M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


-§. Quyosh va Oy tutilishlari



Download 8,62 Mb.
bet18/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

11-§. Quyosh va Oy tutilishlari


Quyoshning tutilishi Quyoshning Oy bilan to‘silish hodisasi bo‘lib, bu hodisa Quyoshning tugunlardan (ekliptika va Oy orbitalarining osmon sferasiga proeksiyalarining kesishgan nuqtalaridan) 16º,5 dan kichik masofada bo‘lganda yangi oy fazasida kuzatiladi.
Oy tutilishi esa Oyning Yer soyasiga kirish hodisasi bo‘lib, bu hodisa Quyosh markazi tugunlardan 10º,6 dan kichik yoy masofada bo‘lganda to‘lin oy fazasida kuzatiladi.
Oy va Quyosh tutilishlari qaryib yarim yillik davr bilan qaytariladi. Aniqrog‘i vaqt o‘tishi bilan tugunlar siljishi tufayli bu davr bir necha kunga kamayadi.
Quyosh tutilishi bir yilda eng kamida 2 marta, ko‘pi bilan 5 martagacha kuzatilishi mumkin. Oy tutilishlari soni esa bir yilda eng ko‘pi bilan 3 martagacha kamida bir marta ham kuzatilmasligi mumkin.
Quyoshning to‘la tutilishi konus shaklidagi Oy soyasining yer sirti bilan kesilgan bo‘lagidangina kuzatilib, bu soya doirasining o‘rtacha diametri 250 km ga teng bo‘ladi. Oy yarim soyasi tushgan yer sirtida esa ( ) Quyoshning qisman tutilishi kuzatiladi. Agar Quyosh tutilishi kuztilayotgan paytda Oy apogeyda bo‘lsa, u holda Oyning ko‘rinma diametri Quyoshnikidan kichik bo‘lgani tufayli Quyoshning xalqasimon tutilishi kuzatiladi.
Quyosh 18 yil-u 11 kun (yoki 18 yil-u 10 kun, agar bu davrda 5 marta kabisa yil kuzatilgan bo‘lsa) ichida 19 marta Oy orbitasining tugunlaridan o‘tadi. 19 ajdaho yilini o‘z ichiga olgan bu davr rosa 223 ta sinodik oydan (davri 29,53 sutkalik oydan) tashkil topadi. Shuning uchun ham har 18 yil-u 11 sutkadan so‘ng Quyosh, Oy va Yerning fazoda O‘zaro joylashuvlari qayta takrorlanadi. Binobarin, tutilishlar xarakteri ham shu davr bilan takrorlanadi. Lekin navbatdagi tutilish Yer sharining boshqa nuqtalariga to‘g‘ri keladi. Ma’lum bir tutilish qaytarilishining bu davri saros deb yuritiladi. Har bir saros davomida 70 ta tutilish kuzatilib, shundan 41 tasi Quyosh, 29 tasi esa Oy tutilishiga tegishlidir.
Quyosh tutilishi har doim uning g‘arb tomonidan, Oy tutilishi esa aksincha, Oyning sharq tomonidan boshlanadi.

  1. Quyosh tutilishi Oyning qanday fazasida kuzatiladi? Oy tutilishi-chi?

  2. Bir yilda Quyosh tutilishi necha martagacha kuzatilishi mumkin? Oy tutilishi-chi? Umumiy tutilishlar soni bir yilda necha martagacha bo‘lishi mumkin?

  3. Garchi Quyosh tutilishi Oy tutilishidan katta chastotada kuzatilsa-da, ma’lum joyda ko‘proq Oy tutilishi kuzatilishiga sabab nima?

  4. Har yangi oyda Quyosh va to‘lin oyda Oy tutilishi kuzatilmasligiga sabab nima?

  5. Quyoshning halqasimon tutilishiga sabab nima? Nima uchun Oyning halqasimon tutilishi kuzatilmaydi?

  6. Oy tutilayotganda u Yer soyasining markazidan o‘tadigan bo‘lsa, Oygacha bo‘lgan masofada (384400 km) Yerning konussimon soyasi tik kesimining diametri qancha bo‘lishini aniqlang. Bunda Oyning to‘la tutilishi qancha vaqt davom etadi? Quyoshning diametri va ungacha bo‘lgan o‘rtacha masofa ma’lum deb qarang.

  7. Agar Yerdan qaraganda Quyosh va Oyning ko‘rinma diametrlari bir xil bo‘lib, ga teng bo‘lsa, Yer sirtida xosil bo‘lgan Oy soyasining diametri qanday bo‘ladi?

  8. Quyosh tutilayotganda Yerdagi kuzatuvchi uchun Oy bilan dastlab Quyoshning qaysi tomoni to‘siladi? Oy tutilishida uning qaysi tomoni Yer soyasiga oldin kiradi?

  9. Agar ma’lum tilning 16 – fevralida Quyosh tutilishi kuzatilgan bo‘lsa, may oyida yana Quyosh tutilishini kuzatish mumkinmi? Avgust oyida-chi?

  10. Agar oyning to‘la tutilishi dunyo vaqti bilan aprel oyida soat 1 dan 35 minut o‘tganda boshlansa, uni Toshkentda ko‘rish mumkinmi? Moskvada-chi?

  11. Ba’zan Oy to‘la tutilayotib, Quyosh botishidan oldin gorizontdan ko‘tarilgan holda bo‘ladi va har ikkala osmon jismi ham bir vaqtda ko‘rinadi. Bundan ko‘rinadiki, go‘yo Oydan turib Quyoshni ko‘rish mumkin, biroq Yerdagi kuzatuvchi uchun Oy tutilishda bo‘ladi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

  12. Murmansk shahridagi kuzatuvchi (φ=69º) iyun oyida Oy tutilishini ko‘ra oladimi? Quyosh tutilishini-chi?

  13. Quyoshning to‘la tutilishi uning chiqish paytiga mos kelib, Oy bilan to‘silishi eng tepa qismidan (ya’ni zenitga eng yaqin nuqtasidan) boshlanadi. Bu hodisa qaysi geografik kenglamada qaysi oylarda kuzatilishi mumkinligini aniqlang.

  14. Ma’lumki, Oydagi kuzatuvchi uchun Yer ham turli fazalarda kuzatilib, uning davri sinodik oy (ya’ni 29,53 sutka)ga teng. Quyosh tutilayotganda (Yerdagi kuzatuvchi uchun) Oydagi kuzatuvchi Yerni qaysi fazada kuzatiladi? Oydagi kuzatuvchi uchun tutilish tufayli Yerning bu fazasida qanday o‘zgarish seziladi? Oy tutilayotganda (Yerdagi kuzatuvchi uchun) Oydagi kuzatuvchi qanday tutilishni ko‘radi?

  15. 1975-yilda to‘rtta tutilishdan ikkitasi Quyosh tutilishi, qolgan ikkitasi esa Oy tutilishi bo‘ladi. Quyosh tutilishlari 11-may va 3-noyabrda, Oy tutilishlari 25-may va 19-noyabrda kuzatildi. Sarosni e’tiborga olib, bu tutilishlar qachon qaytarilishini hisoblang.

  16. Oy soyasi quyosh tutilayotganda yer sirtida qaysi tomonga harakat qiladi? Bu harakat Yer ekvatoriga parallel bo‘lmasligi qanday tushuntiriladi?

Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish