M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


сфера планеты // Международный научный журнал. Наука. Образование



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

сфера планеты // Международный научный журнал. Наука. Образование.
Техника. Кыргызско-Узбекский университет. Ош. Кыргызская Республика.
2009, № 2 (30),37-39 с.
155


kelgan. Avtoritar tuzumdagi xalqlar diktatorlarga bo‘ysunib, siyosat 
va geosiyosatning subyekti emas, balki obyekti sifatida namoyon 
bo‘lganlar. Aynan mana shu sabablar 1960-yildan so‘ng Afrikadagi 
beqarorlikni yuzaga keltirdi va buning natijasida qit’ada 100 ga yaqin 
harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tdi.
Afrika qit’asi geosiyosiy holatini o ‘zgartiruvchi yana bir omil-bu 
turli xalqlar o ‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Afrikaning etnik 
tarkibi - rang-barang xalqlar va qabilalar mozaikasiga o ‘xshab ketadi. 
Qit’ada taxminan 50 ta millat va elatlar, ming xil tilda so‘zlashuvchi 3 
mingga yaqin qabilalar istiqomat qiladilar.
Afrika davlatlarining ko‘pchiligi tabiiy geografik chegaralarga 
bo‘linib, aniq demarkatsiya qilinmagan. Afrika qit’asi davlatlarining 
chegaralaridan 44 foizi meridian va parallel bo‘yicha chegaralangan, 
30 foizi to‘g ‘ridan-to‘g‘ri va yoysimon shaklda belgilangan. Hudud- 
laming bunday tarzda bo‘linishi xalqlar o‘rtasidagi nizolar va urush- 
lar asosi hisoblanadi.
Afrika qit’asidagi barqarorlikning ta’minlanishi, bugun nafaqat 
qit’a davlatlari, balki butun dunyo uchun asosiy muammolardan biri 
bo‘lib qoldi. Xususan, Afrika qit’asidagi barqarorlikni ta’minlashda 
tahdid solayotgan bir necha omillami ko‘rsatib o ‘tish mumkin:
• davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar;
• fuqarolar urushi;
• xavfsizlik darajasining pastligi va jinoyatchilikning yuqoriligi;
• davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish 
(kontrabanda bilan shug‘ullanish);
• ekologik jinoyatchilik;
• noqonuniy qurollar savdosi bilan shug‘ullanish;
• terrorizm;
• qaroqchilik va neftni bunkerlash;
• noqonuniy narkotik moddalari savdosi bilan shug‘ullanish.
Bu omillaming har biri qit’adagi davlatlaming o ‘zaro nizolariga 
ham olib kelmoqda. Omillami tahlil qiladigan bo‘lsak, masalan, 
davlatlar o ‘rtasidagi o ‘zaro nizolar asosan qabilalar orasidagi jang- 
ovor kuchlarga asoslanadi. Bunday holatlarda ko‘pgina hukumatlar 
qabilalardagi ko‘ngilli lashkarlarini proksi sifatida jo ‘natadilar yoki
156


hukumatlar qo‘zg‘alonchilarga qarshi kuchli operatsiyalar o‘tkazib, 
qo‘zg‘alonchilaming harakatlarini kuch bilan bosib, fuqarolik ba- 
zalarini hukumatlarni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydilar. Bunday 
holatlarga Darfurdagi Janjavid va 1998-yildagi Efiopiya va Eritreya 
o‘rtasidagi chegaraviy urushlarni misol qilishimiz mumkin.
“Afrikadagi fuqarolar urushi o ‘zining shavqatsizligi bilan mash- 
hur. Shuningdek, ulaming etnik, hududiy va diniy jihatlardan tashkiliy 
ko‘rinishlarining murakkabligi o ‘ziga xos ahamiyatga ega. Fuqarolar 
hukumatlar va nohukumatlardagi qo‘zg‘alonlar uchun qo‘llab-quv- 
vatlovchi kuch sifatida xizmat qiladi”103. Fuqarolar urushini olib bo- 
rishida har ikki tomon maqsadlari biri-biriga qarama-qarshi bo‘ladi. 
Afrikadagi ko‘pgina fuqarolar umshining qo‘zg‘alonchilar uchun 
manfaatini ko‘radigan bo‘lsak, ular asosan, tuzumlar aldov yoki maj- 
burlash yo‘llari orqali erishgan boyliklar, mol-mulk va chorva molla- 
rini qaytarish uchun tuzumga qarshi chiqadilar. Hukumatlar esa fuqa- 
rolarga nisbatan “kollektiv jazolash” strategiyasini qo‘llash orqali 
qo‘zg‘alon yetakchilarini o‘z vaxshiyliklari uchun javobgarlikka tor- 
tishga urinadi.
Fuqarolar urushining tashkil etilishida albatta, tashqi kuchlami 
ham hisobga olish lozim. Qit’aning resurslarga boy ekanligi tashqi 
kuchlami o‘ziga jalb etadi. Masalan, tashqi kuchlar u yoki bu davlat 
o ‘rtasida nizolami uyushtirish orqali faol ishtirokchilami ta ’sir da- 
rajasini pasaytirish yo‘li bilan resurslarga ega boig an holatlari ham 
kuzatiladi.
Afrikada kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘tillanuvchi 
uyushgan jinoyatchilikning bir necha ko‘rinishlari mavjud. BMTning 
narkotik moddalari vajinoyatchilikbo‘yichaboshqarmasi (YuNODK) 
ning m a’lumotlariga ko‘ra, “Afrika davlatlari orasidaNigeriya, Gana 
va Marokash kontrabanda va odam savdosi bilan shug‘ullanishda 
asosiy generatorlar vazifasini о‘tab kelmoqda. Bu davlatlar odam 
savdosi va kontrabanda orqali yiliga taxminan 32 milliard AQSH dol- 
lari miqdorida foyda ko‘radilar. Bunday holda Sharqiy va Janubiy

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish