M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

ikkinchidan,
yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartno- 
mani asos qilib olgan holda hamkorlikni mustahkamlash;
uchinchidan,
terroristlaming hech qachon yadroviy qurolga ega 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ushbu strategiya asosida OQQga noqo- 
nuniy egalikni tugatish va mavjud qurollar salohiyatini qisqartirish 
borasidagi siyosati “global zero” nomini oldi.
176


2017-yilda D.Tramp prezidentlik vakolatlariga kirishgandan 
so‘ng, ko‘pchilik kutgan va taxmin qilgan Rossiya bilan iliqlashish 
siyosatini olib bormadi. Xalqaro doirada Ukraina, Suriya, Shimoliy 
Koreya borasidagi fikrlar xilma-xilligi ikki davlat o ‘rtasidagi diplo- 
matik inqirozni ham boshlab berdi. Rossiyaga qo‘llanilgan sanksi- 
yalami D.Tramp hukumati yanada keskinlashtirishga harakat qil- 
moqda.
2. 
NATO va Rossiya hamkorligini kuchaytirish, Yevroatlantik 
xavfsizlik tizimida Rossiya bilan hamkorlik qilish. AQSH tashqi siyo- 
satidagi strategiyasi o ‘zgaruvchan, milliy manfaatlari mos ravishda 
turli vositalaming qo‘llanilishini 2010-yil 28-mart kuni NATO Bosh 
kotibi A.F.Ruamussen tomonidan hamkorlikda RQMT (PRO) tash­
kil etish masalasidagi taklifi bilan Rossiya davlati rahbariga muro- 
jaatidan ham kuzatish mumkin. Dastavval Rossiya tomonidan ushbu 
taklif 2000-yillarda AQSH rahbariyatiga taklif etilgan edi. 2009-yil
17-sentabrda Pentagon rahbari R.Geyts RQMTni yaratish borasida 
AQSH rejasiga o ‘zgartirishlar kiritilganini e’lon qildi. AQSH Yev- 
ropaga RQMTni joylashtirishni rad etmagan holda uning muddatini
2015-yilgacha surdi, tizim to‘la shaklda to‘rt bosqichda 2020-yilga- 
cha amalga oshirilishi ta’kidlandi. Demokratlaming ushbu siyosati 
Rossiya bilan munosabatlami yumshatish va shu orqali Yevropada 
pozitsiyasini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Istiqbolda AQSH 
o‘zning Rossiya bilan RQMTdagi hamkorligi B.Obama m a’muriyati 
tashqi siyosatining jahon hamjamiyati tomonidan qanday qabul qili- 
nishi, samaradorligiga bog‘liq. Agar “tinchlantiruvchi” siyosat q o ig a 
kiritilgan imkoniyatlarni saqlab qololmasa, keyingi m a’muriyatlar 
tashqi siyosatida harbiy vositalaming ta’siri ortadi, deyish mumkin.
2017-yilda Boltiq dengizi bo‘ylab NATO qo‘shinlarining harbiy- 
o ‘quv mashg‘ulotlarining amalga oshirishi, shu qatorda Rossiya havo 
kuchlarining Yevropa davlatlari ustidan razvedka ishlarining olib bo- 
rilishi natijasida NATO va Rossiya munosabatlari keskinlashmoqda.
Umumlashtirgan holda, AQSHning global tashqi siyosatini tadqiq 
etgan holda zamonaviy davrda mamlakat tashqi siyosiy qarorlarining 
qabul qilinishi va jahondagi rolini aniqlab berishga asos bo‘lgan ho- 
latlami ajratib ko‘rsatish mumkin:
177


1. Tashqi siyosat AQSHning global yetakchiligini mustahkamlash- 
ga yo‘naltirilgan.
2. AQSH global tahdidlarga qarshi o ‘zga davlatlar bilan hamkor­
lik asosida kurashishni ko‘zlagan. Amerika global tahdidilami yolg‘iz 
bartaraf eta olmaganligi singari, Vashington e ’tiroficha, boshqa dav­
latlar ham ushbu muammolami AQSH ishtirokisiz hal eta olmaydilar;
3. Oq Uy m a’muriyatining hozirgi tashqi siyosati “aqlli kuch”ga 
asoslangan bo‘lib, davlat ixtiyoridagi jamiki vasitalar majmuasini 
qo‘llashni taklif etadi. Shuningdek, “aqlli kuch” tashqi siyosatda 
diplomatiya afzalliklami tan olgan holda, harbiy kuch yoki bir to­
monlama faoliyatni ustun qo‘ymaydi.
4. AQSH BMT va o‘zga xalqaro institutlar mexanizmlaridan 
maksimal darajada foydalanishni ko‘zlagan deyish mumkin.
Shunday ekan, “Amerika o'ziga xosligi” va “jahonda m a’naviy 
yetakchilikka” intilishi AQSH tashqi siyosatining mafkuraviy asosini 
tashkil etadi. Shu bois, yangi m a’muriyat oldingi m a’muriyatdan farq 
qilmaydi. Faqatgina ushbu o‘ziga xoslikni amalga oshirish vositasi 
o‘zgargan. Kuch siyosati ikkinchi planga ko‘chgan, uning о ‘mini esa 
diplomatiya va ishonch, uzoq muddatli ittifoqchilik egallagan.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish