M. M. Niyazaliyeva


  Avtomatlashtirish va loyihalash jarayonining



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

2.1.  Avtomatlashtirish va loyihalash jarayonining  
o`ziga xos xususiyatlari 
 
Avtomatlashtirish  tizimlarini  ishlab  chiqish  va  bevosita  ishlab  chiqarish 
jarayonlariga joriy qilish ko`p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash 
va  montaj-sozlash  ishlari,  shuningdek,  ishlatish  jarayonida  avtomatlashtirish 
tizimlarining ishonchli ishlashida ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi. 
 
Zamonaviy 
ishlab 
chiqarishning 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlari 
avtomatlashtirishda 
hal 
qilinadigan 
masalalar 
mutaxassislardan 
turli 
avtomatlashtirish  asboblarining  tuzilishi  va  ishlash  printsiplarini,  avtomatik 
tizimlarining  turlari,  ko`rinishlari  va  sinflarini  yasash  metodlarini  bilishni  ham, 
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir 
qiymatli  almashish  mumkin  bo`lgan  umumiy  texnika  tilini  egallashni  ham  talab 
qiladi.  
 
Bu  biror  texnologik  jarayonni  avtomatlashtirishni  mantiqiy  hisoblangan  va 
texnik  jihatdan  asoslangan  tizimni  avtomatlashtirish  tizimlarining  montaj  qilish, 
sozlash  va  ishlatish  masalalari  bilan  shug`ullanuvchi  mutaxassislar  uchun  birday 
tushunarli bo`ladigan tilda ifodalanishi kerak demakdir.  
 
Bunda  barcha  mutaxassislarda  yaratilayotgan  avtomatlashtirish  tizimining 
asbob  bilan  ta’minlanishi,  berilgan  rostlash  qonunlarini  amalga  oshirish, 
asboblarini  va  avtomatlashtirish  vositalarini  montaj  qilish  usullarini  impul`sli  va 
komanda  liniyalarini  va  manba  liniyalarini  o`tkazish  sohasida  tushuncha  yagona 
bo`lishi talab etadi.  
 
Yangi  sanoat  ob’yektlarini  qurish  va  mavjud  korxonalarni  qayta  qurish 
loyiha  asosida  amalga  oshiriladi.  Loyiha  texnikaviy  hujjatlarni  texnikaviy 
kompleksidan iborat bo`lib, bularga ob’yektni qurish yoki qayta qurish zaruryatini 
printsipial  tarzda  asoslovchi  yozuvlar,  nostandart  uskunalarni  tayyorlash  uchun 


45 
 
lozim  bo`lgan,  shuningdek,  hamma  turdagi  qurilish  montaj  va  sozlash  ishlarini 
amalga oshirish uchun kerak bo`lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi. 
 
Qurilayotgan ob’yektning murakkabligiga qarab, loyiha ma’lum qismlardan 
iborat bo`ladi. Loyihada texnik-iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr va 
avtomatika kabi qismlar bo`lishi mumkin.  
 
Avtomatlashtirish  loyihasining  bir  bo`limi  texnologik  jarayonlarni  nazorat 
qilish  va  avtomatik  rostlash  hamda  boshqarish  qismini  shu  sohaga 
ixtisoslashtirilgan 
tashkilot 
yoki 
texnologik 
loyihalash 
institutining 
avtomatlashtirish bo`limi amalga oshiradi. 
 
 Bu  loyiha  texnologik  jarayonlarning  samarali  ishlashini  va  uskunalar 
ishidagi  xavfsizlikni  ta’minlovchi  nazorat  o`lchov  asboblarni,  rostlagichlar 
avtomatik  va  signalli  qurilmalarini,  loyihalashtirayotgan  ob’yektda  ishlatiladigan 
texnikaviy hujjatlarni o`z ichiga oladi. 
 
Ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  tizimlarini  loyihalash 
bosqichida  boshqarishning  texnologik  ob’yektlari  mufassal  tahlil  qilinishi  kerak. 
Bunday  tahlil  tizimi  bo`lishi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  texnik  jihozlash  va 
texnologik  xom  ashyo  va  tayyor  mahsulot  sifati,  jarayonini  boshqarishni  tashkil 
etish  nuqtai  nazaridan  tadqiq  etishni  ko`zda  tutish  lozim.  Tahlil  jarayonida  aniq 
ishlab  chiqarishning  texnologik  jarayonlari  o`rganiladi,  jarayonni  ifodalovchi 
katttaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o`zaro bog`lanish topiladi. 
 
Boshqarishning 
texnologik 
ob’yektlari 
(BTO) 
tahlil 
natijalari 
avtomatlashtirish  tizimining  eng  oddiy  to`zilmalari  va  bir  tenglamali 
markazlashtirilgan  tizimlar  bo`ladi.  Bunday  tizimlar  texnologik  jarayonlar  (TJ) 
funktsional  bog`lanmagan  yoki  o`zaro  kuchsiz  bog`langan  ishlab  chiqarishlarda 
qo`llaniladi. Bu tizimlarda har bir uchastka uchun yoki ishlab chiqarish bo`linmasi 
uchun  shaxsiy  boshqarish  punktlari  (BP)  yaratiladi,  ular  avtomatlashtirish  uchun 
zarur barcha vositalar bilan jihozlanadi. Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi:  
 
texnologik kattaliklarni o`lchash va nazorat qilish, ularni chegara qiymatlari 
haqida signal berish; 


46 
 
texnologik  reglament  bilan  aniqlanadigan  parametrlarni  ushlab  turish  bu 
sistemalarda bir turdagi TJ lar uchun. 
 
Masalan,  isitish  jarayoni  uchun  apparatura  rasmiylashtirish  va  qayta 
ishlanayotgan  mahsulot  xossalaridagi  farqqa  qaramasdan  avtomatlashtirish 
bo`yicha umumiy  yechimlardan foydalaniladi. Avtomatlashtirish tizimini zarur va 
yetarlicha  aniq  ma’lumot  bilan  ta’minlovchi  rostlanuvchi  kattalikni  va  nazorat 
nuqtalarini to`g`ri tanlashdir. 
 
Hozirgi  paytda  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  tizimlarini 
jihozlash  turli  darajada  bo`lishi  bilan  ifodalanadi.  Texnologik  boshqarishning 
ob’yektlari:  agregatlar,  qurilmalarning  ishlab  chikarish  tezliklari  va  tsexlar 
markazlashgan 
avtomatlashtirish 
tizimlari 
bilan 
borgan 
sari 
ko`proq 
jihozlanmoqda.  Bu  tizimlarda  markaziy  boshqaruv  pul`tiga  ob’yekt  to`g`risidagi 
barcha axborot chiqariladi.  
 
Markazlashtirilgan  tizimlardan  ishlab  chiqarishda  foydalanish  tajribasi 
quyidagi  ko`rinishdagi  bir  qator  kamchiliklari  aniqlanadi,  avtomatlashtirish 
tizimining 
ishlashi 
ishonchliligi 
MBPida 
xotiralarni 
tuzatish 
mumkin 
bo`lmaganligi  tufayli  pasayadi.  MBP  ni  va  aloqa  ishlarini  texnik  jihozlashga 
ketadigan  harajatlar  oshadi,  bu  MBP  dagi  barcha  operativ  axborotning 
to`planishiga  bog`lik  MBP  da  ta’minlash  va  profilaktik  ishlarni  bajarish  doimiy 
ishlovchi uzluksiz TJli korxonalar uchun mo`ljallanadi. 
 
Texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish 
tizimlarini 
hisoblash 
mashinalarini ishlatib  loyihalashtirishda shuningdek, yangi o`zlashtirilmagan  yoki 
juda  murakkab  texnologik  jarayon  ishlab  chiqarish,  yoxud  yangi  uskunalar 
ishlatilgan  ob’yektlarni  avtomatlashtirishda  yuqorida  ko`rsatilgan  loyihalashtirish 
bosqichlaridan  avval  ilmiy  tekshirish  yoki  tajriba  konstruktorlik  ishlari  amalga 
oshiriladi, ularning natijalaridan esa loyiha tuzishda foydalaniladi. 
 
Ishchi chizmalarni yaratishda shit va pul`tlarni tayyorlash, avtomatlashtirish 
vositalari va  asboblarini  tanlash hamda  buyurtma, shuningdek, qurilish va  montaj 
ishlarini  amalga  oshirish  uchun  yetarli  bo`lgan  texnikaviy  loyihaning  vazifalari 
aniqlanadi va detallashtiriladi.  


47 
 
 
Avtomatlashtirish tizimlari ishchi chizmalarining hajmi va tarkibi qurilish va 
montaj  ishlarini  zamonaviy  usullarda  amalga  oshirish  imkonini  berish  va  montaj 
maydonidan  tashqarida  tayyorlangan  bloklardan  foydalanishni  ham  qamrab  olish 
lozim. 
 
Tikuvchilik  buyumlari  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishdagi  murakkab  va 
dolzarb  vazifalardan  biri  ishlab  chiqarishni  konstruktsion  tayyorlashni 
avtomatlashtirish  hisoblanadi.  Ushbu  muammolarni  hal  qilish  darajasi  ko`p 
jihatdan  assortimentning  kengligi  va  mahsulot  sifatini  belgilaydi.  Dizayner, 
konstruktor  va  texnologning  ijodiy  o`zaro  hamkorligi  uchun  sharoit  yaratish  juda 
muhimdir.  Buning  uchun  SAPRda  "Gratsiya"  -  "Assortimentni  rejalashtirish" 
maxsus  tizimi  ishlab  chiqilgan.  To`plamlarning  tarkibini  rejalashtirish,  ish 
bajaruvchilarni tayinlash va ishning bajarilish muddatlarni belgilash, ishlab chiqish 
jarayonini avtomatik ravishda boshqarish, ishlarni qabul qilish va ularning aktlarini 
tuzish  hamda  ish  xaqini  hisoblash  uchun  mo`ljallangan.  Vazifani  belgilangach, 
dizayner,  konstruktor  va  texnolog  mahsulotni  loyihalash  va  ishlab  chiqarishning 
barcha  jihatlarini  aniqlab  oladilar  va  muvofiqlashtiradilar  hamda  uning  texnik 
tavsifi  xujjatini  tuzadilar.  Texnik  tavsifga  muvofiq,  har  bir  mutaxassis  o`z 
vazifasini  bajaradi.  Konstruktor  quyidagi  asosiy  vazifalarni  hal  qilishi  kerak: 
bazaviy  o`lchamda  andaza  qurish,  hamma  gavdva  va  bo`y  o`lchamlaridagi  va 
to`liqlikdagi  andozalarni  yaratishi  mahsulotning  yuqori  sifatni  ta’minlashi  kerak. 
Bu  juda  qiyin  vazifa.  SAPR  turlari  yondashuvi  uni  hal  qilish  uchun  turli  xil 
yechimlardan  foydalanadi.  Grafik  yondashuv  -  aksariyat  xorijiy  va  mahalliy 
tizimlarda  qo`llaniladi.  Bazaviy  o`lchamdagi  andozalar  qo`lda  ishlab  chiqiladi  va 
raqamlashtirgich  (digitayzer)  yordamida  kompyuterga  kiritiladi  yoki  grafika 
tizimida yaratiladi. Har qanday grafik tizimning asosiy xususiyati shundan iboratki, 
ish  yakunida  konstruktor  natija,  andozalar  to`plamiga  ega  bo`ladi,  ammo  qurilish 
jarayoni haqida ma’lumot berilmaydi. U kompyuterda yozilmaydi va saqlanmaydi. 
Boshqa  o`lchamdagi  andozalar  asosiy  o`lcham  andozalaridan  gratsiya  bo`yicha  – 
kontstruktiv  nuqtalarda  o`sish  normalarini  belgilash  orqali  olinadi.  Ushbu  usul 
taxminiy  bo`lib,  u  kiyim  bo`laklarining  juftlashishi  va  mahsulotning  muvozanat 


48 
 
xususiyatlarining  buzilishiga  olib  keladi.  Muayyan  o`lcham  bazaviy  o`lchamdan 
qanchalik  uzoq  bo`lsa,  muvozanat  og`ishi  shunchalik  katta  bo`ladi.  Bunday 
xususiyatlarni  normal  holatga  keltirish  va  nazoratda  ushlab  turish  juda  og`ir  ish. 
Barcha  grafik  tizimlarning  o`ziga  xos  xususiyati  bilan  bog`liq:  bitta  andozaga 
o`zgartirishlar kiritilganda, konstruktor barcha ko`paytirilgan va hosila andozalarga 
mos keladigan o`zgarishlarni amalga oshirishi kerak.  
 
Analitik, hisoblash va grafik yondashuv. U faqat "Gratsiya" SAPR-da yuqori 
darajadagi  kompyuter  texnologiyalari  ko`rinishida  amalga  oshiriladi,  bu 
konstruktorlik 
tayyorgarlik 
muammolarini 
hal 
qilish 
uchun 
kompleks 
avtomatlashtirishni  ta’minlaydi.  Ushbu  texnologiyaning  mohiyati  shundaki, 
konstruktor  algoritm  ko`rinishidagi  harakatlar  ketma-ketligini  qayd  etadi.  Ushbu 
harakatlarni  bajarishda  tizim  hisob-kitoblarni  amalga  oshiradi  va  grafik 
konstruktsiyalarni  bajaradi.  Ushbu  yondashuvning  asosiy  printsipi  shundan 
iboratki,  ish  natijasida  konstruktor  qurilish  jarayonini  algoritm  shaklida,  natijani 
esa  andozalar  to`plami  shaklida  oladi.  Konstruktor  ijodiy  ishlarni  bajaradi  -  har 
qanday  mahsulotni  har  qanday  loyihalash  usullarini  qo`llab  bazaviy  o`lchamda 
ishlab  chiqadi.  Tizim  texnik,  muntazam  ishlarni  bajaradi  -  kerakli  o`lchamdagi 
andozalarni, bo`y va to`liqlikni individual gavdaga tuzadi, o`lchamlar o`sib borishi 
va  konstruktor  qarorlarini  o`zgartirgandan  so`ng  andozalarni  tezda  tiklaydi,  vaqt 
tabelini  va  andozalarning  spetsifikatsiyasini  shakllantiradi.  Andozalarni  gavda 
o`lchamlari,  razmer  va  bo`y  o`lchamlari  bo`yicha  ko`paytirishdagi  muhim  va 
murakkab vazifasi bu o`lchovli xususiyatlarning tegishli qiymatlariga ega bo`lgan 
qurilish algoritmini bajaruvchi tizim natijasida tez va samarali hal qilinishidir. Har 
bir  o`lchamdagi  andozani  qurish  jarayoni  amalga  oshiriladi  va  ularning  shakli 
xotirada  saqlab  qolinadi.  Avtomatik  boshqarish  va  interfeyslarni  sozlash  amalga 
oshiriladi. Bunday konstruktorlik ishida mahsulot sifati kafolatlangan bo`ladi. Har 
bir  o`lchamdagi  andozalarni  qurish  mohiyatini 
"
Agar  ...,  keyin  ...,  aks  holda  ..." 
shartli  operatori  yordamida  hisobga  olish  mumkin.  Grafik  usulda  yondoshishdan 
farqli  o`laroq,  bu  yo`sindagi  yondashuv  andozalarning  qurilishi  bo`yicha  o`zaro 
bog`liqligini  ta’minlaydi.  Andozalarni  o`zgartirganda,  barcha  etalon  va  hosila 


49 
 
andozalarga  kerakli  o`zgartirish  avtomatik  ravishda  kiritiladi.  Ushbu  yondashuv 
konstruktorni  hech  narsada  cheklamaydi,  modulli  konstruktorlik  printsipi  va  aqlli 
jarayonlarni tashkil qilish, ko`pincha markaning asosini tashkil etadigan o`ziga xos 
brendlarni yaratishga imkon beradi.  
 
Aralash yondashuv. Ushbu yondashuv tizimlar o`zlarini avtomatik va yarim 
avtomatik  pozitsiyasidan  foydalanadi.  O`zining  mohiyatiga  ko`ra  ular  yopiq  yoki 
yarim  yopiq  tizimlar  hisoblanadi.  Mahsulotning  bazaviy  konstruktsiyasi 
konstruktorlar  tomonidan  qurilgan  va  tizimga  kiritilgan.  Ba’zan  ularni  intelektual 
bazaviy  konstruktsiya  deb  nomlanadi.  Konstruktiv  modellashtirish  usullaridan 
foydalangan  holda  konstruktor  taklif  etilayotgan  bazaviy  konstruktsiya  asosida 
model tuzilmalarini yaratishi mumkin. Bunday yondashuv ishni soddalashtiradi va 
tezlashtiradi.  Avvaliga  bu  juda  yoqimli  ko`rinadi.  Lekin,  bu  yondashuv 
konstruktorrning  ijodiy  imkoniyatlarini  sezilarli  darajada  cheklaydigan  bir  qator 
xususiyatlarga ega. Va shunga o`xshash bir xillikdagi mahsulotlarni yaratishga olib 
keladi  va  mahsulot  turlarini  kengaytirish  uchun  jiddiy  to`siq  hisoblanadi.  Aralash 
yondashuvdan  foydalangan  holda  barcha  tizimlarda  ishlashning  eng  muhim  va 
qaytarib  bo`lmaydigan  xususiyati  shundaki,  asosiy  dizaynga  hatto  ozgina 
o`zgarishlar  kiritilganda,  mahsulotni  modellashtirish  jarayonini  qayta  o`zgartirish 
kerak bo`ladi.  
 
 Andozalarni  razmer  va  bo`y  o`lchamlari  bo`yicha  ko`paytirish  masalasida 
tizimda  2  xil  yondoshuv  qo`llaniladi.  Agar  taklif  qilinadigan  intelektual  bazaviy 
konstruktsiya deb nomlanuvchi konstruktorlik ishi grafik rejimda bajarilgan bo`lsa, 
unda  boshqa  razmer  va  bo`ylar  uchun  andazalar  olish  andazadagi  konstruktiv 
nuqtalarda  kengaytirish  yoki  kichraytirish  me’yorlarini  qo`llash  yordamida 
gradatsiyalanadi.  Belgilangan  me’yorlarni  model  kunstruktiv  andozalarini 
gradatsiyalashda 
qo`llaniladi. 
Bu 
andozalarni 
ko`paytirish 
jarayonini 
tezlashtirishga  imkon  beradi,  ammo  bir  qator  xususiyatlarni  keltirib  chiqaradi. 
Birinchi xususiyat shundaki, u yaqin, qisqa vaqtda amalga oshiriladi, ikkinchisi esa 
yopiq,  ko`rinmasligidir.  Konstruktor  ma’lum  o`lchamdagi  andozalarni  qurishda 
qanday  og`ishliklar  bo`lganligini  ko`radi,  jarayon  yakunlanganligi  sababli  ularni 


50 
 
tuzata  olmaydi.  Bunday  muammolarning  kelib  chiqishi  andozalarga  kertimlarni 
noto`g`ri qo`yilishi sababli yuzaga keladi. Bu xatoliklar, albatta, ishlab chiqarishga 
joriy  qilinadigan  andozalarining  sifatiga  va  umuman  mahsulot  sifatiga  sezilarli 
ta’sir qiladi. Mutaxassislar bilan bir qatorda, ishni tashkil qilish usullari va SAPR 
natijalari  ham  sezilarli  darajada  farq  qiladi.  Shartli  ravishda  konstruktorlarni  uch 
guruhga bo`lish mumkin: 
Ijodkor  va  faol.  Birinchi  guruh  konstruktorlari  o`zlari  xohlagan  narsani  va 
xohlagan  tarzda  bajarishni  xohlashadi.  Ular  ijodiy  ishlarni  yaxshi  ko`rishadi  va 
odatdagi  ishlardan  qochadilar.  Qat’iyatli  va  oldilariga  qo`ygan  maqsadlariga  
erishish  uchun  aqliy  mehnatga  tayyor.  Bunday  mutaxassislar  "aqlli"  tizim 
mavjudligini  orzu  qilganlar, hatto  ko`pchiliklari  uni  yaratishga  yordam  berganlar. 
O`zlari  uchun  “Gratsiya”  SAPR  tizimini  kashf  etdilar,  uni  yaratadilar,  unda 
o`zlarining  original  konstruktsiyalarini  yaratadilar.  Yaratilgan  mahsulotlarning 
sifati  va  miqdori  ularni  qiziqtirmaydi.  An’anaviylikdan  chiqa  olganliklaridan 
o`zlarini  baxtiyor  xis  qiladilar.  "Gratsiya"  ijodkor  odamlar  uchun  yaratilgan. 
Hayotdan  misollar  keltirilganda,  odatdagi  ishidan  charchagan  buxgalter  va 
shifokor,  deylik,  bichish  va  tikish  kurslarini  tugatdilar,  “Gratsiya”ni  o`rganib, 
kiyim  konstruktsiyasini  qurishda  muvaffaqiyatga  va  ajoyib  natijalariga  erishdilar. 
Mutaxassisligidan  qat’iy  nazar  sohaga  tegishli  ma’lumotga  ega  bo`lgan  ijod 
qilishni istovchilar foydalanishi isbotlandi.  
Ijodkor, ammo qat’iyatli emas. Bu guruh vakillari yangilik yaratishga qodir 
va o`z ishlarini sevadilar, lekin o`zlarining imkoniyatlari va kutiladigan natijalariga 
ishonmay  ikkilanadilar.  Ular  har  qanday  tizimda  ishlashlari  mumkin.  Ammo 
“Gratsiya”  da  eng  yaxshi  natijalarga  erishishadilar.  O`ziga  bo`lgan  ishonchni 
rivojlantirishda  ularga  ozgina  yordam  kerak:  konstruktsiyalash  uslubini 
aniqlashtirish, bazaviy  konstruktsiyani  qurish,  razmer  va  bo`y  shkalalari  bo`yicha 
to`g`ri ko`paytirishga erishishni ko`ra olish kerak. Ularga tezkor yordam ko`rsatish 
uchun  “Gratsiya”  dasturini  masofaviy  o`qitish  vositalari,  mustaqil  yordam 
dasturlari ishlab chiqilgan va ishonch telefonlarii tashkil qilingan. 


51 
 
Loqayd,  tashabbuskor  emas.  Uchinchi  guruh  konstruktorlari  tavakkal 
qilishni  va  ijod  qilishni  uncha  yoqtirmaydilar.  Ular  shunday  fikr  yuritadilar: 
"kompyuter,  tizim  sotib  oldim  va  men  hali  ham  o`ylashim  kerak,  formulalarni 
xotiramda eslab qolishim kerak”. Bunday konstruktorlarga "Gratsiya" kerak emas. 
Ular  uchinchi  turdagi  tizim  bilan  ishlash  juda  qulay  hisoblaydilar.  Bunday 
tizimning  distribyutorlari  quyidagicha  yozadilar:  "SAPR  dasturining  to`laqonli 
foydalanuvchisi bajarishi kerak bo`lgan narsa bu ekranda zarur bo`lgan intelektual 
konstruktsiyani 
chaqirish 
va 
vizual 
boshqaruv 
yordamida 
model 
konstruktsiyasiining parametrlarini qo`yish...". bu tipdagi konstruktorlar o`ylashlari 
va  natijaga  javobgar  bo`lishlari  shart  bo`lmagan  vaziyatdan  qoniqishadi.  Ular 
uchun bu ishlarning barchasini tizim qiladi. Ammo u buyurilgandek qiladi va har 
doim  ham  vaziyat  talab  qilganidek  aniqlikda  bajara  olmaydi.  Oxir  oqibat,  tizim 
"aybdor"  bo`lib  qoladi.  Tizimlarni  tahlil  qilishda  ularning  xususiyatlarini 
ta’kidlandi  va  bejizga  ularni  afzalliklari  yoki  kamchiliklari  deb  nomlanmadi. 
Chunki  bitta  mutaxassis  nuqtai  nazaridan  tizimning  bir  xil  xususiyati  afzallik, 
boshqasining nuqtai nazaridan esa – kamchilik deb qabul qilinadigan nisbiylikdir. 
Tabiiyki,  konstruktor  fikri  bilan  tizimning  funktsiyasi  bir-biriga  mos  kelganda 
ularning  ish  natijalari  yaxshi  bo`ladi,  va  bu  korxona  gullab-yashnashini 
ta’minlaydi, ularga muvaffaqiyatli raqobatlashishga va ertangi kunga ishonch bilan 
qarashga imkon beradi degani emas.  
“Gratsiya” haqida to`liq ma’lumotni saprgrazia.com saytida topish mumkin.  

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish