M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


  Гладкий Ю.Н, ЧистобаевА.И. Регионоведение. - М.: Гардарики



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

41 
Гладкий Ю.Н, ЧистобаевА.И. Регионоведение. - М.: Гардарики,
2003, 32 с.
85


Mintaqaviylashuv fan sifatida u yuzaga chiqadigan inson jami- 
yati va muhiti taraqqiyotini o ‘rganuvchi boshqa fanlar bilan yaqin 
o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Shuning uchun ham mintaqaviy 
siyosatni ishlab chiqarishda va ayniqsa, uni bashorat qilishda geo- 
grafiya, iqtisodiyot, sotsiologiya, huquq, etnologiya, dinshunoslik, 
demografiya, ijtimoiy psixologiya, geosiyosat, konfliktologiya va 
boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanish zarur. Bulaming bar- 
chasi, o‘rganilayotgan mintaqa haqidagi, uning qobiliyatlari, shu bi­
lan birga, boshqa mintaqalar uchun xos b o ig an tipik xususiyat va 
tendensiyalari haqida to‘liq va obyektiv xarakteristika beradi. Min- 
taqashunos-olimlaming xulosalari mintaqaviy tuzilishda (qurilishda) 
to‘plangan ijobiy malakalardan foydalanishga, siyosatda xatolaming 
qaytarilishining oldini olinishiga, mintaqalar rivojlanishining qonun- 
qoidalarini aniqlashga, murakkab vaziyatlarndan muvaffaqiyatli 
chiqib ketishga yordam beradi.
7.3. Xalqaro mojarolar interpretatsiyasi
Mintaqaviy mojarolaming nazariy jihatini ochishdan oldin mo- 
jaro so‘zining o ‘ziga (konflikt) e’tibor qaratsak. Ilmiy-siyosiy ada- 
biyotlarda “mojaro” tushunchasi turlicha ta ’riflanadi. Shu bois 
ham “mojaro” atamasining ko‘plab m a’nodagi ta ’riflari bor. Ular- 
dan eng asosiysi mazkur atamaning tomonlar o ‘rtasidagi qarama- 
qarshilik, avvalo, ijtimoiy ziddiyat tushunchasiga yaqinligidir. Siyo­
satda ichki qarama-qarshilik, mojarolilik g‘oyasi XIX asrdan kirib 
kelgan. Konflikt tushunchasi esa (lot. Confictus so‘zidan) iborasi 
murakkab oqibatlarga olib kelishi mumkin bo ‘lgan to ‘qnashuv, 
nizo, kelishmovchilik, bahsni anglatadi. Hozirgi paytda ijtimoiy 
fanlarda nizo deganda, siyosat sohasida yetarli darajada salmoqqa 
ega bo ‘lgan ayrim shaxslaming, shuningdek, butun-butun ijtimoiy 
guruhlar manfaatlari, xatti-harakatlari, qarashlari va yondashuvlari- 
ning to‘qnashuvi tushuniladi.
Ayrim mutaxassislaming aytishicha, muammolarga nisbatan aynan 
jamiyatdagi mojarolami emas, balki jamiyatdagi qarama-qarshilik, 
ya’ni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar o ‘rtasidagi munosa-
86


batlargina tadqiq qilingan42. Mojarolami tadqiq etuvchi ilmiy-uslubiy 
yondashuvlar ijtimoiy hayotning turli qatlamlarini o ‘rganishda ham 
qo‘llaniladi. Masalan, biror davlat siyosiy hayotini olaylik, davlatda 
istiqomat qiluvchi odamlar va guruhlaming turmushi, albatta, siyo­
siy ahamiyatga molik qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan. Bu tabiiy hol- 
dir. Xalqaro munosabatlardagi jarayonlami tadqiq etishda mojaro 
muammolarini o ‘rganishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuv­
lar eng muhimdir. Shuningdek, yurispridensiyada ham bunday yon­
dashuvlar zarur. Zero, bunda umumiy mojaroning bir qismi sifatida 
insonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, ulaming yuzaga kelish mexanizmi 
o‘rganiladi43.
Mintaqaviy mojarolar haqida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 
ham ko‘p bora o‘z asarlarida ta ’kidlab o ‘tgan, jumladan, “Xavf­
sizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida” asarida shunday degan edi: 
“Afg‘onistondagi tanglikning chuqurligi va keskinligini, uning min­
taqaviy va dunyo miqyosidagi geografik-siyosiy jarayonlarga ta’sirini 
e ’tiborga olib, bu fojiyani ko‘lami va xavfi jihatidan hozirgi dunyo­
ning eng katta mintaqaviy mojarolari jumlasiga kiritish mumkin.
Shunday ekan, mintaqaviy mojarolar jamiyatimiz farovonligi va 
respublikamiz taraqqiyoti uchun qanday xavf tug‘dirmoqda? Bir qa- 
rashda, 0 ‘zbekiston chegaralariga yaqin joylarda yuz berayotgan bar­
cha nizolar davlatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni 
saqlab turishga bevosita aloqasi yo‘qdek tuyuladi. Bundan buyon 
ham tashvishli hodisalar bizni chetlab o ‘z yoiidan rivojlanaveradi, 
barqarorlik o‘z-o‘zicha saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi esa 
o‘z-o‘zidan ta’minlangan, deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqa- 
roviy kaltabinlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblaymiz”44.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish