Nodestruktiv usullar:
nazorat ostida shlamlami ochiq yerga tushirish;
shlamlami puxta suvsizlantirish talab etilganda ko'mish;
Moysunon shlamlami qishloq xo'jaligining tashlandiq yerlaiida ishlatish, bundan keyin vaqti-vaqti bilan aerob ishlashga xarajatlar zarur,
ba’zi o‘simliklami o'stirishda oiganik o‘g‘it sifatida ruxsat berilgan shlamlami ishlatish, lekin bunda yuqorida aytib o‘tilgan ba’zi usullardagidek, og‘ir metallar va poliaromatik uglevodorodlar konsentratsiyasini chegaralash lozim.
Destruktiv usullar:
joylarda yoki maishiy chiqindilar bilan birgalikda yondirish, bu esa shlamlaming suvsizlantirilishini talab qiladi;
ho‘l usulda sement ishlab chiqarishda uning tarkibiga qo‘shish.
Hoziigi kunda neft shlamlarini zararsizlantinsh va qayta ishlash bo‘yicha quyidagi usullami(va ularning turlari) ishlatilishi mumkin:
neft shlamlarini suv emulsiyasi shaklida yondirish va buning natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikni va gazlarni utilizatsiyalash;
neft shlamlarini suvsizlantirish va qunush, chiqqan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaytarish, oqova suvlami esa aylanma suv ta’mmotiga qaytarish, qattiq qoldiqlarni ko‘mish;
neft shlamlarini maxsus konsolidatsiyalash tarkiblari bilan qattiqlantirish va keyin ulami xalq xo'jaligimng boshqa sohalarida ishlatish yoki maxsus poligonlarga ko'mish;
neft shlamlarini qayta ishlab gazga va parogazga, neft mahsulotlariga aylantinsh;
neft shlamlarini xomashyo sifatida (xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida) ishlatish;
neft shlamlarini keyinchalik ishlatish bilan fizik-kimyoviy usuliar yordamida tarkiblantiruvchi fazalarga aj’ ratish (eritgich, deemulgatorlar, PAV va boshqalar).
Nazorat uchun savollar:
Neft shlamlarnung zararsizlantinsh usulini tanlash, asosan, nimaning miqdonga bog‘liq bo‘ladi?
Shlamlami qayta ishlashni nodestruktiv usullariga nimalar kiradi?
Shlamlami qayta ishlashni destruktiv usullariga nimalar kiradi?
Neft shlamlarini ishlatish sohalan qanday?
Neft shlamlarini zararsizlantirishning termik usullari
Shlamni zararsizlantirishda samarali, lekin har doim iqtisodiy o‘zini oqlamaydigan usul bu termik usul hisoblanadi. Shlamni yuqori haroratlarda (50°C gacha) ishlov berish bilan CO2 va organik bnikmalami to‘liq ozod qilib qattiq chiqindilar paydo qilishga imkon beradi.
Oxirgi yillarda neft shlamlarini quyidagi yondirish usullari keng ko‘lamda tarqalgan: aylanayotgan barabanli pechlarda, issiq qaynab turgan yurgizuvchi qatlamli pechlar, yondirish hajmida zarrachalovchi purkagichlar qo‘llab, barbotaj gorelkah yondirishda.
Ufa NQIZda shlamni yondirish bo'yicha tajriba sanoat qurilmasi yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon ifloslamshdan himoya qilingan rotatsion forsunkalar bilan jihozlangan pechlarda olib boriladi. Rotatsion forsunka sarflash 1—3 % bo‘lgan qo‘shimcha yoqilg‘ida ishlovchi navbatchi yoquvchi forsunka bilan ta’minlangan. Purkash qutichasi va qaynab turgan qatlamni zararlovchi panjara o‘miga pech tubiga o‘tirgan shlak va kulni tashlashi belgilangan bug‘ yoki havo bilan sovitadigan ikki qavatli konussimon tub montaj qilingan. Tarkibida 25—27 % neft mahsulotlari va 5—7 % mexanik aralashmalar bo‘lgan shlam ushbu qurilmada yoqiladi.
Tajriba sanoat qurilmasida olingan natijalar nafaqat shakllanayotgan shlamlami yondirishga, balki ko‘p yillar davomida tozalash inshootlarida yig‘ilgan shlamlardan ozod qilinishiga imkon yaratadi. Bu zavodning tozalash mshootlariga tushayotgan oqova suvlarining tozalash ko'rsatkichlarining yaxshilanishiga yordam beradi.
Germaniyaning DORINER firmasi shlamlami termik zararsizlantirish usulini taqdim etadi. Ushbu texnologiya asosida — shlamni lentali filtrda termik ishlov berish yotadi. Bug‘langan suv va neft mahsulotlari kondensatsiyalanadi va ajratiladi, quritilgan shlam esa qurilmadan olib tashlanadi (23.1-rasm).
Toksik oiganik moddalarni oddiy gazlaiga ajralishiga va shlamlarning mineral qismlanni oksidlar aralashmasiga va suvsizlantirilgan tuzlarga, asosan ishqoriy yer metallariga aylanishiga olib keladigan termik ishlash taqdim etilgan.
Tadqiqot natijalarida eng ma’qul deb 900— 1000°C harorat topilgan. Bu haroratda eng kam miqdorda toksik moddalari boigan shlam paydo bo‘iadi. Boshlang‘ich holatga qaraganda shlam miqdori 4 martaga kamayadi. Yondirish jarayonida paydo bo‘layotgan gazlar eng kam toksik moddalardan iborat bo‘ladi. Olingan qizdirilgan qoldiq o‘z kimyoviy tarkibi bilan sement shaklidagi moddadir. Uning granulometrik tarkibi o‘z kattaligi bilan 0,10 dan to 0,08 mm gacha ta’riflanadi. Bu qoldiqlami rentgen struktur tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning tuzilishidagi asosiy moddalar: kalsiy va kvars, bu ularni avtoklav qattiqlamsh betonidan buyumlar tayyorlashda ishlatish imkonini yaratadi.
Shlamni If
Do'stlaringiz bilan baham: |