Test natijalari tahlili
Belgilanganidek tahlil natijasi asosiy ranglar tanloviga bog`liq.
Agar ular 5-dan keyingi o`rinni egallasa, demak, ular ifodalovchi xususiyatlar, kamchiliklar, ya`ni, xavotir va yomon holat. Qoniqtirilmagan asosiy ranglarning yaxshi holatlari ko`rib chiqiladi, Masalan,
№1 va №2 (ko`k va yashil) yonma-yon tursa, ularning umumiy holatlari, sub`ektni yo`nalishlari alohida ko`rsatiladi.
№2 va №3 ranglarning birgalikdagi holati alohidali, mustaqillikni anglatadi.
№3 va №4 ranglarining birikmasi aniq yo`nalganlikni bildiradi.
№1 va №4 ranglari birikmasi qatnashchining atrofdagilarga bog`liq ekanini bildiradi.
YAshil va sariq ranglarning birikmasi sub`ektning ichki istagiga qarshiligini anglatadi.
Asosiy ranglarning tahlilida M.Lyusher ular psixologik kamchiliklarni ham ifodalaydi deb hisoblaydi.
№ 1. (ko`k) - mamnun bo`lish, xotirjamlik va bog`langanlikka bo`lgan talab.
№2 (yashil) - o`z-o`ziga bo`lgan talabchanlik.
№3. (qizil) - har doim harakatga va yutuqlarga bo`lgan talab.
№4. (sariq) - umidga, orzuga va yaxshi kelajakka bo`lgan talab.
Agar asosiy ranglar 1-5-yo`nalishlarda bo`lsa, mazkur talablar qondirilgan hisoblanadi, Agar ular 6-8-yo`nalishlarga to`g`ri kelsa, qandaydir xavotir, yomon sharoit sabab qoniqmaslik bo`ladi. Ranglar tanlovi orqali mehnat tanlovini aniqlashda Lyusher quydagilarga ahamiyat beradi.
Yashil rang - qiyin vaziyatlardan chiqib ketish mahoratini anglatib, ish qobilyatining yuqoriligini ko`rsatali.
Qizil rang - irodalilikni va maqsadga aniq yo`nalganliknn bildiradi va bu rang ham qobiliyatning yuqori ekanini anglatadi.
Sariq rang - yutuqlarga bo`lgan umidni, ba`zida ishga biroz befarqlikni, keyingi ishlarga tuzilajak rejalarni anglatadi.
Agar bu uch rang qator boshida birgalikda tursa, ish qobilyatining yuqoriligidan dalolat beradi.
Xavotir ko`rsatknchlarn. Agar asosiy rang b-o`rinda tursa, bu "-" beligisi bilan ifodalanadi va undan keyingi belgilar ham shu tarzda "-" bo`lib davom etadi. Ularni rad etilgan ranglar, xavotir va yomon holat sababi sifatida qabul qilish lozim. Lyusher testida bunday holat rang raqamlari ustida harfi hamda "-" belgisi bilan ifodalanadi. Masalan:
A A A
- - -
1 6 O
Stress, xavotir sababi, l-yo`nalishga qo`yilgan rang kompensatsiya ko`rsatkich sifatida quriladi. Bu holatda raqamdagi rang ustiga S harfi qo`yiladi
Kompensatsiya qo`shimcha ranglar hisobida o`tgan holatlarda test natijalari yomon holat, yomon sabab, atrof-muhitga yomon munosabat ko`rsatkichlarn sifatida taxlil etiladi.
Doimiylik ko`rsatkichlari, Xavotir ko`rsatkichlari asosiy ranglar bilan ifodalanadi. Agar asosiy rang b-o`rinda yo`nalish, xavotir uyg`otuvchi faktor kuchsiz hisoblanadi, Agar rang 7-o`rinda yo`nalish, (!!) belgisi, agar asosiy rang 8-o`rinda yo`nalish (!!!) belgisi qo`yiladi. Masalan:
!!! !! !
S S S
+ + +
6 O 7
Qanchalik "!" belgilari ko`p yo`nalish, shunchalik natija yomonroq bo`ladi
Test natijalari tahlilida o`ta muhim o`rinni 8-o`rindagi rang egallaydi. Agar bu o`rindagi ranglar undov belgisi bilan belgilangan bo`lsa, demak, qatnashchida xavotir hissi kuchli rivojlanganlik ehtimoli mavjud.
1 va oxirgi o`ringa e`tibor beriladi: u to`g`ri tartib bo`yicha tuzilganmi?
Shuningdek, 2- va 3-o`rindagi ranglar munosabati ham o`rganilishn mumkin. Ular o`rtasida nizo yo`qmi? Masalan: 2-o`rindagi qizil rang va 3-o`rindagi kulrang sabab, maqsad va haqiqiy holat o`rtasidagi nizoni ifodalaydi. Lyusher testini tekshirishda va tahlil qilishda olingan psixodiagnostik ma`lumotni kuzatuvlar, suhbat, qatnashchilarning hujjatlarini o`rganishlar bilan birgalikda olib borish lozim. Faqatgina shunday ko`p tomonlama o`rganishlar orqali shaxsiy qirralar psixologik xususiyatlar haqida jiddiy qarorlarga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |