Ikkinchi ekvatorial koordinatalar sistemasi
6-rasm. Ikkinchi ekvatorial koordinatatlar sistemasi.
B u ekvatorial sistemada koordinata boshi qilib, ekliptika va osmon ekvatorining kesishgan, nuqtalaridan biri – bahorgi tengkunlik nuqtasi olinadi. Yoritgichlarning o‘rni ularning to‘g‘ri chiqishi va og‘ishi deyiluvchi koordinatalar orqali xarakterlanadi.
Yoritgichning to‘g‘ri chiqishi , u orqali o‘tgan yarim og‘ish aylanasining osmon ekvatori bilan kesishgan K nuqtasining dan uzoqligi bilan yoki OK tekis burchak bilan o‘lchanadi (6–rasm). ham, soat burchagi t kabi, soatlarda, minutlarda va sekundlarda o‘lchanadi. Yoritgichning to‘g‘ri chiqishi , - nuqtasidan osmon sferasining ko‘rinma aylanishiga teskari yo‘nalishda 0h dan 24h gacha o‘lchanadi.
Yoritgichning og‘ishi 1–ekvatorial sistemada eslatilganidek o‘lchanadi. Yoritgichlarning 2–ekvatorial koordinatalar sistemasida aniqlangan koordinatalari, Yer sharining hamma nuqtalarida bir xil bo‘ladi; biroq gorizontal koordinatalar (A, h, z) va 1–ekvatorial koordinatalar sistemasining soat burchagi t, yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma harakatlari tufayli, sutka davomida o‘zgaradi. Ekvator bo‘ylab joylashgan barcha yoritgichlarning og‘ishi 00 ga teng bo‘lib, ma’lum yarim og‘ish aylanasi bo‘ylab joylashgan barcha yoritgichlar bir xil to‘g‘ri chiqishga ega bo‘ladilar.
Ekliptik koordinatalar sistemasi
Bu sistemada yoritgichlarning o‘rni astronomik kenglama va astronomik uzunlama (ba’zan, mos ravishda, eklitikal kenglama va ekliptikal uzunlama) deyiluvchi koordinatalar bilan xarakterlanadi. Koordinata boshi sifatida bu sistemada ham bahorgi tengkunlik nuqtasi olinadi.
7-rasm. Ekliptikal koordinatalar sistemasi.
Y oritgichlarning astronomik kenglamasi , ekliptikadan M yoritgichdan o‘tgan kenglik aylanasi bo‘ylab to yoritgichgacha bo‘lgan yoy bilan (yoki MOK tekis burchak orqali) o‘lchanadi (6–rasm). Kenglik aylanasi deb yoritgich va ekliptika qutblari orqali o‘tgan aylanaga aytiladi. Yoritgichning astronomik uzunlamasi esa, bahorgi tengkunlik nuqtasidan yoritgich orqali o‘tgan kenglik yarim aylanasining ekliptika bilan kesishgan nuqtasigacha bo‘lgan yoy uzoqligi (ekliptika bo‘ylab) bilan yoki OK tekis burchak bilan o‘lchanadi. Uni o‘lchash, osmon sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishiga teskari yo‘nalishda bajariladi. Astronomik uzunlama yoy gradusi, minuti va sekundlarida;
uzunlamasi esa – vaqt soati, minuti va sekundlarida o‘lchanadi.
Agar matematik gorizontning janubiy nuqtasi va kuzatish joyining geografik kenglamasi ma’lum bo‘lsa, osmonda olamning shimoliy qutbini qanday topish mumkin?
Ekliptika qutbi va olam qutbi (bir xil nomlanganlari) orasidagi burchak masofani toping. Ular orqali o‘tgan katta aylana qanday holda kuzatuvchining zenitidan o‘tadi?
Toshkentning geografik kenglamasi 41○ 20′. Shu yerda osmon ekvatori va matematik gorizont orasidagi burchakni toping.
Osmon ekvatori, matematik gorizont va birinchi vertikal aylanalarning o‘zaro sharqiy va g‘arbiy nuqtalarda kesishishlari va kesishgan nuqtalarda teng ikkiga bo‘linishlarini isbotlang.
Yer sharining qaysi nuqtasida olam o‘qi vertikal chiziq bilan (yoki matematik gorizont osmon ekvatori bilan) ustma-ust tushadi?
Qaysi geografik kenglamada olam ekvatori zenit va nadir orqali o‘tib, olam o‘qi matematik gorizont bo‘ylab yo‘naladi?
Kuzatuvchi turgan joyning geografik kenglamasi ma’lum bo‘lsa, shu joyda vertikal chiziq: a) osmon ekvatori tekisligini; b) ekliptika tekisligini qanday burchak ostida kesib o‘tishini aniqlang.
Yozgi Quyosh turishi nuqtasi (ξ) meridanda bo‘lganda (matematik gorizont ustida) ekliptika tekisligining matematik gorizont tekisligiga og‘maligini hisoblang. Kuzatish joyining geografik kenglamasi φ.
Osmon sferasining asosiy nuqtalari, chiziqlari va aylanalarining qaysilari Yer sharida turgan kuzatuvchi o‘rnining o‘zgarishiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi? Nima uchun o‘zgarishini tushuntiring.
Geografik kenglamasi 30○ bo‘lgan joyda bahorgi tengkunlik nuqtasi botayotgan paytda yozgi Quyosh turishi nuqtasining zenitdan uzoqligini toping. Chizma chizing.
Kuztuvchi Yerning shimoliy qutbida bo‘lganda ekliptika tekisligi matematik gorizontga qanday burchak ostida joylashadi?
Qaysi geografik kenglamada osmonning sutkalik ko‘rinma aylanishi tufayli bahorgi tengkunlik nuqtasi (ϒ) zenitdan o‘tadi? Bu yerda olam qutbining matematik gorizontdan balandligi qanday bo‘ladi?
Moskvada (geografik kenglamasi 55º45′) 21-mart kuni Quyosh chiqayotganda ekliptikadagi asosiy nuqtalar – bahorgi va kuzgi tengkunlik ( ; ), yozgi va qishgi Quyosh turishi nuqtalari (ξ; ξ′) qanday joylashishini chizmada ko‘rsating.
Agar osmon ekvatori tekisligi vertikal chiziq bilan 32º li burchak ostida kesilsa, kuzatish joyining geografik kenglamasi qanday bo‘ladi? Chizma chizing.
Zenit, nadir va olamning shimoliy, janubiy, sharqiy hamda g‘arbiy nuqtalarining koordinatalarini gorizontal koordinatalar sistemasida aniqlang.
Geografik kenglamalari 45º, 63º va 79º bo‘lgan joylarda olam shimoliy qutbining gorizontal koordinatalari qanday bo‘ladi?
Kuzgi tengkunlik nuqtasi matematik gorizontning sharqiy nuqtasi bilan ustma-ust tushganda ekliptika shimoliy qutbining zenitdan uzoqligi, geografik kenglamasi 59º bo‘lgan joyda qanchaga teng bo‘ladi?
Geografik kenglamasi 50º bo‘lgan joyda zenitning soat burchagi va og‘ishi qanday bo‘ladi? Shu joyda olam shimoliy qutbining azimuti va zenitdan uzoqligini toping.
Kuzgi tengkunlik, yozgi va qishgi Quyosh turishi nuqtalarining to‘g‘ri chiqishi va og‘ishini toping.
Ekliptika shimoliy va janubiy qutblarining to‘g‘ri chiqishi va og‘ishini toping (chizmadan foydalaning).
Bahorgi tengkunlik nuqtasi botayotgan paytda zenitning ekliptik uzunlamasi va kenglamasini toping. Joyning geografik kenglamasi 65º. Chizma chizing.
Olam qutblari, ekliptikaning asosiy nuqtalari ( ; ) ning ekliptik uzunlama va kenglamalarini aniqlang.
Somon yo‘lining o‘rtasidan o‘tgan chiziq katta aylana hosil qilib, bu aylana tekisligi osmon ekvatori bilan 62º li burchak ostida kesishadi. Kesishgan nuqtalardan birining to‘g‘ri chiqishi 18h 40m ni tashkil qiladi. Somon yo‘li shimoliy qutbining (ya’ni Gallaktikamiz shimoliy qutbining) ekvatorial va ekliptikal koordinatalarini aniqlang.
Yulduzlarning to‘g‘ri chiqishlari 240º 15′ 24″, 69º 36′ 15″, 172º 16′ 36″, 156º 25′ 18″ va 210º 45′ 19″. Bu qiymatlarni soatlarda, minutlarda va sekundlarda ifodalang.
Yulduzlarning soat burchaklari 4h 15m 36s, 1h 12m 30s, 5h 03m 15s va 3h 35m 27s. Bu qiymatlarni, yoy gradiuslarida, minutlarida va sekundlarida ifodalang.
To‘g‘ri chiqishi 5h 12m 20s va og‘ishi 20º bo‘lgan yulduz qaysi yulduz turkumida yotishini yulduz xaritasidan foydalanib toping.
Azimuti 120º, balandligi 30º bo‘lgan yulduzni osmonning qaysi tomonidan izlash kerak? Bu yulduzning zenitdan uzoqligi kuzatish paytida qanday bo‘lgan?
Samarqandda (φ=39º35′) tush paytida Quyosh markazi osmon ekvatorida bo‘lsa, uning azimuti va balandligi qanday bo‘ladi?
Soat burchagi 18h, zenitdan uzoqligi 90º bo‘lgan nuqtada yotuvchi yulduz, osmonning qaysi tomonida yotadi?
Og‘ishi 40º bo‘lgan yulduzning soat burchagi 0h 0m 0s bo‘lganda u zenitda bo‘ladi. Kuzatish joyining geografik kenglamasini toping. Chizma chizing.
Og‘ishi 20º bo‘lgan yulduzning soat burchagi 12h bo‘lganda u matematik gorizontning shimoliy nuqtasida yotadi. Joyning geografik kenglamasini toping. Chizmadan chizing.
To‘g‘ri chiqishi 21h, og‘ishi 0º 0′ 0″ bo‘lgan yulduz 23 sentabrda Quyosh chiqishidan 3 soat oldin osmonning qayerida yotadi?
Osmon shimoliy yarim sharining eng yorug‘ yulduzi – Katta It yulduz turkumining α si – Sirius (α = 6h 43m, δ = - 16º 38′) bahorgi tengkunlik nuqtasi ϒ meridianda bo‘lganda (gorizont ustida) kenlamasi φ bo‘lgan joy uchun qayerda yotishini chizmada ko‘rsating.
Kenglamasi φ bo‘lgan joyda bahorgi tengkunlik nuqtasi botayotganda yozgi va qishgi quyosh turishi, nuqtalarining azimuti, balandligi, soat burchagi, to‘g‘ri chiqishi hamda og‘ishini toping. Chizma chizing.
Og‘ishi qanday bo‘lgan yulduzlar geografik kenglamasi 30º bo‘lgan joyda har doim gorizont ustida bo‘ladi?
Agar to‘g‘ri chiqishi 18h bo‘lgan yulduz meridianning janubiy yarmida yotgan bo‘lsa (t=0), bahorgi tengkunlik nuqtasi ϒ ning soat burchagi qanday bo‘ladi? Chizma chizing.
Betelgeyze (Orion yulduz turkumining α si) yulduzining koordinatalari α=5h49m , δ= +7º23′. Agar bahorgi tengkunlik nuqtasining soat burchagi 0h 0m 0s bo‘lsa, bu yulduz kenglamasi φ>0 joylarda gorizont ustida ko‘rinadimi? Chizmadan foydalaning.
21 martda Quyosh botgandan 3 soat keyin bahorgi tengkunlik nuqtasining soat burchagi qanchaga teng bo‘ladi? Chizma chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |