M. Maxkamova



Download 0,92 Mb.
bet35/49
Sana18.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#388322
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin)

Demokrat rahbar o‘rni
Avtoritar va demokratik rahbar uslublarini qiyoslash.


Xarakteristika

Rahbariyat uslubi

Avtoritar (direktiv)

Demokrat

«Kredo», tamoyil

Rahbar-hukmdor boshqarilayotgan — bo‘ysinuvchi

Rahbar-koordinator; boshqarilayotgan — sherik

E’tibor

Mansabi bo‘yicha (rasmiy)

Ish bo‘yicha (real)

Tashkilotchilik darajasi

Ishni bajarilishini to‘la tashkillashtirish

Ishni bajarilishining moslanuvchan tarzini tashkillashtirish

Qaror turi

Yakka qaror qabul qilish

Jamoali qaror qabul qilish

Farmoyish turi

Buyruq

Iltimos

Vakolatning taqsimlanishi

Bajariladigan masala va ular oldidagi javobgarlik taqsimlanadi

Umumiy masala va umumiy javobgarliklar taqsimlanadi

Nazorat turi

Bajarish nazorati

Natijani nazorat qilish

Yuqorida ko‘rib turganimizdek, ishchilarda ta’sir usullari va yo‘llari avtokrat va demokrat uslubda turlicha. Demokrat uslub- da rahbariyat nisbatan kamroq nazorat qiladi va u ishchilar o‘z

ishini haqiqiy yaxshi mutaxassis bo‘lsagina samarali hisoblanadi. Ammo uning ham zaif tomoni mavjud: umumiy yechimga jamoa ancha sekin keladi, bunda rahbariyat butunlay yo qisman ishchilar ustidan nazoratni yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Bu uslub hozirgi kunda keng tarqalmoqda.



Liberal uslubdarahbariyat deyarli umuman jamoa ishiga aralashmaydi. Ishchilarga to‘la mustaqillik beradi, individual va jamoaviy ijodga yo‘l qo‘yadi. Bunday rahbar ishchilar bilan doim muloyim, qabul qilingan qarorlardan tez qaytishi mumkin. Liberallar tashabbus ko‘rsata olmaydi. Ular asosan iltimos va undash bilan ish taqsimlaydilar. Boshqaruv funksiyasini bajarish- da passiv, oqim bo‘yicha suzadi desa ham bo‘ladi. Liberal mene- jer kelishmovchiliklardan qo‘rqadi, asosan ishchilar fikriga qo‘shiladi.

Muomaladagi odamlar bilan yumshoqliligi unga real obro‘ga ega bo‘lishiga xalaqit beradi. Bir xodimlar undan ularga yon bosishni talab qiladi. Natijada oshna-og‘aynilik bo‘lishi mumkin. Bu esa rahbar bilan ishchi o‘rtasidagi «masofa»ni yo‘qolishiga olib keladi. Oxir-oqibat liberal uslubdagi rahbar hech ham tashkiliylik qobiliyatini ko‘rsatmaydi. Ishchilar faoliyatini sust nazorat qiladi, uning boshqaruv faoliyati samarasiz.



Aralashmaslik uslubi — aralashmaslik uslubiga rioya qiluvchi rahbar maslahatchi tarzida o‘rin egallaydi, o‘zi ishchilarning g‘oyalarini hayotga tadbiq etish bilan shug‘ullanadi. O‘z fikr va qarashlarini faqat so‘ralsagina aytadi. Bunday yondashuv jamoa a’zolarini ijodiy o‘zini ko‘rsatishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Oxir-oqibat hamma narsa boshqaruv qarorini qabul qilish texnologiyasiga olib keladi, xususan menejer:



  1. Yakka o‘zi qaror qabul qilib va uni bayon qiladi («haqiqiy avtokrat»).

  2. Qarorni «singdiradi».

  3. O‘z g‘oyalarini, fikrlarni bayon etadi va savol berishni taklif qiladi.

  4. Tekshiruv qarorini taklif etadi.

  5. Muammo mazmunini yoritadi, farmoish beradi, tak- liflarni baholaydi, qaror qabul qiladi («haqiqiy»).

  6. Cheklovlarni belgilaydi va xodimlardan qaror qabul qi- lishni so‘raydi.

  7. Ishchilarni cheklovlarsiz harakat qilishga ruxsat beradi (haqiqiy aralashmaslik uslubi).

Shuni aytish kerakki, har bir yuqoridagi uslublar o‘z holicha juda kam hollarda uchraydi. Rahbarni egiluvchanligi ham shun- dadir, ya’ni har bir uslubning afzal taraflarini zarur hollarda qo‘llanishidir.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish