M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Каримов И.А. Узбек халкига тинчлик ва омонлик керак. Укув



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

45 Каримов И.А. Узбек халкига тинчлик ва омонлик керак. Укув
кулланма. -Т.: Укитувчи НМИУ, 2013, 27-28 Ь.
46 Жураев С.А., Косимова Н.А. Актуалные восросы современных
международных отношений. -Т.: Akademiya, 2008, 27 b.


Mojaro predmetini tadqiq etish faqat tomonlar o ‘rtasidagi vositachi 
yoki arbitr (hakam)largagina tegishli bo‘lib qolmasdan, balki bevosi­
ta mojaro subyektlarning ham muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin. 
Bunday muhokamalar tomonlaming o ‘zaro muzokaralar olib borishi 
bilan amalga oshiriladi. Subyektlar o‘rtasidagi muzokaralar (vosi- 
tachilik yoki hakamlik qilishga nisbatan olganda) o‘zining tomonlar 
o‘rtasida ruhan muammoni his qilishi, ijtimoiy o ‘zaro ta’sir etish 
kuchiga (munosabatlarga nisbatan) egaligi, imkoniyatlarini bir qa- 
dar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Gap shundaki, muzokaralar chog‘ida 
subyektlarning o‘ziga xos yashirin manfaatlari umumiy «manfaatlar 
mojaro»si doirasida hal qilinadi yoki aksincha. Muzokaralar predmeti 
esa aynan manfaatlar mojarosi tanlagan predmetning xuddi o ‘zidir. 
Biroq bu yerda tomonlar mojarodagi kabi harakat qilmaydilar. Ular 
o ‘rtasidagi mubohasalar risoladagidek olib borilib, u ko‘proq, ilmiy 
bahs yoki bozordagi savdoni eslatadi. Biroq muzokaralar - mavjud 
munosabatlar yuzasidan bo‘ladigan mubohasadir. Qolaversa, bu bahs 
va muzokaralarda tomonlar manfaatlari qarama-qarshiligi so‘z yuriti- 
ladi.
Muzokaralar davomida tomonlar o‘zlarining mojarolari predmeti­
ni aniqlab olishi yoki uni ma’lum darajada hayolan tasavvur etishlari 
mumkin. Biroq muzokaralar jarayonida tomonlar bir-biriga nisbatan 
tutayotgan pozitsiyalarini, vositachilar esa mojaroni yuzaga keltirgan 
asosiy «yadro»ni aniqlab olishlari kerak. Ana shu mojaro «yadro»si 
keyinroq «mojaro obyekti» tushunchasini anglab yetlshda kerak 
b o ‘ladi.
Mojaro obyekti degan tushunchaga nisbatan va bu tushuncha orqa­
li mojaroning ikkala ishtirokchilari ham egallashga harakat qiladigan 
ana o ‘sha konkret moddiy yoki m a’naviy boylik nazarda tutilganligi- 
ning guvohi bo‘lamiz. Mojaro obyekti sifatida shaxs, guruhlar yoki 
davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi moddiy dunyo va 
ijtimoiy borliqdagi mavjud narsalar u yoki bu ko‘rinishda namoyon 
bo‘lishi mumkin. Moddiy dunyo va ijtimoiy borliq elementlarining 
m a’lum bir mojaro obyekti bo‘lishi uchun, ushbu element ustidan 
nazorat o ‘matishga harakat qilayotgan turli ijtimoiy subyektlar man­
faatlari uning atrofida bir-biriga tutashgan holda bo‘lishi kerak. Bunga
89


ko‘plab misollar keltirish mumkin: chiroyli o‘yinchoq ustida talashib 
qolgan bolakaylar o ‘rtasidagi munosabatlar, u yoki bu hududni o‘z 
nazoratiga olish istagida yurgan davlatlar o ‘rtasidagi xalqaro mojaro­
lar va boshqalar.
Munosabatlaming muayyan tizimidagi mojaro obyekti - doimo 
tanqis resurslar bo‘lgan. Masalan:
• bo‘sh direktor lavozimiga da’vogarlik qilayotgan ikki o'rinbosar;
• do‘kondagi so‘nggi non uchun navbatda turganlaming janjali;
• bitta Qora dengiz floti va undagi bitta harbiy port masalasi va 
boshqalar - haqiqatan nogahon yuzaga keladigan muammolami ana 
shu resurslar o‘mini to‘ldirish bilan hal etishi mumkin. Afsuski, in- 
sonlar hayotida uchrab turadigan bunday ko‘plab muammolami bar­
cha tomonlar istaganidek hal etib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda 
sodir bo‘lib turadigan bir qator mojarolar obyektini ajratib olganimiz- 
da umumiy xarakterga ega muammolar doirasini belgilab olish mum­
kin. Masalan, biror narsani olish uchun navbatda turish, bekatlarda 
yo‘l transportini kutish va boshqalar mahsulotlar yetishmovchiligi 
yoki transport resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq emasmi?!
Gap shundaki, tomonlar o ‘rtasidagi ana shu obyektning obyektiv- 
lik nuqtayi nazaridan bo‘linmasligi, uning subyektiv bo‘linmasligiga 
ham bog‘liq. Agar ikki yosh bolaga chiroyli ikki xil o‘yinchoq tutqaz- 
sangiz, ulaming har biri sherigi o ‘ynayotganini olishga harakat qila­
di. Boshqacha aytganda, resurslaming yetishmovchiligi va xarak- 
terini aniqlash hamda obyekt chegarasi - nisbiy tushuncha bo‘lib, u 
o‘zgaruvchan xususiyatga ega.
Biroq mojaro aniq obyektga ega boim asligi ham mumkin. 
“Obyektli” mojarodan tashqari, mojaro kategoriyalari o‘z ustidan 
nazorat qilishga yo‘l bermaydigan “obyektsiz” mojaro turiga ham 
ajratiladi. Masalan, oddiy ko‘p qavatli uydagi ikki qo‘shnilardan biri 
yozuv ustida ishlayotgan paytda, ikkinchi qo‘shni biror san’at asbo- 
bini chalyapti. Birinchi qo‘shni kuy tovushi unga xalaqit berayotgani 
uchun devomi taqillatadi... Natijada mojaro boshlanadi. Ko‘rinib 
turibdiki, mojaroga ikki tomonning o‘zaro kelishib vaziyatni yumsha- 
tishga intilishi emas, balki bir tomon faoliyati ikkinchisining ishiga 
xalaqit berib, uning faoliyatini susaytirib yuborishi sabab bo‘Imoqda.
90


Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, umuman olganda, 
cho‘zilib ketgan mintaqaviy mojarolar atrofdagi davlatlar uchun 
(tabiiyki, 0 ‘zbekiston ham bundan mustasno emas) aynan hozir keng 
doiradagi muammolar manbayiga aylandi. Keyinchalik esa ular si­
yosat, mafkura, millatlararo munosabatlar va boshqa sohalarga ham 
zimdan salbiy ta’sir etishi, putur yetkazishi mumkin.
Mintaqaviy mojarolaming oqibatlari ancha sezilarli shaklga ham 
ega. Ular davlatlaming milliy iqtisodiyotiga va xo‘jalik aloqalariga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa mavhum kategoriya bo‘lmay, balki har bir 
fuqaroning va jamiyat a ’zosining aniq hisoblab ko‘rsa bo‘ladigan 
manfaatlari demakdir. Milliy xavfsizligimizga mojarolaming katta 
salbiy potensiali butun dunyo ko‘lamida halokatli oqibatlarga olib 
kelishga qodir. Nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasidagi, balki undan 
tashqaridagi har bir sog‘lom fikrli inson mintaqaviy mojarolaming 
yanada avj olishi bu hududdagi mamlakatlaming tanlaydigan yo‘liga 
ta’sir ko‘rsatmasdan qolmasligini yaxshi anglaydi.
Ayni vaqtda BMTning tuzilmasigina emas, balki uning amal qili­
shi, ish tartibi va harakatlami amalga oshirishi ham buyuk davlatlar- 
ning ta’sir doiralar uchun eski kurash ta’siridan hali qutula olgani yo ‘q. 
BMTning mintaqaviy mojarolami tartibga solish yuzasidan amalga 
oshirayotgan tinchlik o ‘matish yo‘lidagi ishlar hamma vaqt ham 
muvaffaqiyatli bo‘lmayotganligini qisman shu bilan izohlash mum­
kin47.
Shu bilan birga, Prezidentimiz mintaqaviy mojarolar haqida gapi- 
rar ekan, Afg‘onistondagi bugungi holat haqida shunday deydi: “Hech 
qaysi xalq urushni xohlamaydi. Bizning qo‘shnimiz Afg‘oniston xalqi 
ham agar o‘z holiga qo‘yilsa, o‘zaro kelishib, tinch hayot kechirgan 
bo‘lardi. Biz qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik barqaror bo‘lishini istay- 
miz. Afg‘oniston bilan aloqalarimiz va hamkorligimiz ikki tomonla­
ma asosda tashkil topishini ma’qul deb bilamiz48.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish