M. M. Niyazaliyeva


  Detallarni shakllantirish va pardozlash uchun innovatsiyalar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

1.4.  Detallarni shakllantirish va pardozlash uchun innovatsiyalar 
 
 
Tikuvchilik buyumlarini oraliq va yakuniy dazmollash, bu birinchi navbatda, 
mahsulotning  xaridori  tomonidan  tan  olinishi  uchun  zarur  bo`lgan  kiyim-kechak 
ishlab chiqaruvchi tikuvchilik sanoatidagi majburiy jarayonlardir. Tikuv buyumlari 
detallarining  tashqi  ko`rinishini  mustahkamlash  moslamalari,  dazmollash 
mashinalari,  shakllantiruvchi  moslamalar  va  tunnelli  pardozlash  moslamalari 
mavjud.  Xususiyatlari  modellarning  xilma-xilligi  va  tez-tez  o`zgarib  turadigan  va 
sezgir  materiallarni  qo`llash  imkoniyati  bo`lgan  ko`plab  ixtirolar,  yangiliklar 
taqdim  etilmoqda.  Bu  jarayonlar  modulli  tizimlar,  bir  tomondan,  shakllar  va 
alohida shakllarni oson almashtirish tufayli, boshqa tomondan, oddiy echimlar, shu 
jumladan 
yakka 
 
buyurtmalar 
uchun 
moslamalarning 
o`rnatilishida 
avtomatlashtirilgan  yuqori  texnologiyali  professional  echimlar  asosida  amalga 
oshiriladi.    Innovatsiyaning  yana  bir  muhim  jihati  -  optimal  boshqarish  va 
mahsulot  ishlab  chiqarishda  yakuniy  natijalarni  olish  uchun  elektron  boshqaruv 
orqali  "sezgir"  uskunalarni  yaratish  bilan  mahsulot  sifatini  ta’minlashdir. 
Maschinenfabric  Herbert  Meyer  GmbH  (Germaniya)  kompaniyasi  taklif  etgan 
RPS-E2  uskunasi  texnik  to`qimachilik  materiallari,  terini  laminatsiyalash  uchun, 
ayniqsa  avtomobillar  ishlab  chiqarishda  foydalanish  uchun  juda  mos  keladi. 
Maqbul isitish zonasi "aqlli" issiqlik yo`nalishi tufayli tabiiy terining sirtiga zarar 


32 
 
bermasdan  uzoq  vaqt  davomida  barqaror  bo`lgan  birikma  olish  imkonini  beradi. 
VacuTherm  qurilmasi  foydalanuvchi  va  atrof-muhitni  himoya  qilish  maqsadida 
bug`  va  namlikni  singdirish  uchun  jihozlangan.  Kannegiesser  Garment  &  Textile 
Technologies  GmbH  (Germaniya),  keng  ko`lamli    va  yuqori  qismli  materiallar 
uchun Veit guruhiga tegishli, AX 450 yangi kichkina oraliq fiksatsiya mashinasini 
taqdim  etadi.  Bu  bir  tomonlama  ochiq  bichiq  detallarini  katta  qisman  fiksatsiya 
imkonini beradi. Yangi Fuse Master BX seriyali fiksatsiya mashinalari to`g`ridan-
to`g`ri 600 va 1000 mm ishchi yuza  kengligiga ega.  Ular, asosan, aralash ishlab 
chiqarish  uchun  mo`ljallangan.  DX  MultiStar  sensorli  ekrani  orqali  boshqarish, 
fiksatsiya  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  to`plash  imkonini,  shuningdek,  fiksatsiya 
parametrlarini  tezda  o`rnatish  va  boshqarish  imkoniyatini  beradi.  Veit  GbmH 
(Germaniya)  shimini  pardozlash  uchun  VEIT  8741  yangi  avlod  qurilmani  taqdim 
etdi,  bu  oddiy  variantlar  va  boshqarish  funktsiyasi  (VEIT-0-STRECh)  bilan 
nazoratning  kuchli  echimlardir.  Ushbu  moslamalar  hatto  nozik  elastik  trikotaj 
kiyimlariga  ishlov  berish  imkonini  beradi.  Pardozlash,  shakl  barqarorligini 
ta’minlovchi  ko`p  fuktsiyali    VEIT  8381  qurilmasi,  shuningdek,  gazlama 
milklarining  kengayishini  nozik  harakatlar  bilan  boshqarish  funktsiyasiga  ega 
bo`lib,  bu  erkaklar  va  ayollar  kiyimlarining  ayrim  turlari  uchun  afzalliklarni 
yaratadi.  Brisay  Maschinen  GmbH  (Germaniya)  kompaniyasi  Veit  guruhiga 
tegishli  bir  qator  yangi  va  optimallashtirilgan  dazmollash  moslamalarini  taqdim 
etdi.  Old  bo`lak  yelka  qismiga  nam  issiqlik  bilan  dastlabki  ishlov  berish  uchun 
BRI-600  maxsus  vositasi  bilan  dazmollash  mashinasi  yangi  shakl  berish  tizimiga 
ega,  u  butun  old  bo`lak  shakl  barqarorligini  ta’minlash  bilan    bir  qatorda  elka 
sohasida  qo`shimcha  ravishda  tegishli  shakl  beradi.  BRI-1200  pardozlash  va 
dazmollash  mashinasi  kiyimlarning  old  bo`lak  detallariga  mo`ljallangan  bo`lib, 
barcha  modellari  yoqa  va  adip  qaytarmalar  uchun  maqbul  dazmollash  imkonini 
beradigan yangi shakl berish kameralar tizimiga ega. Bundan tashqari, dazmollash 
maydoni  kiyimning  modeliga  va  hajmi,  razmer  o`lchamlariga  qarab  boshqariladi. 
Yangi  qurilma  BRI-810  pardozlash  dazmollash  mashinadasida  dazmollash  uchun 
havo  yostig`i  mavjud  bo`lib,  englarni  og`ma  chiziqli  yo`nalishdagi  biriktirish 


33 
 
choklarini  va  yengi  boshi  qiyamasidagi  solqiliklarni  saqlab  qolgan  holda 
dazmollash  uchun  mo`ljallangan,  engning  ustki  qismini  dazmollash  uchun 
"siljitish"  va  istalmagan  siljish  ta’sirining  oldini  olish  imkonini  beradi.  Turli  xil 
harakatlar  uchun  oldinga  va  orqaga  rolik  erkin  harakatini  dasturlashtiriladi,  shu 
jumladan yenglarni yuqori yeng o`mizlariga qadash uchun ham ishlatiladi.  MASPI 
Palazzolo  (Italiya)  kompaniyasi  dam  olish  uchun  mo`ljallangan  jinsi  matosidan 
tikilgan  buyumlar  va  shimlarni  pardozlash  uchun  yangi  avtomatik  qurilmani  - 
avtomatik to`rtta aylanma stantsiyalar tizimiga ega bo`lgan bug` bilan ishlaydigan 
blokli  jihozini  taqdim  etdi.  Uning  unumdorligi  bir  kishi  tomonidan  xizmat 
ko`rsatilganda bir smenada 2500-3500 shimni tashkil etadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7   rasm.  Mini yordamchi presslash mashinasi 


34 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8  – rasm.  Erkaklar ko`ylagi yelka va yenglarini dazmollash mashinasi 
 


35 
 
 
10 – rasm. Pidjak yoki pal`tolarning orqa qismlarini presslash mashinasi. 


36 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11 – rasm. Erkaklar ko`ylagi old bo`lagini presslash mashinasi 
 
Qurilmaning  ishlashi  barcha  materiallarga,  shu  jumladan  cho`ziluvchan 
materiallarga  ham  moslashtirilishi  mumkin.  Shakl  berish  elementlariga  yordam 
tariqasida  qo`shimcha  ishlov  bermasdan  har  tomonlama  shakl  barqarorligini 
ta’minlaydi.  Chet  elda  kiyim-kechak  ishlab  chiqarishning  murakkab  va  aralash 
ishlov  berish  texnologiyasi  tufayli,  bugungi  kunda  import  qilinadigan 


37 
 
mahsulotlarni  sotishga  tayyorlash  Evropadagi  to`qimachilik  tarmog`ida  intensiv 
ishlov berishning so`nggi tarkibiy qismi bo`lib qolmoqda. 
 
 
 
12 – rasm.  Yoqalarni pardozlash uchun press mashinasi. 
    


38 
 
Induoress  GmbH  &  Co.  KG  (Germaniya)  kompaniyasi  turli  xil  to`qimachilik 
materiallariga  yakuniy pardozlab tayyorlash uchun zamonaviy tunnelli uskunasini 
taqdim  etdi.  Uning  muhim  yangiliklaridan  biri  bug`  kamerasi  bo`lib,  bunda 
oldindan  bug`  purkagich  ham  o`rnatilgan  hamda  bug`  miqdorini  tartibga  soladi. 
Havo va bug` aylantirish moslamalari o`rtasida bunker-to`plagich  bo`lib, havo va 
bug` aralashmasi bilan buyumga  ishlov beriladi.   
Bug`  kamerasidan  so`rib  olingin  ortiqcha  bug`ning  qayta  ishlatilishi 
energiyadan samarali va oqilona foydalanishni kafolatlaydi. Kuchli havo ta’minoti, 
yuqori  haroratni  yaratilishi  optimal  pardozlash  ishlari  natijalarini  olish  uchun 
imkon  yaratadi.  Namunali  xizmat  ko`rsatish  va  ishonchli  dasturiy  ta’minotni 
shaxsiy  kompyuter  va  sensorli  ekranga  asoslangan  boshqarishni  kafolatlaydi  va 
ularni almashtirishga hissa qo`shadi.  
Nazorat savollari: 
1.  Tikuvchilik sanoati korxonalarida tikuv buyumlari ishlab chiqarish  xajmi 
qanday belgilanadi? 
2.  Tikuvchilik korxonalari faoliyatida qanday jarayonlar amalga oshiriladi? 
3.  Xom ashyo materiallarini qabul qilish talablarini yoriting. 
4.  Bichuv tsexida amalga oshiriladigan ishlar tartibini tuzing. 
5.  Bichuv uskunalari turlari va markalarini belgilash nimaga asoslanadi? 
6.  Mobil bichuv qurilmasining afzalliklari va kamchiliklarini ko`rsating. 
7.  Statsionar bichuv dastgohi qanday detallar bichish uchun mo`ljallangan. 
8.  Tikuv buyumlari detallarni biriktirish turlari va vositalari. 
9.  Ishlab chiqarish korxonalarida tikuv mashinalari turlari. 
10.  Pardozlash  va  shakl  berish  jarayonining  maqsadi  va  qo`llaniladigan 
vositalar. 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish