M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


-BOB. MINTAQAVIY HAMKORLIK JARAYONLARINING



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

8-BOB. MINTAQAVIY HAMKORLIK JARAYONLARINING
METODOLOGIK ASOSLARI
Darsning maqsadi:
• mazkur ma’ruzani o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad talabalar- 
ning jahon siyosatida turli mintaqalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi 
hamda xalqaro mintaqashunoslik fani yuzasidan bilimlarini chuqur- 
lashtirish;
• talabalar turli mintaqalardagi mamlakatlaming siyosiy-ijti- 
moiy jarayonlari borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• usul va uslublardan foydalanish tajribasini oshirish hamda il­
miy tadqiqot ishlari, axborot-tahliliy yozishmalami olib borish qobili- 
yatlarini rivojlantirish;
• talabalarga nazariy tushunchalardan foydalanishni hamda 
amaliyotda ulami qo‘llashni o ‘rgatishdan iborat.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
mintaqa, mintaqaviylashuv,
siyosat, xalqaro mintaqaviy siyosat, mintaqaviy tashkilotlar, mintaqa­
viy hudud, mintaqaviy hamkorlik, mintaqaviy integratsiya.
8.1. Mintaqaviy hamkorlik tushunchasining
mazmun va mohiyati
Asrlar mobaynida urushlar o ‘chog‘i, jahon umshlarining asosiy 
ishtirokchisiga aylangan Yevropa davlatlari mintaqaviy hamkorlik 
tufayli 70-yildirki, urushsiz yashamoqda. Yevropa hamkorligi haqida 
Yevropa Markaziy bankining sobiq vitse-prezidenti T.Padao-Shioppa, 
o‘zining “Yevropa - jamoaviy kuch” kitobida, “Urushdan keyin bu­
tun dunyo kabi Yevropa ham o‘sha davr qiyinchiliklariga duch keldi. 
Lekin hamkorlikdagi harakati uni bu qiyinchiliklardan boshqalarga 
nisbatan tezroq va osonroq qutulishiga olib keldi. Yevropa Ittifoqin­
ing tajribasi dunyoni keyingi rivojlanishiga o ‘mak bo‘la oladi”51 -
deb yozadi.
51 
Padao-Shioppa T. Europe, a Civil Power. Lessons for EU Experience.
London: Federal Trust for Education and Research. 2004, 173 p.
96


Bugungi kunda aynan hamkorlik natijasida ushbu davlatlar dun­
yoning eng yetakchi davlatlari safidan o‘rin egalladi52. Ulaming tarixiy 
tajribasidan kelib chiqib, dunyoning boshqa mintaqalarida joylashgan 
mamlakatlar ham mintaqaviy hamkorlik jarayonlarini shakllantirish- 
ga intilmoqda. Jumladan, mintaqamizda ham bu jarayon o ‘ziga xos 
tarzda kechmoqda. Ana shunday sharoitda mintaqaviy hamkorlikning 
nazariy va amaliy jihatlarini o ‘rganish, tahlil qilish, uni amaliyotga 
tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi bobda biz «min­
taqaviy hamkorlik» tushunchasi, mazmun va mohiyatini, mintaqaviy 
hamkorlik tizimi, unga xos murakkab munosabatlar, mintaqaviy ham­
korlik jarayonining asoslari va ulami rivojlantirish zamriyati, unga 
ta’sir etuvchi omillar haqida to‘xtalamiz.
Hamkorlik tushunchasi ijtimoiy-siyosiy fanlarda XX asming 
20-yillarida talqin qilina boshlandi. Bu masala ko‘proq konflikt tu­
shunchasi bilan yonma-yon bo‘lib, uning oldini oluvchi vosita sifa­
tida o ‘rganilgan. 1960-yillarga borib G ‘arbda integratsiya jarayonlari 
kuchayishi hamkorlikni jiddiy o ‘rganishga, unga nisbatan yangicha 
yondashuvlami shakllantirishga olib keldi53. Bunda integratsiyaga 
hamkorlikning bir shakli sifatida qaraldi.
Mazmun va mohiyatiga ko‘ra «hamkorlik» tushunchasi ko‘p qir- 
rali. Shu boisdan, uni qo‘llanilayotgan sohasiga qarab turlicha talqin 
qilish mumkin.
“Hamkorlik” tushunchasi ijtimoiy-falsafiy lug‘atlarda turlicha 
talqin etiladi. Hamkorlik - maqsad va manfaatlar to‘g‘ri kelganda 
ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi ijobiy hamfaoliyat hisob­
lanadi54. Bunda hamkorlikning manbasi maqsad va manfaat o ‘rinli 
ko‘rsatilsa-da, ammo u faqat ijobiy faoliyat o‘mida talqin qilinadi. 
Vaholanki, hamkorlik har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Zero, in-

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish