M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov



Download 8,62 Mb.
bet16/47
Sana20.06.2022
Hajmi8,62 Mb.
#684045
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to\'plami

Ko‘rsatma: Hisoblashni Neptun yo‘ldoshi harakati bilan Oyning Yer atrofidagi harakatlarini solishtirish orqali olib boring.

  1. Yupiterning massasi Yerning massasidan 318 marta katta ekanligi ma’lum. Oy massasi esa Yer massasining 1/81 bo‘lagini tashkil qiladi. Yupiterning birinchi yo‘ldoshi Io undan 421500 km masofada bo‘lib, uning Yupiter atrofida aylanish davri 1,77 yer sutkasiga teng. Ioning massasini Oy massasi birliklarida hisoblang.

  2. Quyosh sistemasining eng yirik planetasi – Yupiter Quyosh atrofida 12 yilda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Quyosh massasini ma’lum deb qarab, Yupiterning massasini va uning sirtida erkin tushish tezlanishi kattaligini toping. Yupiterning radiusi 71800 km.

  3. Quyoshning Yerga va Yupiterga beradigan tezlanishlari kattaliklarining o‘zaro nisbatini toping. Yupiterning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 5,2 a.b. ga teng. Yer massasining Yupiter massasiga nisbati 1:318 kabidir.

  4. Oyning Yer atrofidagi harakati bilan Uran planetasi Titaniya yo‘ldoshining planeta atrofidagi harakati (aylanish davri 8 sutka-yu 17 soat) ni solishtirib, Uranning massasini toping (Yer massasi birliklarida). Titaniyaning Uran atrofida aylanish orbitasining katta yarim o‘qi 438000 km.

  5. Oy Yerga nisbatan hozirgi turishidan ikki barobar yaqin masofada Yer atrofida huddi hozirgidek davr bilan aylanishi uchun Oyning massasi o‘zgarmagani holda Yerning massasi hozirgidan qancha marta kam bo‘lishi zarur?

  6. Saturn planetasining o‘rtacha zichligi 0,69 g/sm3 bo‘lib, diametri 120600 km ga teng. Saturnning sirtida og‘irlik kuchi Yer sirtidagidan necha marta katta ekanligi aniqlang.

  7. Titan – Saturn yo‘ldoshlarining ichida eng yirigi bo‘lib, diametri 4850 km ga teng. Titan planeta atrofida 15 sutka-yu 23 soatda bir marta aylanib chiqadi. Saturnning bu yo‘ldoshi planetadan o‘rtacha 1 mln. 222000 km masofada ekanligini va Saturnning massasi Yernikidan 95 marta katta ekanligini nazarda tutgan holda Titanning massasi Quyosh sistemasining yirik planetalari ichida eng kichigi hisoblangan Merkuriynikidan katta yoki kichik ekanligini aniqlang. Quyosh va Merkuriyni massalarini ilovadagi jadvaldan oling.

  8. Merkuriy sirtida tortish kuchining kattaligi Yer sirtidagi tortishish kuchi kattaligining 0,38 qismini tashkil qiladi. Yer sirtida erkin tushish tezlanishi kattaligini 9,8 m/sek2 ga teng deb olib, Merkuriyning massasi va o‘rtacha zichligini hisoblang. Merkuriyning radiusi 2435 km ga teng.

  9. Quyosh sistemasining eng chekka planetasi hisoblangan Pluton orbitasini aylanadan iborat deb qaralsa, bu aylananing radiusi 40 a.b. ga yaqin chiqadi. Plutonning Quyosh atrofida aylanish davri 249 yilga teng ekanligini bilgan holda Quyoshning massasini hisoblab toping. Gravitatsiya doimiysi 6,7•10-8 sm3/g•sek2.

  10. Quyosh, Yer va Oy massalarini, Oyning Yerdan o‘rtacha uzoqligini hamda uning Yer atrofida aylanish davrini bilgan holda Quyoshning uning sirtiga eng yaqin masofada minimal davr bilan aylanuvchi suniy yo‘ldoshi tezligining kattaligini toping (taxminan). Quyosh suniy yo‘ldoshining orbitasini aylanadan iborat deb qarang.

  11. Yerning katta yarim o‘qini 1 ga teng deb, Yer massasi ni esa 1:354700 Quyosh massasiga teng deb va yulduz yilini (ya’ni Yerning Quyosh atrofida ma’lum bir yulduzga nisbatan to‘la aylanish davrini – M.M.) 365,2563835 sutkaga teng deb olib, butun olam tortishish qonunidan Gauss doimiysi k ning kattaligini aniqlang. (Keltirilgan sonli kattaliklar Gauss tomonidan qabul qilingan kattaliklar miqdoriga mos keladi).


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish