Xalqaroiqtisodiytashkilotlar – davlatlar guruhlarini hududiy belgisi yoki iqtisodiy faoliyatining ma’lum sohalaridan manfaatdorligini umumiyligi asosida birlashtiruvchi tashkilot.
BirlashganMillatlarTashkiloti(BMT) – keng doiradagi muammolarni hal etishda davlatlarning o’zaro birgalikdagi harakatlarini ta’minlovchi xalqaro tashkilot.
Iqtisodiyhamkorlikvataraqqiyottashkiloti – iqtiso-diy hamkorlikning barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha a’zo dav-latlar siyosatini nazorat qiluvchi tashkilot.
EKOSOS – BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi.
ESKATO – BMTning Osiyo va Tinch okeani tashkilotlari bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi.
Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) – maqsadi a’zo-davlatlar, valyuta- moliya siyosatini muvofiqlashtirish, ularga to’lov balansi-ni tartibga solish hamda valyuta kursini saqlash uchun mablag’ aj-ratishga ixtisoslashgan xalqaro moliyaviy tashkilot.
Jahon banki (JB) – BMTning Xalqaro tiklanish va taraq-qiyot banki, xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro taraqqiyot uyush-masi va investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha Xalqaro agentlik ka-bi ixtisoslashgan muassasalaridan tashkil topgan banklar guruhi.
Umumjahon savdo tashkiloti (UST) – mahsulotlar va xiz-matlar savdosini qamrab oluvchi BMTning savdo masalalari bo’yi-cha doimiy muassasasi.
YuNKTAD – savdo va rivojlanish bo’yicha BMT anjumani.
YuNIDO – BMTning sanoat rivojlanishi bo’yicha tashkiloti.
Nazorat savollari
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tashkil etilishi qanday muammolar bilan bog’liq?
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?
BMT ixtisoslashgan muassasalari bo’lgan yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni aytib bering?
IXTTga qaysi mamlakatlar a’zo va u qanday muammolarni hal etadi?
Birlashgan iqtisodiy tashkilotlarga umumiy tavsif bering, ularni hamkorlik tashkilotlaridan farqini ayting?
XVF tuzilishidan ko’zlangan asosiy maqsadlar faoliyati-ning xususiyatlari nimalardan iborat?
UB guruhini tashkil etuvchi ixtisoslashgan muassasalar, ularning asosiy vazifalari va hal etadigan muammolarini yoriting?
BMT ixtisoslashgan muassasalari tarkibiga kirmagan val-yuta- kredit tashkilotlari, ularning faoliyati to’g’risida aytib be-ring?
Tariflar va savdo bo’yicha Bosh bitimning mohiyati va uning xalqaro ayirboshlash rivojlanishidagi ahamiyati nimadan iborat?
Sanoat sohasidagi xalqaro tashkilotlarning umumiy tav-sifini bering?
Xalqaro bitimlarning ko’rinishlari, ularning asosiy maz-munini aytib bering?
Chegaralangan amaliy ishchanlik deganda nima tushuniladi va mamlakatlar bunga qarshi qanday kurash olib boradilar?
Savdo bitimlari va shartnomalariga qisqacha tavsif bering?
Soliq bitimlari nima maqsadlarda tuziladi? Ularning ahamiyati nimadan iborat?