Oldindan aniqlash usuli. Bu usulda ankåta ma’lumotlari, yozma yoki og‘zaki tavsifnomalar, ish joyidagi boshliq va hamkasabalarning fikrlari va mulohazalari, shaxsiy suhbatlar, psixologik tåstlar kång qo‘llanadi.
Amaliy usul.Xodimning xizmat vazifalarini bajara olishga yaroqliligi uning amaliy ishi natijalari asosida tåkshiriladi. Bu maqsadda namunaviy ko‘chirish tåxnikasi qo‘llanadi.
Imitatsiya usuli. Nomzodga muayyan bir vaziyatni (vaziyat- larni) hal etish vazifasi topshiriladi.
Baholash yakunida shaxsning xususiyatlarini va ishbilarmon- lik sifatlarini ekspårt baholash o‘tkaziladi.
Har bir muayyan holatda baholash måzonlari to‘plami kålgusida bajariladigan ish mazmuni va sifatiga bog‘liq bo‘- ladi.
Baholashning båshta asosiy måzonini ko‘rib chiqamiz:
ish miqdori — måhnat hajmi, samaradorligi, intånsivligi, sarflangan vaqt aniqlanadi;
ish sifati — ishdagi xatoliklar ulushi, mahsulot sifati va uni jahondagi eng yaxshi namunalarga mos kålishi va h.k. aniqlanadi;
ishga munosabati — xodimning tashabbuskorligi, uning ishdagi katta yuklanmalarga bardosh bårish qobiliyati, turli, ayniqsa yangi vaziyatlarga moslasha olishligi tåkshiriladi;
ishdagi puxtalik — ishlab chiqarish vositalariga munosa- bat, ulardan foydalanish, xomashyo va matåriallardan tåjamli foydalanish, ish joyida matåriallar sarfini hisobga olish darajasi va boshqalar aniqlanadi;
korxona ichida hamkorlikka tayyorligi — xodimning hamkorlikdagi masalalarni hal qilishda ishtirok etishi, jamoada- gi munosabatlari, jamoa ishida qatnasha olishligi, chåtdan qilin- gan tanbåhga råaksiyasi va boshqa shaxsiy sifatlari ko‘rib chiqi- ladi.
Da’vogar ishini baholash
Baho ko‘rsatkichi (måzoni)
|
Måzonning yuksaklik darajasi
|
A
|
V
|
S
|
D
|
Å
|
Ish miqdori (samaradorlik)
Ish sifati
Ishga munosabati
Ishdagi puxtalik
Hamkorlikka tayyorligi
|
|
|
|
|
|
Izoh: A — natija yåtarli emas, V — natija talablarga javob båradi; S — natija talablarga to‘la hajmda javob båradi; D — natija talablar hajmidan biroz oshib kåtadi; Å — natija talablar hajmidan ancha oshib kåtadi.
Tashkilotda xodimni baholash uchta asosiy maqsadga xizmat qiladi:
Asoslash
Axborot uchun
Ma’muriy
Xodimni baholash maqsadlari
Xodimni baholashdan asosiy maqsadlar
XODIMLARNI BAHOLASHNING SHAXSIY VOSITALARI
|
|
HUJJATLARNI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH
|
Arizalarni, tarjimayi hollarni, muvaffaqiyatlarni, fotosuratlarni tahlil qilish, shaxsiy ankåtalarni, råtsånziyalarni tåkshirish
|
|
TÅSTDAN O‘TKAZISH
|
O‘zlashtirishi, zåhni, xaraktårini tåstdan o‘tkazish
|
|
MULOQOT — SUHBAT
|
O‘z fikrini ifoda eta olish qobiliyatini, måhnatga munosabatini, kirishimliligini, nutqiy qobiliyatini va boshqalarni tahlil qilish
|
|
XODIMLARNI BAHOLASHNING TÅXNIKAVIY VOSITALARI
|
|
ISH TAJRIBASI
|
Laboratoriya sharoitlarida ishni sinab ko‘rish,
sinov tariqasida boshqa ishga o‘tkazish, måhnat jarayonining muhim tomonlarini baholash va h.k.
|
|
GÅOLOGIK XULOSA
|
Shaxsni tahlil qilish (shaxsiy qiyofasini, muvaffaqiyatlar ko‘rinishini, ishlab chiqarish munosabatlarini)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |