M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Tushunchalar va tayanch iboralar



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Fors ко ‘rfazi, Yaqin Sharq,
Xormuz b o ‘g ‘ozi, FKADHK, “jahoniy davlat”, ‘‘mintaqaviy davlat”,
“odatdagi davlatlar”,
“Qaynoq nuqta”, Arab-Isroil mo; a m s i.
10.1. Yaqin Sharq mintaqasining o ‘ziga xos
xususiyatlari
Bugungi kunda ko‘pchilik davlatlar tashqi siyosiy strategiyalarida 
energetik resurslar xavfsizligi, energetika infrastrukturasini rivojlan­
tirish va umumiy energetika tizimini shakllantirish masalalari asosiy 
geosiyosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan, Fors ko‘rfazi 
mintaqasi xavfsizligida energetik xavfsizlikka nisbatan yangicha 
yondashuvlaming yuzaga kelishi natijasida mintaqa davlatlari siyosa­
tida an’anaviy ustuvorlikka ega bo‘lgan neft-gaz siyosatiga nisbatan 
munosabat yanada markazlashtirilmoqda.
Yaqin Sharq - Osiyo, Afrika va Yevropaning kesishgan mintaqasi­
da joylashgan. Bundan tashqari, geosiyosiy ahamiyati jihatidan Yaqin 
Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyo bilan birgalikda chegaradosh sifa-
132


tida qaralib, geostrategik va geosiyosiy imperializmda, shu jumladan, 
AQSH gegemonlik loyihasida juda muhim o‘rin egallaydi.
Yaqin Sharq mintaqasi jahonning muhim transport koridori hi­
soblanadi. Aynan shu yerda Atlantika va Hind okeanini bir-biriga 
bog‘laydigan muhim geostrategik ahamiyatga ega bo‘lgan Su- 
vaysh kanali joylashgan hamda shu mintaqa davlatlari qulay dengiz 
yo‘llariga chiqish imkoniyatiga ega, bu xalqaro iqtisodiy munosabat- 
lardagi rolini oshirish va ishtirokini kengaytirishda zaruriy omillar- 
dan biridir.
Yaqin Sharq dunyo aholisining deyarli yarmi e’tiqod qiladigan uch 
eng yirik jahon dinlari: Islom, Yaxudiy va Xristian dinlarining kelib 
chiqish markazi hisoblanadi.
Yaqin Sharq jahon neft zaxirasining 61,7%iga va tabiiy gaz za- 
xirasining 40,6%iga egalik qiladi. Mintaqadagi ikki davlatda esa 
dunyo neft zaxirasining 35%i jamlangan: Saudiya Arabistonida 26%, 
Eronda 9%. AQSH Energetika Departamenti tahliliga ko‘ra, jahonda 
energetika mahsulotiga bo‘lgan talab 1993- va 2015-yil oralig‘ida 
50%ga ortadi. Bu esa mintaqa davlatlarining jahon iqtisodiyotida va 
siyosatida ta’siri oshishiga olib kelmoqda. Xususan, bir qator man- 
balarga ko‘ra, 2003-yilgacha faqatgina Saudiya Arabistoni tomonidan 
AQSHga to‘g‘ridan-to‘g ‘ri kiritilgan investisiya miqdori 4000 mlrd. 
dollar atrofida bo‘lgan. Lekin shu bilan bir qatorda, mazkur energe­
tika zaxiralari mintaqaga nisbatan yirik davlatlaming qiziqishi hamda 
ta’sirini ortishiga va bevosita mintaqa davlatlari ichki ishlariga ara- 
lashishga sabab bo‘lmoqda.
Bu mintaqadagi neft tarixi 1914-1918-yillar “Buyuk urush” nomi 
bilan mashhur bo‘lgan urush davomida Britaniya Harbiy dengiz floti 
tuzish bilan bog‘liq. Britaniya imperiyasi bu yerda harbiy kema- 
lar uchun energiya zaxiralari qazib olishni maqsad qilgan. Shundan 
buyon Yaqin Sharqning katta energetika zaxiralari doimo sobiq va 
hozirgi yetakchi davlatlami: Fransiya, B.Britaniya, AQSH va sobiq 
Sovet Ittifoqini jalb etib kelgan. Neft kashf etilishi sababli mintaqada 
diniy nizolar va boy resurslar hamda unumdor yerlar uchun kurash 
boshlandi.
133


Bundan tashqari, Arab dunyosi jahon siyosiy va iqtisodiy barqa- 
rorligini ta’minlashdagi rolini yaqqol namoyish etadi. Arab dunyosi 
mamlakatlari yakdilligining dunyo miqyosidagi siyosiy va iqtisodiy 
ahamiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u jahon neft bozoridagi vazi- 
yatga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishga qodirdir. Birinchi marta bu 
1973-1974-yillarda “energetik tanglik” davrida namoyish etildi. 
Oktabr urushi (1973) chog‘ida G‘arb mamlakatlari Isroilni qo‘llab- 
quvvatlaganiga javoban OPEK mamlakatlari jahon bozoriga neft yet- 
kazib berishni to‘xtatib qo‘ydilar. Bundan ko‘rinadiki, arab olamin- 
ing siyosiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati hozirgi kunda bir 
qator yirik davlatlaming milliy manfaatlari ijrosidagi qiyinchiliklami 
keltirib chiqaradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy davrda hech bir davlat mus­
taqil o‘z energetik ehtiyojlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqara ol- 
maydi. Ayniqsa, jahon siyosatida energiya taqchilligi va xavfsizligi 
masalalari global muammo sifatida ko‘rilayotgan bir davrda mint- 
aqalar va davlatlaming bir-biriga energetik bog‘liqlik darajasi yanada 
ortdi96. Shu bois, hozirgi vaqtda energetika siyosati bir qator davlatlar- 
ning, xususan, jahonning yirik davlatlari tashqi siyosiy faoliyatining 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday fenomen bir 
qancha omillar bilan tushuntirilishi mumkin. Jumladan, jahon ener­
getika bozori subyektlarining o ‘z energetik xavfsizligini ta’minlashga 
bo‘lgan ehtiyoji, energetika sohasidagi samarali biznes manfaatlari, 
neft-gaz xomashyosini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka 
qilish va boshqalar. Shuni ta ’kidlash joizki, zamonaviy dunyoda 
energetika jahon iqtisodiyotining dinamik rivojidagi eng asosiy un- 
sur bo‘lishi bilan birga, umumiy xalqaro munosabatlar tizimiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi birlamchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqdi. Bun­
dan tashqari, dunyo miqyosida energetik bog'liqlik va energiyaning 
birlamchi manbalari iste’moli hajmi oshib borayotganligi mintaqada 
xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar ko‘lamining kengayishi xavfini 
tug‘diradi. Shuning uchun “Arabiston oltiligi” davlatlari oldida min-

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish