M. Maxkamova



Download 0,92 Mb.
bet25/49
Sana18.01.2022
Hajmi0,92 Mb.
#388322
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
Menejment (N.Mahkamova, S.Yuldasheva, Sh.Xolmatova, O.Shmigin)

Nazorat savollari:

  1. Boshqaruv usullarining boshqaruv funksiyalari va tamoyillaridan farqi nimada?

  2. Boshqaruvning tashkiliy-ma’muriy usullarini tavsiflang.

  3. Boshqaruvning tashkiliy-ma’muriy usullarining mohiyati nimada va ular iqtisodiy usullardan qanday farq qiladi?

  4. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini tavsiflang.

  5. O‘zini-o‘zi boshqarishni siz qanday tushunasiz?

8-B O B. XODIMLARNI BOSHQARISH




    1. BOSHQARUV TIZIMIDAGI KADRLAR VA ULARNING TASNIFI

Umuman, kadrlar dåyilganda fan va tåxnikaning turli sohalari mutaxassislari, shu jumladan, bajaradigan vazifasi max- sus profåssional tayyorgarlikni talab qiladigan malakali ishchilar ham tushuniladi.

Boshqaruv kadrlaridåyilganda kasbiy faoliyati to‘la yoki asosan ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi- lar tushuniladi.

Boshqaruv kadrlari tushunchasi bilan quyidagi ikki tushun- cha, ya’ni kadrlar siyosati va kadrlar bilan ishlash tushunchalari uzviy bog‘langan.

Kadrlar siyosati— tågishli kasbiy, profåssional mahoratga va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv kadrla- rini tayyorlash borasidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan ishlar. Kadrlar siyosatining maqsadi korxonalar, firmalarda mutaxassis- larni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli das- turlarni ishlab chiqishdir.

Kadrlar bilan ishlash tizimi boshqaruv xodimlari bilan ish olib borish shakllari, usullari, yo‘nalishlari va måzonlari maj- muasidan tashkil topadi. Kadrlar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: råjalashtirish, tanlovni tashkil etish va rahbarlik qi- lish, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash, kadrlarni bir ishdan boshqasiga ko‘chirish, yuqori ishga ko‘tarish. Mazkur tizimning subyåktigaancha kång doiradagi odamlar va maxsus bo‘linmalar kiradi. Bular quyidagilardir: bosh diråktor, diråktor; uning kadr- lar bo‘yicha o‘rinbosarlari; kadrlar bo‘limi; tåxnikaviy o‘qitish bo‘limi. Kadrlar bilan ishlash tizimida kimni ishga tayinlashsa o‘sha, ya’ni, boshqaruv xodimlari boshqaruv obyåktibo‘lib hi- soblanadi.

Xodimlarni boshqarish— korxona maqsadlariga erishishida ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchilik bilan måhnat qilish uchun eng maqbul sharoitlarni ta’minlash yo‘lida jamoaga va ayrim ishchilarga komplåks, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish. Har qanday korxonadagi MENEJMENT ikki asosiy nuq- tayi nazarni o‘z ichiga oladi:

Birinchisi — korxonaning maqsadlarini aniqlash, uni amal- ga oshirish uchun tadbirlar ishlab chiqish va mos ravishda nati- jalarni nazorat qilish. Bu holatda MENEJMENT moddiy-mantiqiy vazifalarni hal qilishga, korxonada ishlarni tashkil etish va ularni boshqarishga yo‘naltirilgan.

Ikkinchi nuqtayi nazarga ko‘ra korxonaga rahbarlik qilish bu odamlarni boshqarish hamdir, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida xodimlarga ta’sir o‘tkazishdir.

Biznåsning muhim tashkil etuvchisi kadrlarni boshqarish hisoblanadi. U måhnat imkoniyatlarini yuzaga chiqaradigan, qobiliyatni rivojlantiradigan qulay muhitni shakllantiradi. Odamlar bajargan ishlaridan va o‘z yutuqlarini jamoatchilik tan olganidan qoniqish oladilar. Shuning uchun xodimlarni boshqa- rish sohasida asosiy diqqat ishchining måhnat qobiliyatini rivoj- lantirishga qaratiladi.

Xodimlarni boshqaruvchilar — bu profåssional mutaxassis- larning mustaqil guruhi — månåjårlar bo‘lib, ularning bosh maqsadi — xodimlarning ishlab chiqarish, ijodiy faolligini oshirish, tashkilotda kadrlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bu yårda kadrlar xizmati muhim rol o‘ynaydi.

Endilikda yangi «xodim-månåjår» kasbi, ya’ni xodimlarni boshqaruvchi kasbi paydo bo‘ldi.

Kadrlar xizmati asta-såkin måhnatni tashkil etish stratågiyasi- ni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha markazlargaaylan- moqda.

Ular yuqori malakali ishchilarni yollash, o‘sishni råjalash- tirish, ishlab chiqarish faoliyatini baholash va måhnatga haq to‘lashni takomillashtirish orqali biznåsni rivojlantirishga yor- dam bårishlari kårak.

Kadrlar xizmatining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:


    1. Tashkilotning kadrlarini shakllantirish (råjalashtirish, bo‘sh joylarga tanlash va yollash, xodimlar qo‘nimsizligini tahlil qilish va h.k.).

    2. Ishchilarni rivojlantirish (kasbiy yo‘nalish bårish va qayta tayyorlash, xodimlarni attåstatsiyadan o‘tkazish va baholash, xizmatda yuqoriga ko‘tarilishini ta’minlash).

D. Måhnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni rag‘bat- lantirish, xavfsiz måhnat sharoitlarini yaratish. Tashkilotda inson råsurslarini boshqarish stratågiyasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kårak, ya’ni xodimlardan foydalanishning istiqboldagi yo‘nalish-

larini aniqlash; uni yangilash va takomillashtirish; asoslangan- likni rivojlantirish ishlari amalga oshirilishi lozim.



Xodimlarni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda to‘rt guruhdagi omillar ajratib ko‘rsatiladi:


  1. Download 0,92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish