2 Hg+MnO2->Hg2MnO2
Tozalanadigan gazda oltingugurt angidndi va kislorod uchraganda bir vaqtda marganes va simobning sulfatlari ham hosil bo'ladi. Ko‘pchilik ishlab chiqarishning chiqmdi gazlarida simobga qaraganda oltingugurt angidridining miqdori ko'proq bo‘ladi. Shuning uchun gazlami simobdan tozalashdan oldin ular tarkibidagi oltingugurt angidridi ohakli suv yordamida ushlab qolinadi, keyin esa piroluzit bilan kontakt qilinadi. Shundan keyin demerkurizatsiyalangan gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Simob bilan to'yingan adsorbent maxsus rotatsion groxotlarda maydalanadi va uning yuzasidagi simob yutilgan qatlam ajratib olinadi. Saralangan 1-2% simob tarkibli adsorbentni simob rudasi bilan biigalikda kuydirilib, uning tarkibidan simob ajratib olinadi va uni o'zi qayta gaz tozalashda qo'llaniladi. Yuqorida keltirilgan texnologiya asosida 11 shartli ushlab qolingan simob uchun 201 piroluzit sarf bo'ladi. Bunda demerkurizatsiya darajasi 90—96% ni tashkil etadi.
Chiqindi tashlamalarni simob bug'laridan tozalashni sanab o'tilgan qattiq usullaridan tashqari ba’zi donador va tolasimon materiallarni ishlatgan holda ion almashish usullarini ham qo'llash mumkin. Bunda ion almashish smolalarida kationitlar Hg+2 formasida, anionitlar esa adsorbsiyalangan yod yoki yod birikmalari formasida bo'ladi.
Nazorat uchun savollar:
Atrof-muhitni simob bug'lari bilan ifloslanishi qaysi korxonalar ta’sirida ro'y beradi?
Simob bug'larining atrof-muhitga va mson organizmiga ta’siri qanday?
Simob moddalan bilan konsentrlangan tashlamalar qanday zararsizlantiriladi?
Demerkurizatsiyalash uchun qo'llaniladigan aktivlangan ko‘mir qanday modifikatsiyalanadi?
Simob bug'larini ushlab qolish uchun aktivlangan ko'mirdan tashqari yana qanday adsorbentlar qo'llaniladi?
149
www.ziyouz.com kutubxonasi
BOB. CHIQINDI OQOVA SUVLARNI TOZALASH, SUVLARNING XOSSALARI VA ULARNING SINFLANISHI
Suv haqida. Suv tabiatdagi eng oddiy moddalardan bin, lekin yerda hayot davom etishi uchun uning xizmati beqiyosdir. Suv juda ko‘p tabiiy jarayonlarni borishida asosiy rolni o'ynaydi. Yeming asosiy qismi suvdan iboratdir. Yerdagi mavjud barcha moddalaming tarkibida suv uchraydi. Insonlar tanasining 65%i suvdan iboratdir, uning miyasini 85%ini suv tashkil etadi. Birorta tirik organizmlaming, o‘simliklarning hayotini suvsiz tasawur etib bo'lmaydi. Shuning uchun suv resurslarini asrab-avaylash, uni ifloslamaslik, samarali ishlatish asosiy vazifalardan bindir. Hozirgi kunda yerda suvning umumiy miqdori 1386 mln.km3tashkil qiladi, shundan 97,5 %i sho‘r suv, qolgani chuchuk suvlami tashkil etadi. Chuchuk suvnmg umumiy miqdori — 35 mln.km3 ga teng. Dunyo bo'yicha chuchuk suvning ishlatilishi yiliga 3900 mlrd m3/yil ni tashkil qiladi. Shu miqdoming yarmisi butunlay ishlatiladi, ya’n butunlay yo‘qoladi, qolgan yarmi esa oqova suv ko‘rinishida qaytib keladi.
Tabiiy suvlar o'zida erigan tuzlarning miqdori, ya’ni mrneralligi bo'yicha quyidagi sinflarga bo'linadi: (g/1 da)
chuchuk suvlar (<1 g/1 dan past);
sal tuzli (1-10);
sho‘r (10-50);
namakob (>50 g/1 dan yuqori).
Suvda erigan anionlarning borligiga qarab suvlar gidrokarbonatli, sulfatli va xloridli suvlarga bo‘linadi. Suvlarning qattiqligi — suvda erigan Ca+2 va Mg+2 ionlanning konsentratsiyasiga qarab belgilanadi (mmolChekv/D. Qattiqlikni o‘zi karbonatli va nokarbonatli xillariga bohinadi. Suvning umumiy qattiqligi 2 xil qattiqlikning yig‘indisi orqali baholanadi. Bunda karbonatli suvlar suvda erigan kalsiy, magniy bikarbonat tuzlarining miqdori bilan, nokarbonatli suvlarda esa kalsiy, magniy xloridli, sulfatli, nitratli tuzlarni erigan miqdori bilan baholanadi.
Sanoatda suv xomashyo, energiya manbayi, sovituvchi, entuvchi, ekstragent, uzatuvchi va boshqa ko‘p maqsadlarda juda keng qo'llaniladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |