M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


 Kapain : Collier P. Doing Well out o f War. - Wash. World Bank. 2002



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

110 Kapain : Collier P. Doing Well out o f War. - Wash. World Bank. 2002.
111 World Bank. World Development Report 2000. - Wash. 2001, 24 
p.
112 Абрамова И.А. Демографическая ситуация в странах Африки:
новые тенденции. Конференция африканистов. Безопасность Африки:
внутренний и внешний аспекты. - М. 2005, 68 с.
162


resurslarini talashishga qaratilgan. Bu holat, afrikalik liderlaming 
tushunishicha, davlatning hududiy yaxlitligini ta ’minlashga ta’sir 
qilib, ayirmachilar tomonidan o ‘z o‘lkalarida monopoliyaga erishish 
va resurslardan foydalanishda hukumat boshqaruvidan mustaqil 
bo‘lishga intilmoqdalar. Bu kabi holatlar Senegal davlatining 
asosiy guruch yetishtiradigan mintaqasi Kazamansda, Zaiming mis 
moddasiga boy Shaba o‘lkasida, Angolaning neft va olmosga boy 
hududlarida sodir bo‘lmoqda. 1967-yil Nigeriyaning neftga boy 
Biafroy mintaqasi davlatdan ajralib chiqishga urunishi natijasida, 
fuqarolar va markaziy hukumat qo‘ shinlari o‘rtasida fojeali to‘ qnashuv 
bo‘lib o‘tdi. Bu kabi nizolar Sudanning Darfur o‘lkasida ham ro‘y 
berib, neft uchun kurashga asoslanmoqda.
Bundan tashqari, Afrikaning ba’zi davlatlarida etnik guruhlar 
o ‘rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Masalan, Burundi va 
Ruanda davlatlarida ikki millat: xutu va tutsi millatlari o ‘rtasida qara- 
ma-qarshiliklar mavjud bo‘lib, bir necha bor bu ikki millat o ‘rtasida 
qonli to‘qnashuvlar yuz bergan.
1962-yil Ruanda o ‘z mustaqilligini e ’lon qilgandan so‘ng, hu­
kumat mamlakatning 85% aholisini tashkil qiladigan xutu millati- 
dan tashkil topadi. Bundan norozi bo‘lgan tutsilar hukumatga qarshi 
chiqadi. Natijada, 1990-yil hukumat tutsilarga qarshi repressiyani 
boshlab yuboradi va 1994-yilda bu ochiqchasiga genotsidga aylanib 
700-800 mingga yaqin tutsi o‘ldirib yuboriladi. Bu fuqarolar urushi- 
da Pol Kagamoy boshchiligidagi ruandalik vatanparvarlar g‘alaba 
qozonib, amalda hukumatga tutsi millati keladi.
Burundi davlatida ham xutu aholisi ko‘p bo‘lsa-da, mustaqil- 
likni e ’lon qilganidan so‘ng, hukumat tutsilar qo‘liga o ‘tadi. Bu ho- 
latdan endilikda xutu millati norozi boiadi. Mamlakat Prezidenti 
Pera Buyoya harakati tufayli, 1993-yil xutu aholisidan qonunan 
saylangan prezidentga hukumatni topshirishi bilan qurolli to‘qnashuv 
to'xtatiladi. Ammo bu bilan etnik mojaro to‘xtab qolmadi.
Shuni ta ’kidlab o ‘tish lozimki, na tutsi va na xutu millatlari o‘zaro 
tuzilgan “etnik shartnoma” qonun-qoidalariga amal qilishga hara- 
kat qilmayapti. Chunki tutsi aholisi ozchiligi evaziga demokratik 
saylovlar natijasida hukumatga xutulami kelishi yoki hukumatni
163


bo‘linishidan qo‘rqayotgan bo‘Isa, xutular, bizning fikrimizcha, hu­
kumat hozirgacha tutsilar qo‘lida qolayotganligidan va xutularni 
markazdan uzoqlashtirayotganligidan xavfsiramoqda.
Nizolaming eng muhim omillaridan biri bu diniy qarama-qarshi- 
liklardir. Shu o ‘rinda ta’kidlab o ‘tish lozimki, Afrika aholisining 42% 
i musulmonlar, 22%i xristianlar, 36%i mahalliy an’anaviy dinlarga 
e’tiqod qiluvchilardir. Diniy qarama-qarshiliklaming kuchayishiga 
og‘ir iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda hukumatga 
qarshi diniy tashkilotlar tuzila boshladi. Masalan, Sudanda “Sudan 
xalq ozodlik armiyasi” tuzilib, u davlatni shariat asosida boshqarish- 
ni talab qilib chiqadi. Mamlakat Prezidenti Nimeyri 1983-yil davlat 
mafkurasi va qonuni shariat asosida boshqarilishini e’lon qilishi ham 
vaziyatni o ‘zgartirmadi. Hozirgi vaqtda ham Sudan ichki xavfsizligi­
ni ta’minlashda diniy qarama-qarshilik katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Chad va Efiopiyada fuqarolar urushi Sudan muammosiga 
o‘xshashdir. Misol uchun, Efiopiya musulmonlar istiqomat qiladi- 
gan Eritreya uchun 30-yil urush olib bordi. Lekin eritreyaliklaming 
qat’iyatliligi evaziga 1993-yil Eritreya o ‘z mustaqilligini e ’lon qildi.
Xristian va musulmon din vakillarining to‘qnashuvi ayniqsa Ni- 
geriyada avjiga chiqqan. 2000-yil fevral oyida Kadun viloyatida bu 
ikki din vakillari o‘rtasida qonii to‘qnashuv bo‘lib, har ikki tomon­
dan 400 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. 2006-yilda esa bu to‘qnashuv 
yanada alanga olib, masjid-madrasalar va cherkovlarga o ‘t qo‘yildi. 
Mamlakat Prezidenti O.Obasanjo vaziyatni yumshatish uchun shariat 
asosida boshqarilishini (ba’zi shtatlarda) m a’lum chegaralangan hol­
da bo‘lishiga va’da berdi. Ammo vaziyat hozirgacha ijobiy holatga 
o ‘tgani yo‘q.
Umuman olganda, Nigeriyada nafaqat xristianlar va musulmonlar 
bir-biriga qarshi kurashgan, balki bu kabi dinlaming boshqa oqimlari 
ham o ‘z dushmanlarini o ‘zga din vakili sifatida ko‘rib, kurash olib 
borishgan113.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish