M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


I-BOB. SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI



Download 8,62 Mb.
bet2/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

I-BOB. SFERIK VA AMALIY ASTRONOMIYA ASOSLARI

1-§. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari


Osmon sferasi deb ixtiyoriy radiusli, markazi fazoning ixtiyoriy nuqtasida bo‘lgan va fazoning ma’lum bir nuqtasidan aniq bir vaqtda qaralganda osmon yoritgichlari qanday ko‘rinsa, shundayligicha proeksiyalangan faraziy sferaga aytiladi. Osmon sferasida yoritgichlarning ko‘rinma o‘rinlari va harakatlari uning asosiy aylana va chiziqlariga nisbatan aniqlanib, o‘lchashlar yoy graduslari, minutlari va sekundlari orqali olib boriladi. Sferaning asosiy aylanalari va chiziqlari kuzatuvchining o‘rni hamda Yerning asosiy aylanalari va chiziqlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan iborat bo‘ladi.


1-rasm. Osmon sferasining asosiy chiziqlari va nuqtalari
Sfera markazidan o‘tib, shovun ipi bo‘ylab yo‘nalgan to‘g‘ri chiziq davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari zenit (Z) va nadir (Z′) nuqtalari deyilib, bu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq esa vertikal chiziq deb yuritiladi(1-rasm). Vertikal chiziqqa tik qilib, osmon sferasi markazidan o‘tkazilgan tekislikning sfera bilan kesishishidan hosil bo‘lgan katta aylana matematik gorizont deyiladi. Yer o‘qi davomlarining (Yer osmon sferasi markazida deb qaralganda) osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari mos ravishda olamning shimoliy (P) va olamning janubiy (P′) qutblari deyilib, bu qutblarni tutashtiruvchi o‘q olam o‘qi deyiladi. Osmon yoritgichlarining sutkalik ko‘rinma aylanishlari shu o‘q atrofida kuzatiladi. Olam o‘qiga tik qilib, osmon sferasi markazidan o‘tkazilgan tekislikning sfera bilan kesishishidan hosil bo‘lgan katta aylana osmon ekvatori deb yuritiladi. Olam qutblari, zenit va nadirdan o‘tgan katta aylana osmon meridian deb, bu meridianning matematik gorizont bilan kesishgan nuqtalari esa shimoliy (N) va janubiy (S) nuqtalar deyiladi. Osmon meridiani va matematik gorizont tekisliklari tush chizig‘i deb ataluvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kesishadi.
S
2-rasm. Osmon sferasi va Yer sharidagi
chiziqlar va tekisliklar orasidagi munosabat
feraning osmon ekvatoriga parallel tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo‘lgan aylanalar sutkalik parallellar deyilib, matematik gorizontga parallel tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo‘lgan aylanalar esa almuqantaratlar deb ataladi. Yoritgichlarning sutkalik ko‘rinma harakatlari sutkalik parallellar bo‘ylab kuzatiladi. Olam qutblari (P va P′) orqali o‘tuvchi katta aylanalar og‘ish aylanalar (yoki soat aylanalari) deb, zenit va nadir orqali o‘tuvchi katta aylanalar esa vertikal aylanalar deb ataladi. Osmon meridiani tekisligiga tik bo‘lib, vertikal o‘q orqali o‘tuvchi tekislikning sfera bilan kesishishidan hosil bo‘lgan vertikal yarim aylanalar birinchi vertikallar deyilib, ular matematik gorizontni sharqiy (E) va g‘arbiy (W) nuqtalarida kesib o‘tadi.





3-rasm. ekliptika


Olam qutbining matematik gorizontdan balandligi har doim kuzatish joyining geografik kenglamasiga teng bo‘ladi (2-rasm). Quyosh markazining yil davomida yulduzlar oralab qilgan ko‘rinma harakati (Yerning Quyosh atrofidagi haqiqiy aylanma harakati tufayli) trayektoryasi Yerdagi kuzatuvchi uchun katta aylanadan iborat bo‘lib, bu aylana ekliptika deb yuritiladi (3-rasm). Ekliptika osmon ekvatori bilan kesishib, ularning tekisliklari o‘zaro ε = 23º27′ li burchak hosil qiladi. Ekliptika va osmon ekvatorining kesishgan nuqtalari bahorgi tengkunlik va kuzgi tengkunluk nuqtalari deyilib, ulardan biri – bahorgi tengkunlik nuqtasi (ϒ) Xut yulduz turkumida joylashadi, ikkinchisi – kuzgi tengkunlik nuqtasi ( ) Sunbula yulduz turkumidan joy oladi. Eslatilgan nuqtalarni bahorgi va kuzgi tengkunlik nuqtalari deyilishining sababi, Quyosh markazi bu nuqtalarda bahorda (21-mart) va kuzda (23-sentyabr) bo‘lishidandir. Ekliptikaning bu nuqtalardan 90º li burchak masofada yotuvchi nuqtalari yozgi (ξ , shimoliy yarim sharda) va qishki (ξ′ , janubiy yarim sharda) Quyosh turishi nuqtalari deb ataladi. Bu nuqtalarda Quyosh markazi 22-iyun va 22-dekabrda kunlari bo‘ladi. Ekliptika tekisligiga tik qilib osmon sferasi markazidan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqning osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari ekliptika qutblari (П va П′) deyilib, bu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq ekliptika o‘qi deyiladi. Ekliptika o‘qining olam o‘qiga og‘maligi ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og‘maligiga teng bo‘lib, 23º27′ ni tashkil qiladi.

Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish