M. M. Niyazaliyeva


IV. IN THE WORLD OF TECHNOLOГICAL EQUIPMENT



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

IV. IN THE WORLD OF TECHNOLOГICAL EQUIPMENT 
84 
4.1. Quality sewinг equipment 
88 
4.2. Manual and pneumatic presses 
92 
4.3. How to choose a sewinг machine 
94 
4.4. Accessories for sewinг machines 
107 
4.5. Factors for choosinг an overlock machine 
111 
4.6. Accessories for cars overlock 
123 
List of used literature and electronic educational resources 
126 



 
KIRISH 
 
 
O`zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotida  alohida  o`rin  egalovchi  yengil 
sanoat  korxonalaridan    tikuv,  tikuv-trikotaj  buyumlari  ishlab  chiqaruvchi 
korxonalari  aholining  kiyim  kechakka  va  tikuvchilik  buyumlariga  bo`lgan 
ehtiyojini  qondirish  borasida  yangi  modellar  yaratish  va  ishlab  chiqishga  joriy 
etishda  mahalliy  aholi  mentaliteti,  turmush  tarzi,  qadriyatlarini  inobatga  olish 
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Chunonchi,  sharq  xalqlarining  tarixiy  kiyimlari 
xozirgi  zamon  model`yerlarining  e’tiborini  tortgani  bois,  bu  kiyimlarning 
qulayligi,  gazlamalarining  tabiiy  tolalardan  to`qilganligi  yanada  talabgor 
bo`lishshini ta’minlaydi. 
Mamlakatimizda  mahalliy  xom  ashyoni  dastlabki  va  qayta  ishlab,  tayyor 
mahsulot ko`rinishida eksport talabi darajasidagi tovarlar ishlab chiqaruvchi yengil 
sanoat  korxonalarini  qurish  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yengil 
sanoatni  yanada  rivojlantirish  va  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni 
rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”, 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ - 4453  – 
sonli  Qarorida  ham  ta’kidlangan  bo`lib,  tadbirkorlik  faoliyatining  barcha 
bo`g`inlarini tashkil etish orqali yengil sanoatni rivojlantirishga yo`naltirilgan. 
O`zbekiston  Respublikasi  xukumati  tomonidan  joriy  etilayotgan  bir  qator 
xujjatlarda  aholining  bandligini  ta’minlash  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ish 
o`rinlarini  yaratish,  zamonaviy  kasb-hunarlarga  o`rgatish  va  korxonalarni 
mahalliylashtirish orqali ta’minlanishi ko`p ob’yektiv va sub’yektiv muammolarni 
xal  qiladi.  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoshlarga  e’tiborni 
kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, 
ularda  axborot  texnologiyalaridan  foydalanish  ko`nikmalarini  shakllantirish, 
yoshlar  o`rtasida  kitobxonlikni  targ`ib  qilish,  xotin-qizlar  bandligini  oshirish 
masalalariga  bag`ishlangan  5  ta  tashabbusi ilgari  surildi.  Shuningdek,  hududlarda 
tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini 
ta’minlash  chora-tadbirlari  dasturi  loyihasi  tayyorlangan.  2019−2020  yillarda  har 
bir  tumanda  yengil  konstruktsiyali  tikuv-trikotaj  korxonalarini  qurish  va ayollarni 



 
band etish ko`zda tutilmoqda. Korxonalarni puxta hisob-kitob asosida tashkil etish, 
ularda  ishlab  chiqariladigan  tovarlar  bozorini,  ya’ni  aniq  xaridorini  topish 
yuzasidan  takliflar  bildirilishi,  ayollarning  mexnatga  jalb  qilinishiga,  uyda  turib 
ham  daromadga  ega  bo`lishiga  sabab  bo`ladi.  O`z  tadbirkorlik  faoliyatini 
boshlamoqchi  bo`lgan  yoshlar  uchun  tanlangan  ishlab  chiqarish  turi  bo`yicha 
texnologiyani  mukammal  o`rganib,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarni  tanlab 
qo`llash uchun ushbu qo`llanmadan ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjud. 
 
Mazkur  o`quv  qo`llanmada  yengil  sanoatni  rivojlantirishga  oid  axborot 
manbalari  va  veb-saytlar  materiallari  kiritilgan.  Xususan,  tikuvchilik  va 
to`qimachilik  sanoatidagi  yangiliklar,  ishlab  chiqarish  uskunalarida  texnik 
yangiliklar  va  tikuvchilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  va  ishlab  chiqarish 
jarayonlarini  takomillashtirish  to`g`risida  ma’lumotlar  tizimlashtirilgan  holda 
berilgan.  
 
O`zbekiston  Respublikasi  iqtisodining  asosiy  bo`g`ini  sanoat  industriyasi 
hisoblanadi.  Yengil  sanoat  tarmoqlari  aholi  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  zaruriy 
mahsulotlar  ishlab  chiqaradi.  Asosiy  maqsad  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 
takomillashtirish, rekonstruktsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan 
ishlab  chiqarish  maromini  tezlashtirish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  vaqtini 
qisqartirish, ishchi kuchi omilini kamaytirish, xom ashyodan samarali foydalanish 
orqali  sarflanadigan  mablag`ni  iqtisod  qilib,  tannarxni  kamaytirish  hisoblanadi. 
Buning  uchun  jahon  tajribasida  qo`llanilayotgan  robototexnika,  raqamli 
boshqaruvli  texnologiyalar  kompyuterlashgan  tizimlarni  yanada  tezroq  ishlashini 
ta’minlay  boshladi.  Tikuvchilik  sohasida  ham  xuddi  shunday  avtomat  va  yarim 
avtomatlar,  robotlashtirilgan  jihozlardan  keng  foydalaniladi.  Ayniqsa,  Yaponiya, 
janubiy Koreya, Germaniya davlatlarining tavsiya etayotgan jihozlari o`zining aniq 
ishlashi,  sifati  kafolatlanganligi  bilan  ahamiyatlidir.  Xitoy  davlatida  tikuvchilik 
korxona  jihozlarini  ishlab  chiqarish  yo`lga  qo`yilgan  bo`lib,  ular  yuqoridagi 
davlatlar korxonalarida ishlab chiqarilayotgan jihozlarga juda yaqin bo`lsada, sifati 
asli  kabi  ta’minlanmasligi  bilan  namoyon  bo`ladi.  Keyingi  yillarda  tikuv,  tikuv 
trikotaj buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mana shunday  yuqori darajadagi 


10 
 
texnologik  jihozlar  bilan  ta’minlanayotgani  mahalliy  xom  ashyodan  ishlab 
chiqarilayotgan tikuvchilik buyumlarini nafaqat ichki bozor talablari,  balki eksport 
salohiyatini  ham  oshishiga  omil  bo`ldi.  Respublikada  faoliyat  olib  borayotgan 
zamonaviy  texnoparklarda  eng  so`ngi  markadagi,  yuqori  ish  unumdorligiga  ega 
bo`lgan, energiya sarfi kam bo`lgan, ekologik zararlarsiz ishlaydigan yengil sanoat 
tarmoqlari  texnologik  jihozlarini  tanlash  imkoniyati  kengligi  bilan  ishlab 
chiqaruvchilarga amaliy yordam berib kelmoqda. Tikuv buyumlari ishlab chiqarish 
texnologiyalarining  yangi  texnologik  jihozlar  bilan  ishlashi  tezkor  zamon 
talablariga  javob  bera  oladi.  Korxonalarda  ishni  tashkil  etish,  rejalashtirish  va 
loyihalashda  aynan  mana  shunday  samarali,  sifatli  jihozlarni  joriy  qilish  jahon 
bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish kafolatidir.
 
 
O`quv  materiallari  “Yengil  sanoat  texnologiyalari  va  jihozlari”  hamda 
“Yengil  sanoat  buyumlarini  konstruktsiyalari  va  texnologiyalari”  yo`nalishidagi 
o`qituvchilar  va  talabalari  hamda  shu  yo`nalishdagi  magistrlarning  mustaqil 
ishlarida qo`llanilishi mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish