22.2- rasm. Ecokem(Finlyandiya) poligonidagi zabarli cbiqindilami yoqish qurilmasi sxemasi:
1- aylanuvchi pech; 2— qo‘shimcha yoqish kamerasi; 3— bug‘ qozoni; 4— absorber; 5- yengli filtrlar; 6— ventilator; 7- truba; 8- ohak suti tayyorlash idishi; 9— shlak, kul, ishlash uchun idish; 10— to'kiluvchi matenallaimi suyuq yoki pastasimon chiqindilar bochkalarini bevosita pechga suyuq va pastasimon chiqindilami solish uchun nasos.
С ,=СЙ (20,9-11)/(20,9-С02)
bu yerda, Cx-chiqib ketayotgan gazlardagi kislorod konsentratsiyasi 11% bo'lgandagi ifloslantiruvchi konsentratsiyasi, mg/m3; C^-aniqlanayotgan zaharli modda konsentratsiyasi (tahlil natijalariga ko‘ra), mg/m’; SO2-chiqib ketayotgan gazlardagi kislorodning tahlil ma'lumotlari bo'yicha konsentratsiyasi, %.
Yoqish sharoitlariga qarab bu kattalik keng chegaralarda o‘zganshi mumkin.
Ecokem (Finlyandiya) poligonidagi zaharli chiqmdilami yoqish uchun qurilma sxemasi 22.2-rasmda keltirilgan.
Avval ta’kidlanganidek, bir tonna zaharli chiqindilami zararsizlantirish sarfi o‘rtacha 500 AQSH dollariga teng, ayrim moddalar uchun esa 3—5 marta qimmat, shuning uchun barcha mamlakatlarda samarali va arzon zararsizlantirish usullarini topishga katta ahamiyat beriladi.
Hozir sement va qurilish keramikasi ishlab chiqarish vaqtida zaharli chiqindilami zararsizlantirish jarayonlari eng ko‘p tan olindi. Yuqori haroratli ishlov berish bu jarayonlaming ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
Utillashtirilmaydigan qattiq, pastasimon va suyuq zaharli chiqindilami yoqish qurilmasi nimalardan tashkil topgan?
Organik chiqindilami yoqish va qo‘shimcha yoqish sharoitlari qanday reglamentlangan?
Ecokem (Finlyandiya) poligonidagi zaharli chiqmdilami yoqish uchun qurilma qanday tuzilgan?
Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilarni
zararsizlantirish
Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilami zararsizlantirish so'nggi o‘n yillikda rivojlangan mamlakatlarda kundalik amaliyotga kirdi. Masalan, 1996-yilda Fransiyada ishlagan 20 ta sement pechlarida 400 ming t. (mamlakatdagi ular miqdorining uchdan bir qismidan ortiqrog'i) zaharli chiqindUar zararsizlantirilgan. 0‘sha yilda AQSH dagi 22 sement pechida 1,2 mln. t. zaharli chiqindilar zararsizlantirilgan.
Chiqindilarni yoqish hisobiga Fransiyada 1996-yilda 300 ming t. mazut, AQSH da esa bir million tonnaga yaqin ko‘mir tejab qolingan. Bu mamlakatlarda sement pechlaridan chiqadigan gazlarni nazorat qilish bo'yicha yangi standartlar qabul qilingan, shu bilan birga AQSH da zaharli chiqindi yoqadigan pechlar tashlanmasi me’yorlari oddiy pechlar tashlanmasi me’yorlaridan hatto qattiqroqdir.
Sement ishlab chiqarishda ro‘y beradigan fizik-kimyoviy jarayonlar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tish zarur. Asosiy sement hosil qiluvchi oksidlar bo‘lib CaO, SiO2, A1203 va Fe203hisoblanadi. Tarkibida bu oksidlar bo‘lgan turli minerallar (masalan, mergel) yoki ohaktosh va tuproqdan sun’iy tayyorlangan aralashma sement ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Ular 550°C gacha kuydirilgan minerallarning qurishi ,ya degidratlanishi yuz beradi, 550 dan 900°C gacha ohaktoshning CaO va CO2 hosil bo‘lib parchalanishi, 900— 1450°C da esa oksidlar kalsiy silikatlari, kalsiy alumosilikatlari va ferroaluminatlari hosil qilib reaksiyaga kirishadi. Shunday qilib portland-sement (qo‘shimchasiz)ning mineralogik tarkibi quyidagicha: 40—60% 3CaO-SiO,; 15—35% 2CaO-SiO2; 4“ 14% 3CaO • A12O, va 10~ 18% 4Ca0-Al20,-Fe203.
Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilarni zararsizlantirish, ulami awal ta’riflangan maxsus qurilmalarda yoqishga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
alangadagi yuqori harorat — 2000° C;
1200° С haroratda gazlaming bo‘lish vaqti talab qilingandek
2 soniya emas, balki 5 dan 6 soniyagacha;
yoqish davrida va undan keyingi kislorod ortiqligi;
yuqori turbulentlik;
stexiometrik zarur miqdorga nisbatan ko‘p bo‘lgan nordon gazlar (oltingugurt dioksidi va vodorod xlorid) ning neytrallashuvi;
chiqindilarda mavjud og‘ir metallami klinker (oksidlaming kuydirilgan aralashmasi) tarkibiga kiritib bog‘lanishi; og‘ir metallar odatda xomashyo tarkibiga kiigan bo‘lib, erib yopishganda mustahkam birikmalar (klinker)ga bog‘lanadilar. Ularnmg chiqindilar bilan qo'shimchalar uncha ko‘p emas va ruxsat etilgan chegaralardan chiqib ketmaydi;
tozalangandan keyin shlak, kul va shlam singari ortiqcha mahsulotlar hosil bo‘lmaydi (ho‘l gaz tozalash talab qilinmaydi, filtrdan keyingi chang esa tayyor mahsulot yoki xomashyo massasi ko‘rinishiga keladi);
eneigetik xomashyo tejaladi va ajraladigan «pamik» gazlari hajmi kamayadi. Sement ishlab chiqarish katta miqdorda energiya talab qiladi: bir tonna klinkeiga 80 kg yoqilg‘i sarf bo‘ladi. Sement pechlarida zaharli oiganik chiqindilar yondirilganda ular eneigetik potensialining 100%, poligonda termik zararsizlantirilganda esa — uning issiq suv yoki elektr energiyasi ko‘rinishida utillashtirilgan qismigina foydali ishlatiladi. «Pamik» gazlari miqdori tejalgan yonilg'iga proportsional kamayadi;
kichik kapital xarajatlarga ega.
Sement ishlab chiqarishda turli sanoat chiqindilaming katta miqdori, shu jumladan tozalash inshootlarming shlamlari (organik qismi — yonilg‘i, mineral qismi tarkibida katta miqdorda kalsiy oksidlari bo‘lganligi uchun xomashyo komponenti sifatida) foydalaniladi. Sement pechlarida faqat radioaktiv va infeksiyalangan meditsina chiqindilaridan foydalanish mumkin emas.
Nazorat uchun savollar:
Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilami zararsizlantinsh nimaga asoslangan?
Sement ishlab chiqarishda qanday fizik-kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi?
Sement ishlab chiqarishda zaharli chiqindilami zararsizlantinsh qanday afzalliklarga ega?
Sement ishlab chiqarishda qaysi chiqindilardan foydalanish mumkin emas?
Qurilish keramikasi ishlab chiqarishda zaharli chiqindilarni
zararsizlantirish
Katta miqdordagi turli zaharli chiqindilar (galvanik ishlab chiqarish shlamlari, ishlatilgan moylash-sovutish suyuqliklari — MSS. yog‘sizlantiruvchi eritmalar, yog'och qipiqlari, regeneratsiya qilinmaydigan moylar, qog‘oz sanoati chiqindilari, lignin, mazut va shlam aralashmasi) Palemonas keramika zavodi (Kaunas sh., Litva)da ishlatilgan. Bu jarayonlarni tatbiq etish uchun uzoq va sermashaqqat ishlar qilingan.
Litvada galvanik ishlab chiqarish oqova suvlari elektrogeneratsiya yo‘li bilan hosil qilingan koagulyant (temir gidrooksidlari aralashmasi) yordamida tozalangan, shuning uchun galvanik shlam asosan temir gidrooksidi va oz miqdordagi (quruq modda hisobida 5%ga yaqin) og‘ir rangli metallar gidrooksidlaridan tashkil topgan.
Temir gidrooksidini xomashyo massasiga qo‘shish qizil rang intensivligini oshirib keramik buyumlar tashqi ko'nnishinmg yoqimli bo'lishiga ta’sir etish bilan birga ulaming pishiqligini 15—20%ga ko‘paytiradi. Keramik mahsulotlar sifatiga xomashyo aralashmasining gomogenlik darajasi ham ta’sir qiladi: bir jinsli keramik aralashmalarda og‘ir metallami ishonchli zararsizlantirishga erishish mumkin.
Galvanik shlamlarning gomogenlanish darajasi haqida ular tarkibidagi galvanik shlamlarning eng zaharli komponentlaridan biri bo'lgan xrom konsentratsiyasining variatsiya koeffitsientiga ko‘ra fikr yuritadilar.
Keramik buyumlarda og‘ir metallarni ishonchli zararsizlantirilganligi va ko'milganligi toitinma (витяжка) usuli bilan aniqlanadi. Sinaladigan keramik namunaga 1:10 nisbatda pH=5 gacha sirka kislotasi qo'shilgan distillangan suv qo‘yiladi va to‘xtovsiz aralashtirilgan holda 24 soat saqlanadi, so'ngra tortinmadagi og‘ir metallar miqdori aniqlanadi.
5% li galvanik shlam (quruq modda hisobida) qo‘shilgan tuproqli xomashyo aralashmasidan 970°C haroratda qizdirib olingan namunalar bilan o‘tkazilgan sinovlarning ko'rsatishicha, tuproqli xomashyo aralashmasining zarur gomogenlik darajasiga xomashyo ho‘l ishlov berilganda erishiladi (22.3-rasm).
Galvanik shlamning namligi xomashyo materiallariga ho‘l ishlov berish shartidir. Namligi 40-50%dan kam bo'lgan shlam xomashyo massasiga qo'shishdan oldin qo'shimcha maydalanishi kerak.Agar temir va boshqa og‘ir metaUaming shlamdagi nisbati (3—5):1 oralig'ida bo'lsa, termik ishlov berish rejimiga minimal talab kuchaytiriladi va tuproq aralashmasiga qo'shimcha tuzatish kiritish zarur bo'ladi. Og‘ir
metallami zararsizlantinsh ishonchliligming xomashyo massasiga qo‘shilgan galvanik shlam miqdoriga bog‘liqligi to‘g‘risida quyidagi jadval ma'lumotlariga, kuydirish haroratiga bog‘liqligi to‘g‘risida esa 22.4-rasmda keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra fikr yuritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |