M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Birinchidan,
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari ikki tomonlama 
bitimlami o ‘z qo‘shnilari bilangina emas, balki Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasining boshqa qismlaridagi (masalan, Shimoliy va Janubiy 
Amerikadagi) davlatlar bilan ham tuzishi tendensiyasi saqlanib qo- 
layotir, demak, o ‘z a’zolariga avvalgidek foyda keltirmoqda.
Ikkinchidan,
Janubi-sharqiy Osiyoning yangi integratsion tuzilma- 
larida AQSH uchun o ‘rin hozircha topilgani yo‘q, shu bois OTOIH 
ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan muloqotni 
quvvatlash vositasi sifatidagi roli Qo‘shma Shtatlar uchun kelajakda 
oshishi mumkin.
A.Torkunov qayd etishicha, “so‘nggi yillarda OTOIH Osiyo-Tinch 
okeani mintaqasida erkin savdo va investitsiyalar ko‘p tomonlama 
ochiq tizimini yaratishni muvofiqlashtiruvchi organga aylandi”.
Ayni vaqtda, ko‘pgina, birinchi navbatda rivojlanayotgan mam­
lakatlar vakillarining fikriga ko‘ra, OTOIH o‘z tabiatiga ko‘ra, savdo, 
investitsiyalar, iqtisodiy va texnik hamkorlikning dolzarb muammolari 
bo‘yicha muloqot doirasidan chetga chiqish uchun mo‘ljallanmagan. 
Ular OTOIHni mintaqa mamlakatlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini 
uyg‘unlashtirishga qaratilgan hukumatlararo tashkilot sifatida saqlab 
qolish foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi. 2001-yilgi Shanxay sam- 
mitidan boshlab, iqtisodiy va texnik hamkorlik dasturi (EKOTEK)
207


OTOIH uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etishi lozim, degan fikr 
tarafdorlari soni ko‘payib bormoqda.
Kelajakda 
hukumatlararo 
tashkilot 
faoliyatining 
asosiy 
yo‘nalishlari - savdo va investitsiyalami liberallashtirish hamda 
EKOTEK dasturlari o ‘rtasida muvozanatni saqlash muammosi 
bo‘yicha kelishmovchiliklar saqlanib qolishini kutish mumkin. 
So‘nggi yillarda OTOIH sammitlari jarayonida ulami o‘tkazuvchi 
mamlakatlar ishtirokchilar e ’tiborim savdoni yanada liberallashti­
rish muammolariga emas, balki qo‘shma tashabbuslarga, shu jum ­
ladan, ekologik xususiyatga ega b o ig an tashabbuslarga va EKOTEK 
dasturlarini amalga oshirishga nisbatan yangicha yondashuvlarga 
qaratishga harakat qilmoqdalar. So‘nggi zikr etilgan dasturlar kiri- 
tilgan mablag‘lar hajmiga ko‘ra katta emas, lekin rivojlanayotgan 
mamlakatlaming iqtisodiy va texnikaviy rivojlanishida muhim rol 
o ‘ynashga qodir. Masalan, Avstraliya OTOIH uchun nisbatan yangi 
muammo - dunyo miqyosida iqlim o ‘zgarishi va “sof rivojlanish” 
muammosini 2007-yildagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari deb e’lon 
qildi. Shu bilan bir vaqtda OTOIHning 2007-yil sentabrda bo ‘lib 
o ‘tgan 15-sammitining yakunlovchi Deklaratsiyasida BSTning 
qishloq xo‘jalik mahsuloti bilan savdoni liberallashtirishni nazarda 
tutuvchi Doxa raundi qo‘llab-quvvatlandi.
2008-yilda sammitni Peru tashkil etdi. Uning OTOIHdagi raisligi 
“Osiyo-Tinch okeani mintaqasini rivojlantirish manfaatlarida yangi 
vazifalami hal qilish sari” shiori ostida kechdi. Rivojlangan va rivoj­
lanayotgan iqtisodiyotlar o‘rtasidagi farqni qisqartirish bosh vazifaga 
aylandi. Asosiy e’tibor globallashuvning ijtimoiy jihatlariga, Osiyo- 
Tinch okeani mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, 
shu jumladan, xususiy sektoming korporativ javobgarligini oshirish 
hisobiga ta’minlashga qaratildi. OTOIHning 2008-yil 22-23 noyabr 
kunlari Lima shahrida bo‘lib o ‘tgan sammitida iqtisodiy ot, shaxsiy 
xavfsizlik, atrof-muhit sohasidagi mintaqaviy muammolar ayni shu 
nuqtayi nazardan muhokama qilindi. Sammitning yakunlovchi dekla­
ratsiyasida quyidagilar OTOIH faoliyatining yetakchi yo‘nalishlari 
deb e ’tirof etildi: mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani rag‘batlantirish; 
investitsiyalar va savdo sohasida davlatning rolida tarkibiy o‘zgarish
208


yasash; oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; korporatsiyalaming ij­
timoiy javobgarligini kuchaytirish; korrupsiya, terrorizmga qarshi 
kurashish; tabiiy ofatlar va dunyo miqyosida iqlim o ‘zgarishiga 
birgalikda qarshi turish.
Sammit ishtirokchilari yakunlovchi deklaratsiyadan tashqari glo­
bal iqtisodiyot hamda jahon moliyaviy inqiroziga qarshi kurashish 
muammolari bo‘yicha maxsus bayonot qabul qildi. Bu hujjatda ular 
davlatlaming birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan inqiroz 2010-yilning 
o ‘rtalarigacha bartaraf etilishiga ishonch bildirdi. Shunga qaramay, in­
qiroz sharoitida OTOIH mamlakatlarida iqtisodiy o ‘sish sur’atlarining 
pasayishi muqarrar deb e’tirof etildi. Sammit ishtirokchilari “yigir- 
malik” liderlarining 2008-yil 15 noyabrdagi Vashington deklaratsiya- 
sida ifodalangan moliyaviy bozorlami isloh qilish bo‘yicha harakatlar 
rejasini qoilab-quvvatladi, shuningdek, inqirozdan ayniqsa ko‘p jabr 
ko‘rgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishda Xalqaro valyuta 
jam g‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa moliya 
institutlarining o ‘mi va ahamiyatini ta’kidladi.
Ishtirokchi-mamlakatlar investitsiyalar, tovarlar va xizmatlar sav- 
dosi uchun yangi to ‘siqlar, eksportga qo‘shimcha cheklashlar joriy 
etishdan, shuningdek, BST qoidalari bilan mos kelmaydigan har qan­
day qadamlar tashlashdan kamida bir yil mobaynida o‘zini tiyish maj- 
buriyatini oldi. Bundan tashqari, sammit BST Doxa raundini samarali 
yakunlashga qaratilgan chora-tadbirlami qo‘llab-quvvatladi va Bo- 
gor deklaratsiyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo 
va investitsiyalar zonasini yaratish bo‘yicha istiqbolli maqsadlariga 
sodiq ekanini tasdiqladi.
Sammitning yakunlovchi deklaratsiyasida ishtirokchilaming tash­
kilot institutsional tuzilmasini mustahkamlashga intilishi e’lon qilin­
di. OTOIH Kotibiyati tarkibida strategik rejalashtirish bo‘limi ta’sis 
etildi, OTOIH Kotibiyatining ijrochi direktorini qayd etilgan mud- 
datga tayinlash to‘g‘risidagi masalani yechishda erishilgan taraqqiyot 
m a’qullandi.
2009-yil forum doirasida hamkorlikning yigirma yillik yubileyi 
kunlarida Singapurda chaqirilgan sammit jahon moliyaviy inqirozi 
sharoitida o‘tdi. Yangi tendensiyalar va muammolami hisobga ol-
209


gan holda OTOIH kun tartibi kengaytirildi, chuqurlashtirildi va 
keng koiam li xususiyat kasb etdi. Forum ishtirokchilari iqtisodiy 
sog‘lomlashuv uchun zamin yaratgan inqirozga qarshi faol choralar 
ko‘rilganiga qaramay, bu sog‘lomlashuv mustahkam poydevorga 
hozircha ega emasligini qayd etdi.
Sammit yakunlari bo‘yicha OTOIH davlat va hukumat rahbarlari 
deklaratsiya, shuningdek, sammit yakunlarini ixcham shaklda aks et- 
tiruvchi qo'shma bayonot, qabul qildi.
2010-yilgi sammit shu yil 7-14-noyabrda Yokogama shahrida 
(Yaponiya) o‘tkazildi va unda 2015-yilgacha Rivojlanish strategiyasi 
qabul qilindi.
2011 -yilgi sammit 7-14-noyabrda Gonolulu shahri (AQSH)da 
o‘tkazildi va “Yaxlit mintaqaviy iqtisodiyot yo‘lida” shiori ostida 
o‘tdi.
2012-yilgi sammit Vladivostok shahri (Rossiya)da o‘tdi.
2013-yilgi sammit Bali shahri (Indoneziya) da o‘tdi.
2014-yilgi sammit Pekin shahri (Xitoy) da o‘tdi.
2015-yilgi sammit Manila shahri (Filippin) da o‘tdi.
2016-yilgi sammit Lima shahri (Peru) da o‘tdi.
2017-yilgi sammit Danang shahri (Vyetnam) da o ‘tdi.
Umuman olganda, OTOIH faoliyatida 1990-yillaming oxiridan
e’tiboran kuzatila boshlangan inqiroz asta-sekin Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasining dekonstmksiya qilinishiga olib keldi. Bunga maz­
kur mintaqa mamlakatlari o ‘rtasida tarixiy va madaniy aloqalaming 
yo‘qligi, norasmiy regionallashuv jarayonlari rivojlanmagani ham 
imkoniyat yaratdi. Amerika yoki aytaylik, Avstraliyaga xos bo‘lgan 
zehniyat Sharqiy Osiyoga xos bo‘lgan zehniyatdan ancha farq qiladi, 
shu bois, umumiy mintaqaviy tafakkurning mavjudligi to‘g ‘risida 
so‘z yuritish o‘rinli bo‘lmaydi.
Bir tomondan, bugungi kunda integratsion tuzilmalaming sifat va 
miqdor jihatidan murakkablashuvi yuz bermoqda. Boshqa tomon­
dan, mavjud formatlar (ulaming orasida OTOIH ham bor) o‘rtasida 
muayyan farq paydo bo‘lmoqda. OTOIH o‘z faoliyatining qaysidir 
jihatlarida eskirgan va yangilashni talab qiladi, degan fikrlar ilgari su- 
rilmoqda.
210


OTM ning asosiy xususiyati sifatida yadroviy salohiyati alohida 
baholanadi. Yaponiya yadroviy qurollami yaratish bo‘yicha ilmiy 
Texnikaviy imkoniyatlarga ega. Xitoyning yadroviy salohiyati na- 
faqat AQSH va Rossiya darajasida, balki undan ham o ‘tishi mumkin. 
Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarining harbiy xarajatlari davlat bud- 
jetining 20%ini tashkil qiladi. Mintaqa qurol bozori Yaqin Sharqdan 
keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Mintaqa davlatlarining umumiy harbiy 
budjeti 90 mlrd.ni tashkil qiladi.
OTMda Xalqaro tashkilotlar Yevropaga qaraganda sust bo‘lishiga 
qaramay, submintaqaviy mexanizmning shakllanish jarayoni jadal 
rivojlanmoqda.
Yaponiya, Xitoy, AQSH, Rossiya geosiyosiy manfaatlarining 
to‘qnashgan mintaqasidir va shubhasiz ko‘p qutbli tizimni shakllanti- 
radi. Bu mintaqa nafaqat iqtisodiy, siyosiy, diplomatik, balki davlat­
laming milliy manfaatlarini ta’minlaydigan maydondir.
AQSH tarixan harbiy-siyosiy manfaatlari sifatida strategik mintaqa 
deb hisoblab kelgan. AQSH tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
xavfsizlikni ta’minlash sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tizim AQSH 
ning yctakchilik roliga asoslanadi. AQSH har doimgidek Xitoyning 
iqtisodiy-harbiy sohasining rivojlanishidan xavotirda. Xitoyning ichki 
siyosiy barqarorligi va iqtisodiy rivojlanishi Osiyo-Tinch okeani min­
taqasida ta’sir doirasini belgilamoqda. Oxirgi paytlarda Xitoy AQSH­
ning mahsulotlarini nafaqat OTMda, balki AQSH bozoridan ham siqib 
chiqarmoqda. XX asrda Yaponiya va AQSH mahsulotlari raqobatda 
bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bunga Xitoy ham qo‘shildi. OTMda Xi­
toy milliy manfaatlarini o ‘zida mujassamlashtirgan «Xitoysentrizm» 
mafkurasini XXI asming o ‘rtalarigacha rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 
Uning asosiy mintaqadagi milliy manfaatlari quyidagilardan iborat:
1. Global va mintaqaviy darajadagi xalqaro munosabatlami va il­
miy texnologiyalar sohalarini egallash.
2. Hududiy birlashishini amalga oshirish (Tayvan, Gongkong, 
Makao).
3. OTMda xarbiy siyosiy ta’sirini kuchaytirish.
4. AQSH, Yaponiya, Rossiya bilan samarali iqtisodiy siyosiy, har­
biy hamkorlik tizimini shakllantirish.
211


5. OTM da investitsiya bozorini egallash.
Xitoy o ‘z strategiyasining 2-bosqichi-harbiy islohotlar olib borib, 
AQSH dan o ‘zib ketish hisoblanadi. Xitoy 2030-2040 Yaponiyaga 
ta’sir qilish, OTM ning Shimoli-sharqiy qismidan AQSHning harbiy 
bazalarini chiqarib yuborish, iqtisodiy va demografik ekspansiyasini 
ta’minlashdan iborat.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish