O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
M.M.Mamadazimov A.M.Tillaboyev Sh.E.Nurmamatov
ASTRONOMIYA KURSIDAN MASALALAR TO‘PLAMI
Oliy o‘quv yurtlarining 5110200 – “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi ixtisosliklari uchun metodik qo‘llanma
TOSHKENT – 2019
Mualliflar: M.M.Mamadazimov
A.M.Tillaboyev
Sh.E.Nurmamatov
Taqrizchilar: B.Dj.Sattarova
U.Rustamov
Mazkur masalalar to‘plami Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining “5110200-Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
To‘plamda “Astronomiya kursi” fanining amaliy mashg‘ulotlari mavzulari bo‘yicha masalalar keltirilgan.
SO‘Z BOSHI
Masalalarni yechish umumiy astronomiya kursini o‘zlashtirishga yordam beradi, chunki u fanning nazariy asosini qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Har bir bo‘limdagi masalalar qiyinlik darajasi oshib borishi tartibida soddadan murakkabga qarab joylashgan. Masalalardan oldin qisqa nazariy ma’lumotlar va xarakterli masalalarning taxlili keltirilgan.
Masalalar pedagogika universitetlarida o‘rganiladigan umumiy astronomiya kursining barcha asosiy bo‘limlari bo‘yicha tuzilgan. Ko‘pgina masalalarda bir nechta obyektlar bilan yoki Yer sirtining har xil joyida kuzatiladigan bir xil xodisalar bilan bog‘liq yechimlarni topish talab qilinadi. Bunday talab masalalar yechimiga qarab umumlashtiruvchi xulosalarni chiqarish mumkin bo‘lishi uchun qo‘yilgan, chunki har xil variantlar har xil talabalar tomonidan bajarilgan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi masalaning bitta variantining yechimini ko‘rsatib, qolganlarini talabalarga mustaqil yechishga taklif etishi mumkin.
Astronomiyaning barcha bo‘limlari orasidagi o‘zaro bog‘langanlik masalalarni aniq bir bo‘lim bo‘yicha taqsimlashga imkon bermaydi, shu sababli ba’zi bir masalalar joyini almashtirishga to‘g‘ri kelgan.
Sferik astronomiyaning planetalar konfiguratsiyasi va sun’iy osmon jismlarini uchirishga doir masalalarni yechishda, masalani yechishni yengillashtiruvchi chizmalarni chizish, olgan natijalarni jadvallarga kiritish foydali bo‘lib, ularni taxlil qilish qonuniyatlarni topishga, zarur xulosalarni chiqarishga va natijalarning haqiqiyligini ko‘rsatishga yordam beradi.
Kosmik apparatlar (KA) va yerning suniy yo‘ldoshlariga doir masalalar yechishning o‘ziga xos xususiyatlari bor, bunda talaba fikrlash va tasavvur etish qobilyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ilmiy tadqiqotlardan farqli o‘laroq ushbu masalalarni yechishda juda yuqori aniqlik shart emas. Shu sababli masalalarni har xil aniqlikda yechish mumkin, demak, javoblar ham bir — biridan biroz farq qilishi mumkin. O‘qituvchi masalalarda berilgan raqamlarni ma’lum bir chegarada yaxlitlashi, talabalarni xam shunday qilishga о‘rgatishga haqlidir. O‘quv jarayonida uchta raqam aniqligida xisoblashlarni olib borish yetarli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |