M. Lyusherning Ranglar testi
Ranglarning insonlarga fizologik va psixologik ta`sir etishi yaxshi ma`lum. Bu holat anchadan buyon san`atda, estetikada, ishlab chiqarish sanoatida xisobga olinadi. Ranglarga bo`lgan xissiy munosabat unga bo`lgan tanlovda, befarqlikda yoki yomon munosabatda aniqlanishiga ko`ra psixodiagnostikada foydalaniladi.
G.Ayzenk yorqin ranglarni xush ko`ruvchi sub`ektlar shaxsiy xususiyat lari bilan ajralib, odatda noaniq ranglarni xush ko`ruvchilarga qaraganda xarakatchan bo`ladi deb ta`kidlagan. Rorshax hissiyotlarini jilovlay oladigan shaxslar ko`prok ko`k va yashil ranglarni yoqtirishini ko`pgina tajribalari orqali isbotlab berdi. Kayfiyat o`zgarganda tabiiyki, tanlov ham o`zgaradi. SHunday qilib, qora va kul rang tanlovi yomon holatdan dalolat. Lyusher testi rang tanlovi shaxsning ma`lum bir yo`nalishga, kayfiyatga, funksional faoliyatga egaligini, shuningdek, uning shaxsiyatini ko`rsatadi degan fikrga asoslanadi.
Chet el psixologlari kadrlar tayyorlashda, ish jarayonlarini tashkil etishda, gerontologik tekshiruvlarda, turmush o`rtoq tanlash uchun maslahatlar berishda Lyusher testidan foydalaniladi, Ranglarning psixologik tasviri minglab odamlar ustida o`tkazilgan bir qator tekshiruvlarda aniqlangan. Mazkur test bizning davlatimizda V.E.Rudenko, I.M.Dashkov, N.K.Plishko, V.I.Ivanov va boshqalar tomonilan o`tkazilgan.
Ranglar xarakteristikasi (Lyusher testi) o`z ichiga 4ta asosiy, 4ta qo`shimcha rangni oladi.
Asosiy ranglar:
1) ko`k (xotirjamlikni bildiradi.)
2) yashil (o`ziga ishonch, qatiyatlilik, ba`zida qaysarlikni bildiradi.)
3) sarg`ish-qizil (irodalilik, jahldorlik, jizzakilikni ifodalaydi. )
4) och-sariq (harakatchanlik, muloqotga intilish, xushchaqchaqlik ifodasi.)
Qo`shimcha ranglar:
5) siyohrang
b) jigarrang
7) qora
8) kulrang yomon kayfiyat, xavotir, stress, qo`rquv, achinish xislarini bildiradi.
Bu ranglarning xususiyati quyida ko`rsatiladigan o`rniga bog`liq.
Test davomida qatnashchi tartibsiz ravishda turli ranglarni tanlaydi: boshida eng yoqimli l-raqamdagi rang, keyin o`ziga tortishiga ko`ra 2-raqamdagi rang shunday qilib, oxirida 8-raqamdagi rang, ya`ni, eng kam yoqadigan rang tanlanadi. SHunday usul bilan 8ta yo`nalish shakllanadi.
№1, №2 - aniq afzallik(++)
№3, №4 - afzallik (xx)
№5, №6 - rangga befarqlik (= =)
№7, №8 - rangni yoqtirmaslik (- -)
Tekshiruvning 36 mingdan ziyod natijalariga ko`ra Lyusher tanlangan yo`nalishnint taxminiy xarakteristikasini berdi.
1-yo`nalish "+" belgisi anglanadigan maqsadga erishish yo`lini ifodalaydi.
2-yo`nalish "+" belgisi bilan ifodalansa, Lyusherning fikricha qatnashchining maqsadini ko`rsatadi,
3-va 4-yo`nalish "xx" belgisi bilan ifodalanuvchi qatnashchining sharoitini va ichki his qilishini ifodalaydi.
5- va b-yo`nalish "= =" belgilari bilan ifodalanuvchi qatnashchi o`z holatini ranglar bilan bog`lamasligidan dalolat .
7- va 8-yo`nalish "- -" belgilari bilan ifodalangan, mazkur ranglar beradigan kayfiyatni, holatni, kamchilikni yaxshilashga urinishni bildiradi.
Tanlangan ranglarning yozilishi, ularning yoqish darajasi tartibga ko`ra amalga oshiriladi. Masalan: qizil, sariq, ko`k, kulrang, yashil, siyohrang`. jigarrang va qora ranglar tanlovida quydagicha yoziladi:
+ + x x = = - -
3 4 1 0 2 5 6 7
(++, x x; = =; - -;) hududlari 4 funksional guruhni tashkil etadi.
Tanlov qaytarnlnshn ham mumkin. Bunda 1-va 2- tanlovlarda ranglarning mos kelishi yoki moye kelmayeligi murakkab kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |