M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Afrika q it’asi mojarolarining genezisi va qiVadagi



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

11.2. Afrika q it’asi mojarolarining genezisi va qiVadagi
gumanitar muammolar
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi dunyoda tinchlikni, xavf­
sizlik va barqarorlikni ta’minlash, insoniyatga bo‘ladigan har qanday 
tahdid va chaqiriqlarga qarshi hamjihatlik asosida kurashishga qara- 
tilganligi bilan xarakterlanadi.
Shu bois, Afrikadagi nizo va qarama-qarshiliklar nafaqat Af­
rika qit’asini, balki dunyo xavfsizligini ta’minlashga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatayotganligi, butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb 
muammolardan biridir.
Afrika nizolarining klassifikatsiyasini o‘rganish va tahlil qilish 
ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki bu qit’ada insoniyat 
oldida turgan barcha global muammolar o ‘z ko‘rinishiga ega. Shu­
ning uchun ulami tashqi va ichki nizolarga bo‘lgan holda o‘rganish 
maqsadga muvofiqdir.
Tashqi nizolarga qit’adagi davlatlaming bir-biri bilan nizolari, 
hududiy mojaro va bahslarini kiritishimiz mumkin.
Afrika qit’asida, XX asming oxiri XXI asr boshlarida yuz bergan 
voqealar va siyosiy jarayonlar nafaqat qit’adagi davlatlami, balki 
butun dunyo jamoatchiligi diqqat-e’tiborini o ‘ziga tortib kelmoqda, 
desak mubolag‘a bo'lmaydi. Afrika qit’asi yer yuzi maydonining 6 
foizini tashkil etib, Yevrosiyo qit’asidan so‘ng ikkinchi o ‘rinni egal- 
laydi. Afrikaning umumiy maydoni 29,2 mln. km2 bo‘lib, yer yuzida- 
gi qumqlikning 20,4 foizini tashkil etadi102. Afrika qit’asi aholisi soni
102 Мухаммадсидиков М.М. Африка -конфликтная геополитическая
154


1 milliardga yaqin bo‘lib, qit’alar orasida yuqori o‘rinni egallaydi. 
Afrika qit’asida 55 ta davlat mavjud va ulardan 5 tasi tan olinmagan 
davlatlar va 5 tasi tobe hududlar (orollar) hisoblanadi.
Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan Afrika qit’asi 
turli ko‘rinishdagi bir necha asr tarixga ega geosiyosiy muammolar- 
dan, masalan, mustamlakachilik, qulchilik va boshqalar mintaqadagi 
barqarorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asosiy tahdid solgan omillardan 
biri sifatida namoyon bo‘lgan. SSSRning parchalanishi bilan dunyo­
dagi geosiyosiy kuchlar balansi birmuncha o ‘zgarib, Afrika qit’asida 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalar o ‘zgarishlarga uchradi.
Hozirgi vaqtda Afrika qit’asi olimlar tomonidan geosiyosiy nizo- 
lar maydoni sifatida ta’kidlanmoqda. Chunki so‘nggi 400-yil ichida 
qit’adagi barqarorlik darajasi juda ham past ko‘rsatkichlami namoyon 
etib, buni qit’adagi 10 mln.ga yaqin tinch aholining qirilib ketishiga 
olib kelgan 35 ta katta harbiy nizolar bilan ta’kidlash mumkin. Dun­
yodagi qochoqlardan taxminan 7 - 1 0 millioni qit’adagi aholi soniga 
to ‘g ‘ri keladi va qit’a aholisining taxminan 60 foizini ko‘chib kelgan 
muhojirlar tashkil etadi.
Afrika qit’asining AQSH va G ‘arbiy Yevropa davlatlaridan, trans- 
milliy korporatsiyalar va xalqaro moliyaviy markazlardan siyosiy 
va iqtisodiy tobelik darajasining yuqoriligi, doimo global ijtimoiy 
muammolar: ochlik, qashshoqlik, savodsizlik, xalqlaming siyosiy va 
umumiy madaniyatining pastligi, kuchli siyosiy va iqtisodiy inqiroz, 
xalqlar va dinlar o ‘rtasidagi tushunmovchiliklar kelib chiqishiga olib 
kelmoqda.
Zamonaviy Afrika siyosiy planda asosan, avtoritar tuzumdagi 
davlatlardan tashkil topgan. Avtoritar tuzumdagi davlatlaming paydo 
bo‘lishiga asosiy sabab sifatida kapitalizm va sotsializm tizimlarining 
qit’adagi ta’sirini kuchaytirish uchun olib borgan harakatlari tushuni- 
ladi. 0 ‘ttiz yil mobaynida bu ikki tizim uchun Afrika kurash maydoni 
bo‘lib keldi. Bu tizimlar Afrika qit’asi davlatlaridagi diktatorlami 
o ‘z manfaatlariga erishish yo‘lida moliyaviy tomondan ta’minlab

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish