M. M. Niyazaliyeva



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

1-QADAM. 
O`lchovli 
tipologiyani 
tanlash. 
Avvalo, 
o`lchovli 
xususiyatlarning  mos  tizimi  tanlashinishi  kerak.  Ayollar  jaketi  konstruktsiyasini 
qurish  uchun  ЦНИИШП  2003  tavsiyalariga  binoan  har  xil  to`lalik  va  bo`y 
o`lchamlaridagi ayollar kiyimlari uchun yangi o`lchovli belgilarni o`z ichiga olgan 
tipologiyadan  foydalaniladi.  Ba’zi  hollarda  eski  o`lchov  belgilarini  o`z  ichiga 
olgan ayol tipologiyasini qo`llash ham mumkin. 
2-QADAM. Bazaviy konstruktsiyani yaratish. Jaket konstruktsiyasini qurish 
uchun mos keladigan intellektual bazani chiqarimiz va asosiy parametrlarni vizual 
rejimda  o`rnatib  to`g`rilaymiz.  Intellektual  konstruktsiya  qo`shimchalararo  va 
kerakli model parametrlari o`rtasidagi muvozanatni tezkor topishga yordam beradi. 
Konstruktorning ishlashi uchun muhim bo`lgan ma’lumotlar – aylana o`lchamlari, 
qo`shimchalar,  nazorat  o`lchamlari  -  displey  ekranida  aks  etadi.  Intellektual 
konstruktsiya  turli  xil  vizual  boshqaruv  elementlari  bilan  jihozlangan  (tutgich, 


59 
 
tugmalar  va  kalitlar),  bu  konstruktorga  ekrandagi  bazaviy  asosdagi  barcha 
parametrlarini tezlik bilan o`zgartirishga imkon beradi. 
3-QADAM
Modellashtirish. 
Modellashtirishni 
tezlashtirish 
imkoniyatlaridan foydalanish. Tizim model chiziqlari o`rnini (masalan, releflar) va 
ularning sonini, shaklini, og`ish burchagini, yo`nalishini, vitochkalarning ulushini 
taqsimlashni va boshqalarni o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan modelning old va 
orqa bo`laklari uchun turli xil variantlarni tanlashni taklif qiladi. 
4-QADAM
O`zaro 
bog`langan 
konstruktsiyalarni 
qurish. 
Yeng 
konstruktsiyasiga qo`shimcha kiritish. Masalan, reglan yeng. Reglanning bir nechta 
turlaridan  (klassik,  yarim  Reglan,  Reglan-koketka  va  boshqalar)  eng  mosini 
tanlanadi. Boshqa intelektual vositalar kabi, reglan bazasini har qanday konstruktor 
talablariga  mos  ravishda  o`zgartirish  mumkin. Yeng  o`mizi  va  qiyamasi  kabi  eng 
muhim  konstruktiv  parametrlari  o`rtasida  o`zaro  aloqa  mavjud.  Yeng  qiyamasi 
alohida  ahamiyatga  ega  bo`lgan,  yeng  tuzilishiga  bog`liq  majburiy  shaklni 
saqlaydi, shuning uchun  yeng  o`mizi parametrlariga kiritilgan  barcha  o`zgarishlar 
yeng  detallari  yoyilmasida  ko`rinadi.  Xuddi  shunday  qo`shimchalar  bilan  model 
yoqasi,  taqilmasi,  cho`ntaklar  va  kiyimning  boshqa  elementlari  bilan  to`ldiriladi, 
va  ularning  qurilishi  konstruktordan  ko`p  vaqt  talab  etadi.  Intelektual 
konstruktorlardan foydalangan holda, kiyim detallarini muntazam nazorat zarurati 
qolmaydi. 
5-QADAM
Andazalarni 
yaratish 
va 
rasmiylashtirish. 
Model 
konstruktsiyasidan  kerakli  andozalarni  tanlanadi,  qo`yimlar  va  burchaklarni 
belgilash,  kertimlar  kiritish  uchun  avtomatik  ish  rejimi  funktsiyalaridan 
foydalananib turli funktsiyali andazalar shakllantirladi. Bu jarayon barcha razmer-
bo`y  o`lchamidagi  andazalar  komplektlari  uchun  bir  xil  qo`llaniladi.  Izmalar  va 
boshqa  belgilarni  andazada  qo`llash  uchun  mos  ravishda  kerakli  vositalardan 
foydalananiladi. 
6-QADAM.  Gratsiya  bosqichi.  Andozalarni  har  bir  razmer,  bo`y  va 
to`lalikda  butun  to`plamini  qurish  uchun  tegishli  o`lchamlarni  tanlash  yetarli 
bo`ladi.  “Gratsiya”  dasturida  andazalarni  ko`paytirish  avtomatik  ravishda  amalga 


60 
 
oshiriladi.  Shunday  qilib,  zamonaviy  SAPRda  minimal  vaqt  sarflagan  holda, 
konstruktor  har  qanday  razmer  va  bo`y  o`lchamlariga  ko`paytirilgan  har  qanday 
mahsulotning andazasini olishi mumkin.  
Bir urinishda yangi model. Zamonaviy tizimlarda bazaviy parametrlar yoki model 
konstruktsiyasi  va  andozalarining  har  bir  parametrlari  nafaqat  ilk  bosqichlarida, 
balki loyihalashning har qanday bosqichida ham o`zgarishi mumkin. 
 
Sinov  namunasi  tikilganidan  so`ng,  tuzilgan  andazalar  to`plamiga  tuzatish 
kiritish yoki tayyor model asosida yangi modifikatsiyani yaratish kerak bo`lganda, 
bunday  o`zgarishlarning  ehtimoli  konstruktorlar  uchun  ayniqsa  qiziq.  Shunga 
o`xshash  vaziyatni  erkaklar  kiyimlari  misolida  ko`rib  chiqamiz.  Yangi  intelektual 
vositalardan  foydalangan  holda,  ilgari  ishlab  chiqarilgan  yengil  kurtka  modelini 
kompyuter  sichqonchasini  bir  marta  bosish  bilan  o`zgartirish  mumkin.  Erkaklar 
kalta pal`tosi o`lchamlari misolida ko`rib chiqadigan bo`lsak, buyum uzunligini va 
yoqasining o`lchamlariga qo`shiladigan qiymatlar uning erkin turishi yoki gavdaga 
moslashtirilishiga  ko`ra,  oldingi  model  erkaklar  pal`tosi  asosida  bazaviy  razmer-
bo`y  o`lchamidagi  andozalarning  to`liq  to`plamida  ishlab  chiqiladi.  Kiyim 
to`plamini  ishlab  chiqishda  rassom  ko`pincha  turli  xil  model  namunalarini  bir  xil 
konstruktiv asosda yaratadi. Shu sababli, interfaol konstruktsiyalardan foydalangan 
holda  bitta  modelni  (orqa,  old,  englar,  cho`ntaklar  va  yoqalar)  qurib,  konstruktor 
juda  ko`p  turli  xil  modellarni  oladi,  shunchaki  kompyuter  qurilmalari  va  boshqa 
boshqarish 
vositalaridan 
foydalangan 
holda 
interfaol 
konstruktsiyaga 
o`zgartirishlar kiritadi.  
 
Kombinatsiyalashgan  usuldan  foydalanish.    Mahsulot  elementlari  (va 
nafaqat modellar) ma’lumotlar bazasini yaratish, masalan, turli xil englar, yoqalar, 
cho`ntaklar,  yeng  o`mizi  va  qiyamasi  chiziqlari,  qo`yma  burmalar,  volanlar, 
konstruktorning  ishini  sezilarli  darajada  tezlashtiradi.  Bundan  tashqari, 
ma’lumotlar  bazasida  yuqoridagi  elementlar  bilan  bog`liq  barcha  andoza 
to`plamlari  saqlanishi  mumkin.  Bunday  manbalar  bilan  ishlash,  mahsulot 
bo`laklarini  allaqachon  o`rnatilgan  detallar  bilan  birlashtirib,  mahsulotni  yig`ib 
tayyorlashga imkon beradi.  


61 
 
 
Nazorat savollari: 
1.  Bichish jarayonini avtomatlashtirishda qo`llanilgan dasturiy ta’minot turlari. 
2.  Kiyim loyihalashda avtomatlashtirish tizimlarining qo`llanlishi 
3.  Avtomatlashtirish va loyihalash jarayonining o`ziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
4.  Mahsulot yaratish bosqichlarini sxematik tasvirlang. 
5.  Buyum  detallarini  bichishda  komp`yuterdan  foydalanish,  yangi  dasturlarni 
qo`llash usullari. 
6.  “Gratsiya”  dasturida  andozalarni  o`lcham  va  bo`yi  bo`yicha  kattalashtirish 
va kichraytirishning ahamiyati 
7.  Kiyimlarni konstruktsiya va loyihalash jarayonlarining bog`liqligi nimada? 
8.  Komp`yuterlashgan  pardozlash  dazmollash  uskunalari  xususiyatlarini 
aniqlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


62 
 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish