoki turkumlashsiz amalga oshiriladi.
Shlam jamlovchilarda quyidagi tabiiy jarayonlar yuz beradi — atmosfera yog‘inlarini to‘planishi, mikroorganizmlami rivojlanishi, oksidlanish va shu kabi boshqa jarayonlami o‘tib borishi ro‘y beradi.
Bir necha yil davomida shlam jamlovchilarda to‘planib saqlanayotgan shlamlarning tarkibi yangi hosil bo'lgan shlamlar tarkibidan farq qiladi. Neftni saqlash rezervuarlarining tubida paydo bo'ladigan neft shlami ham tarkibi va xususiyatlari bilan tozalash inshootlarida ajralgan neft shlamidan farq qiladi.
Shlam jamlagichlarda to‘planib yotgan neft shlamlari bilan va yangi hosil bo‘lgan shlam ulushlari qo‘shilganda ularni tabiiy aralashishi va quyqumlanishi yuz beradi. Navbatdagi shlam miqdori qo‘shilganda aralashish natijasida sistemada shartli muvozanat buziladi, keyinehallk u bora-bora tiklanadi, lekin quyqumning suvlanish darajasi o‘sadi va natijada uning hajmi ham ko‘payadi. Shu vaqtning o‘zida, davomli saqlanish va shu bilan birga kolloid tizimlaiga xos bo'layotgan fizik-kimyoviyjarayonlar natijasida. cho‘kma konsentratsiyasining oshishi yuz beradi.
Neft shlamlarni omborlarda va neft saqlash rezervuarlarida shakllanish manbayidan qat’l nazar vaqt o‘tishi bilan quyqumlanish sodlr bo‘lib, shlam uchta qatlamga ajraladi:
ustki qatlam — tarkibida kam miqdorda mexanik aralashmalar — 0,5 (tuzoqlanadigan neftlar uchun) foizdan to 1,5 (ombor neftlari uchun) foizgacha bo‘lgan suvsizlangan neft;
o‘rta qatlam — tarkibida ko‘p miqdorda suv — 70—80 foiz va mexanik aralashmalar — 1,5—15,0 foiz bo‘lgan murakkab turli mayda dispeisli emulsiya. 0‘rta qatlam odatda kam hajmda bo'ladi. Unda suv va mexanik aralashmalari quyidan tepaga va pastga qarab o‘sishi mumkin, hajm bo‘yicha aralash-quralash joylashishi mumkin va amaliy tarzda bir jinsli joylashishlari mumkin;
pastki, tub qatlam — neft mahsulotlari bilan (5— 10%gacha) singdirilgan 70 foiz qattiq faza va suvdan (25% gacha) iborat; neft mahsulotlarining miqdori nisbatan doimiy bo‘lib, mexanik aralashmalammg miqdori esa chuqurlik sari oshib boradi.
Shuning uchun suyuqlik fazasi — bu tuig‘un suv-neft emulsiyasidir.
Burg‘ulash shlamlari. Ifloslantiruvchilaming rang-barangligi quduqlami burg‘ilash jarayonida ishlatiladigan reagentlar tarkibiga bog‘liq, neft-kimyo zavodlari shlamlariga qaraganda burg‘ulash shlamlarining tarkibini, quduqlarni ishlashda ishlatiladigan reagentlarga (burg‘ilash eritmalari, yuvish suyuqliklari) qarab bashorat qilish mumkin. Asosan bu suyuqliklar uglevodorod negizrdan iborat, ularga qo'shilgan komponentlar suvga va yerga tushganda ko‘p harakatchan bo'ladi (sulfit-spirtli barda, ustki-faol moddalar — UFM, dizel yoqilg‘isi va boshqalar). Undan tashqari, buig‘ilashda unumli gorizontdan o‘tganda, shlamda smgdiruvchi neft bo‘ladi.
Burg‘ilash va qazib chiqarishda paydo bo‘layotgan qattiq chiqindilammg tarkibida burg‘ilash eritmalarining qattiq fazasi, buig‘ilash shlami, tasodifan neft quyilishi tufayli ifloslangan tuproq bo‘ladi.
Ishlatilgan burg‘ilash eritmasi yoki burg‘ilash shlami tarkibida o'simliklar va baliqlar uchun zararli organik komponentlar va tuzlar bo‘lishi mumkin. Burg‘ilash maydonchasi atrofidagi hududga boshqarilmagan buig‘ilash eritmalari yoki shlamlarni chiqarish shu atrofdagi o‘simlik va ustki suvlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Burg‘ilash eritmalanning zararli xususiyatlari juda sezilarli. lshlatilgan burg'ilash eritmalarini (IBE) quyidagi faza tarkibi bilan eritma hajmini foizda ta’riflash mumkin: suv — 75—90, qattiq faza — 11—25, neftva neft mahsulotlari — 7—14. Bunday eritmaning XPK si 1000-8000 mg/1 doirasida o‘zgarib turadi, unmg suv fazasining minerallashishi — 1,5—3 g/1, pH=7,8—8,2 dan iborat. Kon omborlaridagi suv neft bilan birga qazib chiqarilayotgan, atmosfera yog‘mlari bilan suyultirilgan qatlam suvini tashkil qiladi. Suyultirilish oqibatida uning minerallashish darajasi ancha pasayadi va xloridlar hajmi 7 dan to 10 g/litrgacha o‘zgarib turadi, umumiy minerallashish esa 1 dan to 16 g/litrni tashkil etadi.
Nazorat uchun savollar:
Neft mahsulotlari bilan tabiiy muhitning ifloslanish holatlari qanday?
Neft shlamlarining hosil bo‘lish manbalari qanday?
Neftni qayta ishlash shlamlarining tarkiblari qanday komponentlardan iborat?
Neft shlamlarini to‘plashda yuzaga keladigan asosiy muammolar qanday?
Neft shlamlarini saqlash mobaynida qanday qatlamlar hosil bo‘lishi mumkin?
Burg‘ulash shlamlari qanday hosil bo'ladi va ular qanday tarkibga ega?
Neft shlamlarini qayta ishlash va zararsizlantirish
usulini tanlash
Zararsizlantirish usulini tanlash, asosan, shlamda neft mahsulotlarining miqdoriga bog'liq bo'ladi. Shlamlami qayta ishlash bo'yicha barcha usullami nodestruktiv va destruktiv usullaiga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: