100 Смиридонова С. Крепнущий голос Франкфонии // Ж. Азия и Африка
сегодня. 2003, №5, 31 с.
101 The World Book Encyclopedia. Chicago, London, Sydney, Toronto. -
United States o f America, 1994. Vol. 16, 191 p.
151
hisoblanib, juda muhim strategik mavqega ega. Mazkur bo‘g ‘oz ja-
nubdan Adan ko‘rfazi bilan so‘ngra Hind okeani bilan bog‘lanadi.
Bab al-mandab - Qizil dengiz - Suvaysh yo‘li Arabiston yarim oroli
va Fors ko‘rfazi neftini G ‘arbiy Osiyo, G ‘arbiy Yevropa va Amerika
q it’asiga eksport qilish uchun xalqaro dengiz qatnovini amalga
oshiruvchi asosiy yo‘l hisoblanadi. Ana shu vaziyat mazkur mintaqa-
ning strategik ahamiyatini belgilovchi omillardan sanaladi. Har kuni
ushbu bo‘g‘ozdan o‘nlab neft tankerlari, savdo va harbiy kemalar qat-
naydi. Shu bilan birga, Qizil dengiz, Arab Mashrig‘i va Mag‘ribini
bog‘lab turuvchi eng qulay va qisqa dengiz yo‘lidir. Bab al-mandab
bo‘g‘oziga kirib-chiqayotgan barcha kemalar Yaman, Jibuti va Somali
qirg‘oqlaridan albatta o ‘tadi. Shuning uchun bu mintaqaning xalqaro
ahamiyati ham katta.
Jahon mamlakatlarining kundalik faoliyatlarida ham xalqaro
savdo-sotiq, eksport-import ishlarini amalga oshiruvchi kemalari va
harbiy dengiz kuchlarini Suvaysh-Qizil dengiz yo‘nalishi bo‘ylab
harakatlanishida mazkur dengiz va kanaldan unumli foydalanadilar.
Ushbu dengiz kommunikatsiya yo‘li Shimoli-sharqiy Afrika mintaqa-
sidagi Sudan, Jibuti, Eritreya va Efiopiya kabi davlatlar uchun yagona
dengiz yo‘li, shuningdek, MAR, Yaman Respublikasi va Isroil uchun
muhim dengiz yo‘li bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, ushbu mintaqalarda joylashgan orollar ham mazkur ikki
mintaqaga egalik qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun,
hozirgi vaqtda Isroil davlati Eritreya orqali Qizil dengiz mintaqa-
sidagi muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xanish orollariga o ‘z
ta’sirini o ‘tkazishga intilmoqda.
Mintaqa xalqlari qadimdan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganliklari
sababli bu mintaqa Osiyo bilan Yevropani bog‘lab turuvchi dengiz
transport yo‘liga aylandi.
XX
asming 50-yillaridan boshlab, Suvaysh kanali Fors ko‘rfazidan
Yevropa va Shimoliy Amerikaga neft transportirovkasini amalga
oshiriladigan dengiz kommunikatsiyasining asosiy qismlaridan hisob
lanadi.
M a’lumki, hozirgi vaqtda mintaqa xavfsizligini ta’minlash-min-
taqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Ammo
152
buyuk davlatlar neftga bo‘lgan o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
mintaqa davlatlariga ta ’sir ko‘rsatishning turli vositalaridan foydala-
nishga harakat qiladilar. Shu sababli, buyuk davlatlar manfaatlarining
neft tankerlari harakatlanadigan hudud, ya’ni mintaqa xavfsizligiga
bog‘liqligi natijasida uning ahamiyati yana ham ortishi mumkin. Ma
salan, ikkinchi Fors ko‘rfazi urushi paytida (1998—1999-yillar) neft
eksport qiluvchi arab mamlakatlari o‘z neftini himoya qilish, uning
xavfsizligini ta’minlash hamda importyor davlatlarga yetkazib be-
rishga qodir emasliklari namoyon bo‘ldi. 0 ‘z navbatida G ‘arb mam
lakatlari, ya’ni neft iste’molchilari uni himoya etishga qodir ekan-
liklarini ko‘rsatdilar.
Mintaqaning strategik ahamiyati ko‘p jihatdan neft omiliga bog‘liq
bo‘lib, FKADHK mamlakatlarida ishlab chiqariladigan neftning ko‘p
qismi Fors ko‘rfazidan Xormuz bo‘g ‘ozi orqali Ummon ko‘rfaziga
va undan Adan ko‘rfaziga, u yerdan Suvaysh kanali bilan 0 ‘rta Yer
dengizi va Yevropaga yetib boradi. Shuning uchun, Qizil dengiz yo‘l
xarajatlarini arzon tushishi va vaqtdan yutish jihatidan juda muhim
o ‘rin tutadi.
Suvaysh dengiz yo‘li harbiy-strategik jihatdan katta ahamiyatga
egadir. 1990-1991-yillarda Quvaytni Iroq bosqinidan ozod etish
operatsiyalari davomida va keyinchalik Afg‘onistondagi xalqaro
terrorizm bazalariga qarshi aksilterror kuchlaming mintaqaga olib
kirilishi hamda 2003-yilning boshida AQSH va Buyuk Britaniya
boshchiligidagi ittifoqdosh kuchlaming Iroqdagi Saddam Xusayn tu-
zumini ag‘darib tashlash maqsadida olib borgan harbiy operatsiyalari
davomida AQSH, Yevropa va jahonning bir qancha mamlakatlaridan
harbiy kuchlar, harbiy texnika va turli uskunalar asosan Atlantika
okeani - 0 ‘rta Yer dengizi - Suvaysh kanali orqali Hind okeani va
Fors ko‘rfaziga olib o‘tildi. Harbiy kuchlami Iroqqa safarbar qilish-
da, urushdan so‘ng vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlik o ‘matish
hamda Suvaysh yo‘nalishi bo‘ylab Fors ko‘rfazi sari Iroq xalqiga
insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun zaruriy ashyolar ortilgan
kemalar harakatlanishini ta’minlash maqsadida hozirgi vaqtda ham
Qizil dengizdan keng foydalanilmoqda. Albatta, kemalar qatnovidan
Shimoli-sharqiy Afrikada joylashgan barcha davlatlar manfaatdordir.
153
Xulosa qilib aytganda, Afrika nizolari qit’ani beqaror vaziyatda
ushlab turibdi. Nizolar kelib chiqish omillari turli xil bo‘lib, bizning
fikrimizcha, asosiy dominant iqtisodiy-ijtimoiy qoloqlik ekanligi
ma’lum bo‘lmoqda. Qit’a davlatlarining past sur’atlarda rivojla-
nish jarayoni uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, qit’adagi
vaziyatni yanada uzoqroqqa suradi. Muammolami global darajadagi
ta’siri oshmasligi uchun nizolami xalqaro miqyosda hal qilish lozim.
Bu - dunyo yetakchi davlatlarining bir maqsad yo‘lida birlashtirishga
ham bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |