Boshqaruv qarorlarinung samaradorlik shartlari.
Boshqaruv qarori samarali bo‘lishi uchun, bir necha omil- larni hisobga olmoq zarur.
Qaror qabul qilishdagi iyerarxiya — qaror qabul qilishda kerakli axborotlar yetarlicha bo‘ladi, hamda qarorni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Bunda qarorni bajaruvchilar qo‘shni darajadagi xodimlar bo‘ladi. Iyerarxik darajada bir pog‘ona past bo‘lgan quyi darajadagi ishchilar bilan shartnoma- ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maqsadli funksiyalararo guruh ishlatish, bunda tashkilot- ning barcha bo‘limlariga a’zolar tanlab olinadi.
Qaror qabul qilishdagi to‘g‘ri gorizontal aloqalarni ish- latish. Bunda axborot yig‘ish, qayta ishlash yuqori rahbariyatga murojaat qilmagan holda amalga oshiriladi (bu asosan qaror qabul qilish jarayonining boshlang‘ich bosqichida kuzatiladi). Bunday yondashuv qaror qabul qilishni qisqa vaqtda amalga oshirish hamda qarorni bajarilishiga javobgarlikni oshiradi.
Boshqaruv qarorlarining samaradorlik omillari
Qaror qabul qilishdagi markazlashgan rahbariyat. Qaror qabul qilish jarayoni bitta rahbar qo‘lida bo‘lmog‘i lozim. Bu holatda qaror qabul qilishda iyerarxiya shakllanadi, ya’ni har bir quyi rahbar muammolarni o‘zining rahbariyati bilan o‘zlari yechadi, qaror tashkilot maqsadlari va vujudga kelgan holatni yechishda talabga javob bersagina u samarali bo‘ladi.
Birinchidan,qaror samarali bo‘lmog‘i kerak, ya’ni tashkilot oldiga qo‘ygan maqsadni butunlay bajarishini ta’minlash kerak.
Ikkinchidan, qaror tejamli bo‘lmog‘i darkor, ya’ni oldiga qo‘ygan maqsadga kam xarajat bilan erishmog‘i lozim.
Uchinchidan, tezkor qaror. Bunda faqat qaror qabul qilish- dagi tezkorlik haqida emas, balki maqsadga erishishishi ham ko‘zda tutilgan. Chunki muammo yechilayotganida, hodisa ri- vojlanib boradi. Yaxshi fikr ham o‘zi eskirib kelajakda o‘z maz- munini yo‘qotishi mumkin.
Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
To‘rtinchidan, qarorni asoslanganligi. Qarorni amalga oshi- ruvchilar uni asoslanganligiga ishongan bo‘lmog‘i lozim. Bu bi- lan faktik asosni va uni bajaruvchilar qanday qabul qilishini aralashtirmasligi kerak.
Beshinchidan, qaror real amalga oshirilgan bo‘lishi, ya’ni noreal, abstrakt qaror qabul qilish mumkin emas. Qabul qilingan qaror samarali va uni bajaruvchi jamoa kuchi va mablag‘lariga mos bo‘lmog‘i lozim.
Oltinchidan.Boshqaruv qarori huquqiy bo‘lishi kerak. Faqat rahbar qabul qilgan qoidalar bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Yettinchidan. Qarorlar ziddiyatlarsiz bo‘lishi kerak. Boshqa qarorlar bilan mos kelishi, hamda aniq, yaxshi ta’riflangan qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak.
Qaror samarali bo‘lishida asosiy rol qabul qilingan qarorlarni bajaruvchijarga yetkazish hisoblanadi. Bunda har bir ishni baja- ruvchilar tanlanadi, natijada har bir xodim konkret maxsus vazi- fa oladi. Bu holda xodimga o‘zi xizmat majburiyatlarida va boshqa obyektiv va subyektiv omil hisobga olinadi. Vazifani xodimlarga yetkazib berish qaror qabul qilishning asosiy samara manbayi hisoblanadi. Shu bilan birga qaror bajarilmasligini 4 asosiy sabablari mavjud:
menejer qarorni aniq tavsiflab bera olmaganligi;
qaror yaxshi tavsiflangan, lekin bajaruvchi yaxshi anglab yetmaganligi;
qaror yaxshi tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan, ammo uni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ va sharoit bo‘lmagan;
qaror to‘g‘ri tavsiflangan, bajaruvchi uni yaxshi anglagan, uni amalga oshirishga hamma sharoitlar bo‘lgan, ammo mene- jer taklif etgan qaror bilan bajaruvchining taklifi mos kelmagan- ligi. Mazkur muammoga bajaruvchining samaraliroq o‘z fikri bo‘lishi mumkin.
Bajaruvchi faoliyatidagi model menejerning boshlang‘ich fikri bilan mos ravishda bajarilishi uchun unga bir necha ta- lablarni keltirish kerak.
To‘lalik
Motivatsiya
Mustahkamlik va stressga turg‘unligi
Boshlang‘ich g‘oyani
aks ettirish kengligi
Muvofiqlik
Aniqlik
Moslanuv- chanlik
Boshqaruv qarorini bajarilishi texnologiyasiga bo‘lgan talab
Qarorni to‘lalik modeli bir tomondan rahbarni o‘ylab qo‘ygan fikri va uni yechish, ikkinchi tomondan mazmuni, strukturasi va bajarilishi faoliyatidagi sharoitlarning mos kelishi ifodalanadi. Bajaruvchi oldindan ishni barcha nozik taraflarini fikran tasavvur eta olsa, bunda bu to‘la modelni ideal varianti hisoblanadi.
Aniqlik modeli zarurligi shundaki, agar umumiy holda masala abstrakt qo‘yilsa unda u umuman bajarilmaydi yoki ras- man bajariladi. Boshqaruv sistemasidagi tezkor qaror shakllani- shida aniqlik metodi qonun tarzi kiritilmagan.
Boshlang‘ich g‘oyani aks ettirish kengligi tezkor modelni xarakterlaydi.
Stressga turg‘unlik va mustahkamlik modeli ixtiyoriy qiyin holatda ham uning ongida hosil bo‘lgan ish rejasini realiza- tsiyasini bajarilish qobiliyati tushuniladi.
Modelning egiluvchanligi — yuqorida hammasiga zud- diyatlik qiluvchi mezonlar.
Qarorni muvofiqlik modeli. Bajaruvchi qarorni bir o‘zi bajarishi bilan bog‘liq. Shuning uchun uning harakati vazifalar, vaqt, joy va boshqalar bo‘yicha boshqa bajaruvchilar bilan mos kelishi kerak.
Qarorning motivatsiya modeli. Bizga ayonki qarorni tushunish va ideal modelni anglash, xodimlar kuchini safar- barligini butunlay ta’minlamaydi, shuning uchun uning faoliya-
tini motivlashtirish kerak. Ichki talab hamda vazifani bajarilishi- da xodimlarda faollikni uyg‘otuvchi motivlarga ta’sir — tashkilot rahbariyati qabul qilgan qarorni bajarilishi jamoa ishi safar- barligining asosiy mazmunidir.
QAROR BAJARILISHINING NAZORATI VA TASHKILLASHTIRISH
Qaror bajarishni tashkillashtirish — bu rahbarning boshqaruv siklini tamomlovchi maxsus faoliyatidir. Agar rahbar qarorni tayyorlov va qabul qilish bosqichida narsa va hodisa in’kosida ideal ishni ko‘rsa, u holda qaror bajarilishini tashkillashtirish jarayonida u real holat bilan duch keladi va u ko‘pincha ideal holatdan farq qiladi.
Zanjirli kommunikatsiya tizimi
Qaror to‘la bajarilishini ta’minlovchi mexanizmlardan biri, firma kommunikatsiya o‘rnatish va tuzishi hisoblanadi. Optimal boshqaruv ishchilari va bajaruvchilar kommunikatsiya tizimini tuzish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday kommunikatsion aloqa tuzish turlicha bo‘lishi mumkin, uzatuvchi tomon (kommuta- tor — rahbar) va ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi) qat’iyan farq- lanadi. Shuning bilan tashkilotda tez uchrab turadigan quyidagi kommunikatsiyalarni ko‘rishimiz mumkin: zanjirli, ko‘p aloqali, yulduzli, iyerarxik.
�
�
�
�
�
B R B
�
�
koordinatsiya aloqasi
Do'stlaringiz bilan baham: |