M. N. Musayev


www.ziyouz.com kutubxonasi BOB. ORGANIK ERITUVCHI BUG‘LARNI ADSORBSION USULDA USHLAB QOLISH



Download 2,99 Mb.
bet122/493
Sana01.01.2022
Hajmi2,99 Mb.
#283219
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   493
Bog'liq
Sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi asoslari M Musayev

140

www.ziyouz.com kutubxonasi



  1. BOB. ORGANIK ERITUVCHI BUG‘LARNI
    ADSORBSION USULDA USHLAB QOLISH


Organik erituvchi bug'larni rekuperatsiya qilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu katta iqtisodiy samara beradi, chunki ularni chiqindi gazlar bilan birgalikdagi isrofi 600-800 ming t/yilni tashkil etadi, ya’ni shuncha miqdordagi erituvchi bug‘lar atmosferaga bekorga tashlanadi. Organik erituvchilarni ushbu chiqindi tashlamalari, ya’ni bug‘lari organik erituvchilarni ishlatishda, ularni saqlashda hamda turli texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Shuning uchun ulami ushlab qolish va qayta ishlatish, ya’ni rekuperatsiya qilish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ulami rekuperatsiya qilish uchun asosan absorbsion usul qo‘llanishi mumkin. Bunda adsorbentlar sifatida aktivlangan ko‘mir, silikagel, alumogel, seolitlar, g‘ovaksimon shisha tolalari va shu kabi moddalar qo'llanishi mumkin. Gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan aktivlangan ko‘mir adsorbenti bunda juda qulay sorbentlar qatoriga kiradi, chunki gaz tarkibida namlik (50% gacha) bo‘lganda ham organik erituvchi bug'laimi yaxshi yutaveradi. Absorbsion qurilmalarni rentabelligi tozalanadigan gazdagi organik erituvchi bug'laruiing konsentratsiyasiga ham bog‘liq. Rekuperatsion qurilmani (buglarni ushlab qoluvchi qurilmani) rentabel ishlashi uchun chiqindi gazdagi organik erituvchi bug‘larining eng kam konsentratsiyasi (C) quyidagi jadvalda keltirilgan:

Uchuvchan organik erituvchi bug‘larini adsorbcntlarga yuttirishning statsionar (qo‘zg‘almas), qaynar va harakatdagi sor­bent qatlamlarida amalga oshirish mumkin. Jarayon adsorberlarda amalga oshiriladi. Lekin amalda ushbu yuttirish jarayoni ko‘proq statsionar qurilmalarda o'tkaziladi. Adsorberlar asosan vertikal ko‘rinishda bo‘ladi. Davriy rejimda ishlovchi rekuperatsion qurilmalarning quyidagi texnologik sikllari mavjud: to‘rt, uch, va ikki fazali. To‘rt fazali sikl ketma-ket o‘tkaziladigan adsorbsiya, desorbsiya, quritish va sovitish fazalaridan (jarayonlaridan) iborat. Adsorbsiya aktivlangan ko‘mirda olib boriladi. Adsorbentni regeneratsiyasi, ya’ni desorbsiyasi o‘tkir bug‘ (qizdirilgan bug‘) yordamida amalga oshiriladi. Keyin issiq havo yordamida adsorbent quritiladi va sovuq havo yordamida esa sovitiladi.

Uch fazali siklda to‘rt fazahgidan farqli ravishda oxirgi bitta faza

141

www.ziyouz.com kutubxonasi chiqarib tashlanadi, masalan, sovitish fazasi yoki quritish fazasi. Ikki fazali siklda faqat adsorbsiya va desorbsiya fazalari o‘tkaziladi.



JVj

Erituvchi nomi

C, g/m3

1

Atseton

3,0

2

Benzin

2,0

3

Benzol

2,0

4

Butil atsetat

1,5

5

Ksilol

2,1

6

Metil atsetat

2,1

7

Toluol

2,0

8

Etil spirti

1,8

9

CS2

6,0

10

Trixloretilen

1.8

11

Metilenxlorid

2,0

12

Tetraxloruglerod

4,5

Rekuperatsion qurilmalarda ushlab qolinadigan organik entuvchi bug'larining gazdagi tarkibi va miqdon, hamda ishlab chiqarishning imkoniyatiga qarab regeneratsiya jarayonining u yoki bu sikli tanlanadi. Agar tozalanadigan gazda uchuvchan erituvchi bug'lari yuqori konsentratsiyada bo'lsa, unda to'rt fazali siklni qo'llash maqsadga muvofiq, agar o'rta va kam konsentratsiyali bo'lsa (2-3 g/m3), unda uch fazali siklni qo'llash kerak (bunda sovitish fazasi chiqarib tashlanadi). Ikki fazali sikl esa chiqindi gazdagi suv bilan umuman aralashmaydigan organik erituvchi bug‘larini ushlab qolish lozim bo'lganda qo'llaniladi. Rekuperatsion qurilmalarning uzluksiz ishlashi uchun adsorberlar kamida 2 ta bo'lishi kerak. Odatda adsorberlar 6 tagacha bo'lishi mumkin. Endi ikki fazali siklda ishlaydigan absorbsion qurilmani ko'rib chiqamiz.

Adsorberiarga AR-3 markali aktivlangan ko‘mir solingan. 1—ventilator orqali organik erituvchi bug'lari (OEB) 2—kalonferlaiga beriladi (konsentratsiyasi 5-6 g/m3). U yerda qisman qizdirilib, keyin aktivlangan ko‘mir bilan to'ldirilgan adsorberlarga uzatiladi. Tozalangan gaz adsorbeming quyi qismidan atmosferaga chiqarib yuboriladi. Adsorbent to'yingandan keyin (odatda 8-12 soatdan keyin) yutilgan erituvchi bug'lari desorbsiya qilinadi (ajratiladi). Buning uchun adsorbeming quyi qismidan qizdirilgan suv bug‘i beriladi (harorat 115—118 °C atroflda bo'ladi).



142

www.ziyouz.com kutubxonasi

13.1-rasm. Terini nitroemal bilan bo‘yash jarayonida bosil bo‘luvchi bug‘-havo
aralasbmalari tarkibidagi organik erituvchi bug‘lanni absorbsion ushlab qolish
qurflmasining sxemasi:

1-ventilator, 2-kalorifer, 3-adsorberlar, 4-kondensator, 5-fazalami ajratuvchi,


6-qatlamlami ajratuvchi.

Desorbsiya jarayoni kondensatorda to‘planadigan kondensatning konsentratsiyasi va zichligiga qarab davom ettiriladi. Distillatning zichligi 0,966 g/sm3 ga yetganda jarayon to‘xtatiladi.

Kondensatorda suyuq holga kelgan organik erituvchi bug‘lari oldin 5 — apparatda suyuq va gaz qatlamlariga, keyin esa 6 — apparatda suyuq qatlamlarga ajratiladi va omborlarga yuboriladi.

Keyingi paytlarda organik materialll yutuvchi sorbentlami tayyorlashga e’tilx)r kuchaydi. Bunda yuqori faol va yemirilishga chidamli aktivlangan ko‘mirlami tayyorlash bilan birga aktiv uglerod tolalar asosidagi to‘qilgan va to‘qilmagan materiallar ham keng ishlatilmoqda. Ushbu matenallar yuqori yutuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi (99%gacha).

Nazorat uchun savollar:


  1. Organik erituvchi bug‘lari qaysi jarayonlarda hosil bo'ladi?

  2. Organik erituvchi bug‘larini rekuperatsiya qilishning qanday usullari bor?

  3. Rekuperatsion qurilmalarning texnologik sikllari qanday bosqichlardan iborat va ulami ikki, uch va to‘rt sikli bo‘lishligi nimaga bog‘liq?


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish