M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


Osmon koordinatalari sistemalari



Download 8,62 Mb.
bet3/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

Osmon koordinatalari sistemalari
Yer shari ustida joylashgan ma’lum punktning o‘rni geografik koordinatalarda aniqlansa, yoritgichlarning osmondagi o‘rni esa sferik koordinatalar yordamida aniqlanadi. Ma’lumki, Yerdagi aniq bir joyning o‘rni geografik uzunlama (λ) va kenglama (φ) orqali belgilanadi. Geografik koordinatalar sistemasida sanoq boshi qilib, Grinvich (Angliya) observatoriyasidan o‘tgan nolinchi meridianning ekvator bilan kesishgan nuqtasi olinadi. Bunda ma’lum joy meridianining Grinvich meridianidan yoy hisobidagi uzoqligi (ekvator bo‘ylab) joyning sharqiy yoki g‘arbiy (qaysi tomonda joylashishiga qarab) uzunlamasini beradi. Shu joyning meridian bo‘ylab ekvatordan uzoqligi uning kenglamasini xarakterlaydi.
Sferik koordinatalarda yoritgichlarning o‘rnini aniqlash, geografik koordinatalarda ma’lum punktning joyini aniqlashga juda o‘xshab ketadi.
Gorizontal koordinatalar sistemasi
B
4-rasm. Gorizontal koordinatalar sistemasi
u sistemada sanoq boshi qilib, matematk gorizontning janubiy nuqtasi (S) olinadi (4-rasm). Osmonda M yoritgichning o‘rni gorizontal koordinatalar sistemasida azimut (A) va balandlik (h) deb ataluvchi koordinatalar bilan aniqlanadi. Yoritgichning azimuti deb, yoritgichdan o‘tgan vertikal aylana bilan koordinata boshi (S) dan o‘tgan vertikal yarim aylana orasidagi zenitda hosil bo‘lgan sferik burchakka aytiladi. Bu burchak gorizontdagi Sm1 yoy bilan o‘lchanadi. Yoritgichning balandligi deb,
yoritgichdan o‘tgan vertikal aylana bo‘ylab gorizontdan shu yoritgichgacha bo‘lgan Mm1 yoy uzunligiga aytiladi. Ba’zan yoritgichning balandligi o‘rnida uning zenitdan uzoqligi (z) olinadi. bo‘lib, vertikal aylana bo‘ylab ZM yoy bilan o‘lchanadi.
Birinchi ekvatorial koordinatalar sistemasi
B
5-rasm. Birinchi ekvatorial koordinatalar sistemasi
u sistemada yoritgichlarning o‘rni soat burchagi t va og‘ish burchagi yoki og‘ish  deyiluvchi koordinatalarda o‘lchanadi. Koordinata boshi qilib, osmon meridianining (P, Q, S, P yoy) janubiy qismi bilan osmon ekvatorining kesishgan nuqtasi Q olinadi (5 –rasm). Osmondagi istalgan yoritgichning soat burchagini topish uchun u orqali yarim og‘ish aylanasi o‘tkazilib, uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtasi K topiladi. Bu nuqtaning koordinata boshidan uzoqligi yoki yoritgich orqali o‘tgan yarim og‘ish aylanasining osmon meridiani bilan hosil qilgan olam qutbidagi sferik burchagi  yoritgichning soat burchagi deyiladi.
Yoritgichning og‘ishi esa, yoritgichdan o‘tgan yarim og‘ish aylanasining osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtasidan (K) yoritgichgacha bo‘lgan yoy uzunligi bilan o‘lchanadi. Yoritgichning soat burchagi, sferaning markazida turgan kuzatuvchi uchun, soatlarda (h) minutlarda (m) va sekundlarda (s) soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab yoki, boshqacha aytganda, osmon sferasining aylanishi yo‘nalishi bo‘ylab, 00 dan 3600 gacha (yoy hisobida) yoki 24h gacha (vaqt hisobida) o‘lchanadi. Ba’zan bu yo‘nalish musbat yo‘nalish deb qabul qilinib, to 1800 gacha (yoy hisobida) yoki +12h gacha hisoblanadi, u holda teskari yo‘nalish bo‘ylab t ning ishorasi manfiy hisoblanib, – 12h gacha o‘lchanadi.
Yoritgichning og‘ish burchagi, osmonning shimoliy yarim sharida musbat ishorali, janubiy yarim sharida esa manfiy ishoralidir. Og‘ish burchagi yoy graduslarida, minutlarida va sekundlarida o‘lchanadi. Ba’zan yoritgichning og‘ish burchagi o‘rniga uning qutbdan uzoqligi r ishlatiladi. Yoritgichning qutbdan uzoqligi r, og‘ish burchagini 900 ga to‘ldiruvchi burchak bo‘lganidan, (ya’ni  + r = 900), bu burchaklardan birining berilishi kifoya.
Aniq bir yarim og‘ish aylanasi ustida yotgan barcha yulduzlarning soat burchaklari bir xil bo‘ladi.

Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish