M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

“Decisive Storm
” deb nomlandi.
2016-yil 11-apreldan boshlab, tinchlik sulxi amal qilinmoqda.
• 
Mintaqada tashqi kuchlarning faollashuvi, an’anaviy aktor sifa­
tida AQSHning mavjudligi, Suriya masalasida Rossiyaning aralashuvi 
va Xitoyning ilk bora 2016-yil martdan Suriya bo‘yicha maxsus va- 
kilining joriy etilishi, Britaniya va Fransiyaning turli tashabbuslari 
(Liviya, Suriya bo‘yicha).
AQSHlik siyosatshunos G.Kissenjer e ’tiroficha, tashqi kuchlar bu­
gungi kunda Yaqin Sharq mintaqasi o‘z strategiyalarini yoki “Sovuq 
urush” yoki undan keyingi davrdagidek aniq shakllantirib olish- 
lari kerak. “Sovuq urush” davomida mintaqa yetakchi kuchlarning 
to‘g ‘ridan-to‘g‘ri musobaqasi bo‘ladigan yagona mintaqa emas edi. 
NATO-Varshava o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar, Korea va Vyetnam 
urushlari, Ikkinchi alyans dunyo tinchligiga xavf tug‘diruvchi mar- 
kazlar edi. 1990-yillardan keyin Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma 
Shtatlari va ko‘plab Yevropa xalqlari Yaqin Sharqqa nisbatan zero- 
sum prinsipi asosida yondashishdi.
Yaqin Sharq mintaqasi AQSH tashqi siyosati strategik ahamiyat 
kasb etuvchi mintaqalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda AQSH­
ning demokratlashtirish va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyo­
satining aksariyat qismi mazkur mintaqada amalga oshirilayotganini 
kuzatishimiz mumkin. Buning geografik va strategik jihatdan Yaqin 
Sharq chegarasini aniqlab olish dolzarb sanaladi. AQSHning min­
taqadagi manfaatlari shakllanishi Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 
faolllasha boshladi va mintaqada bir qator geoiqtisodiy va geosiyo­
siy manfaatlar majmuasi mavjud bo‘lib, ulami ta’minlash maqsadida 
bir qator strategiyalami amalga oshirib kelayotganligini kuzatishimiz 
mumkin. Shuningdek, AQSHni Yaqin Sharqning asosiy ta’sir zonasi 
sifatida baholashi bir tomondan Yaqin Sharq mintaqasining geosiyo­
siy holati, uning geostrategik jihatlariga ham bog‘liqdir.
2001-yil 11-sentabr voqealaridan so‘ng, AQSHning Yaqin Sharq­
dagi siyosatining faollashganini, demokratlashtirish jarayonlarini
141


jadallashtirishga intilishi sezilarli davrajada oshganligini kuzatish 
mumkin. Bu o‘rinda AQSH tashqi siyosatida asosiy jihat sifatida quyi- 
dagilami keltirish mumkin:
birinchidan, Yaqin Sharqdagi milliy manfaatlami ta’minlashni 
yanada kuchaytirish;
ikkinchidan, arab-musulmon olamiga demokratiyani olib kirish, 
demokratik institulaming shakllantirishga ko‘maklashish;
uchinchidan, Isroil xavfsizligini ta’minlash, xavfsizlik tizimini 
qayta ко‘rib chiqish. Asosan Eron va Iroq doirasida;
to‘rtinchidan, mintaqada ommaviy qirg‘in qurollarining yoyilishi- 
ga yo‘l qo‘ymaslik va terrorizmga qarshi kurashish;
beshinchidan, Isroil-Falastin masalasini tinchlik muzokaralar yo‘li 
bilan hal etishga urinish.
Bundan tashqari, taniqli siyosatshunos Genri Kissendjera fik- 
riga ko ‘ra, butun Yaqin Sharqda amerkacha mehanizim ta ’siri 
quydagicha 3 ta asosda ko ‘riladi: 1) hududiy kuchlar muvozana- 
tini tutib turish; 2) neftni muayyan tartibda yetkazib berishni 
ta ’minlash; 3) Amerikaga tahdid solayotgan musulmon guruhla- 
rini tor - mor etish.
AQSH Yaqin Sharqda bevosita eng yaqin ittifoqdoshlari Buyuk 
Britaniya va Fransiya bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. So‘nggi 
tendensiyalar shuni ko‘rsatadiki, bir qator masalalarda tomonlaming 
o ‘zaro qarashlari mos tushmoqda. Masalan, Yaman masalasida AQSH 
va Yevropadagi hamkorlar Saudiya Arabistonini qoilab-quvvatlash- 
di. Shuningdek, IShlDga qarshi AQSH boshchiligidagi koalitsiyaga 
Buyuk Britaniya 2014-yilda kuzda qo‘shilgan bo‘lsa, Fransiyaning 
qo‘shilishi 2015-yil kuziga to‘g ‘ri keldi. Bundan tashqari, 2016-yil 
13-aprelda Suriyada parlament saylovlari o‘tkazildi va bu AQSH, 
Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan haqiqiy emas deb topilib, 
saylovlar faqat Suriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingandan 
keyingina o ‘tkazilishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Bundan tashqari 2016-yil 29-fevralda NATO va Kuvayt o ‘rtasida 
amirlik hududidan tashkilotning qo‘shinlari va texnikalarini tran- 
zit qilish borasida shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma arab 
monarxiyalari ichida birinchi hisoblanadi. 2016-yil 6-martda esa
142


Fransiya va Misr 0 ‘tra Yer dengizida “Ramzes-2016” harbiy o‘quv 
mashg‘ulotlarini boshlashdi.
Yaqin Sharqning Rossiya tashqi siyosatidagi ahamiyati, mintaqa­
dagi manfaatlari va olib borayotgan siyosatini umumlashtirgan holda, 
AQSH Xeritej Jamg‘armasi (The Heritage Foundation)ning taniqli 
eksperti A.Koen ta’kidlaganidek, Rossiyaning Yaqin Sharq siyosati 
borasida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, Yaqin Sharq monarxiyalari va Erondagi islom dini 
yetakchilarini qabul qilishi bilan Rossiyaning G‘arbning xalqaro siyo­
siy vaziyatidan ajralishini ko‘rsatadi. Shuningdek, Rossiya G ‘arbning 
Yaqin Sharqdagi demokratiya va inson huquqlari borasidagi yon- 
dashuvlarini rad etdi.
Ikkinchidan, Rossiya Yaqin Sharqda, avvalo, Britaniya, so‘ngra 
AQSH mavjudligiga qarshilik qiluvchi sobiq ittifoq modelidan bor- 
moqda.
Uchinchidan, Rossiya rahbarlari mamlakatda musulmon diniga 
e ’tiqod qiluvchi aholi orasida tug‘ilish nisbatining ortishi va aksin- 
cha, slavyan xristiyanlari soni kamayib borishidan havotirda. Ular- 
ning Yaqin Sharq davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik Kremlning Yaqin Sharq siyosati kun tartibidan muhim 
o‘rin olgan deyish mumkin.
To‘rtinchidan, OPEKdan tashqari, Rossiya eng yirik gaz va neft 
ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. Jahon ener- 
giya bozorida narxlaming muvozanatini barqarorlashtirishda mintaqa 
davlatlar bilan OPEK doirasida hamkorlikni mustahkamlash muhim 
ahamiyatga ega.
Beshinchidan, Yaqin Sharq nizolarga boy hudud b o iib , bu Ros­
siya uchun qurol bozori geografiyasini va eksport hajmini yanada 
oshirishga xizmat qilishi mumkin. Rossiya qurol va yadroviy reak- 
torlarini Germaniyaning XIX asrda temir yo‘l qurishi loyihasi singari 
Yaqin Sharqdagi ta’sir etish vositalaridan biriga aylanishi tarafdoridir, 
deb xulosa qilish mumkin.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish