1-amaliy ish. Kasb ta’limi yo’nalishi talabalarini informatsion ijodkorligini rivojlantiruvchi metod va vositalar. P.Torrensning “Tugallanmagan rasmlar” testidan foydalanish asosida kreativlikni rivojlantirish
Zamonaviy taʻlim qaysi sohada boʻlmasin insonga oʻzi va uni oʻrab turuvchi olam haqida bilim beruvchi, yashashni oʻrgatuvchi, ushbu bilimlar asosida jamiyat taraqqiyoti uchun egallagan kasbini mukammal bilishga undovchi va rivojlantiruvchi kabi yagona maqsadlarga ega. Bundan kelib chiqqan holda bilim olish - bu maqsad emas, balki hayotda maqsadga aylangan strategiyani amalga oshirishga qaratilgan vositadir [11].
Zamonaviy jamiyatda oliy taʻlim muhim rol oʻynaydi. Istalgan davlatni tezlikda rivojlanishi asosiy va inkor etib boʻlmaydigan intellektual imkoniyatlar taʻlim tizimini isloh qilish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolarning savodxonligini oshirish davlat iqtisodiyoti va jamiyatda yashash tarzi darajasini yuksaltiradi, rivojlanayotgan texnologiyalar esa oliy taʻlimni jahon bozorlarida naqadar zarurligini koʻrsatadi. [12].
Kreativlik kundalik professional faoliyatga koʻproq kiradi va nafaqat yakka tartibdagi korxonalarning, balki mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Sanoatning, xususan, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi inson resurslarining kreativ qobiliyatdan foydalanishiga bogʻliq. R.Florida [13], S.P. Lapasev [14], A.I.Podberezkin [15] taʻkidlaganidek, ushbu sifatni istalgan soha mutaxassislari uchun rivojlantirish muhim hisoblanadi. Tadqiqotlar innovatsion iqtisodiyotning muvaffaqiyati bevosita kreativ odamlarga bogʻliqligini va jamiyatni kreativ mutaxassislarni kengaytirishga ehtiyoji borligini aniqlaydi.
Bugungi kunda kreativ mutaxassislarni shakllantirish zamonaviy jamiyat taʻlim tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Qoʻyilgan vazifaga faqatgina kreativ taʻlim metodikasini maqsadli holda olib borish bilan erishish mumkin, bunda pedagogik jarayonning har bir ishtirokchisiga yangi bilimlarni tushuntirish, yaratish va undan samarali foydalanish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
Aynan shuning uchun ham soʻnggi yillarda kreativ taʻlimni kreativ rivojlanish shakli tadqiqotchi - pedagoglar tomonidan faol oʻrganilib kelinmoqda.
Xorijiy va mahalliy nashrlarning qiyosiy tahlili kreativlik qobiliyatni oʻrganishning falsafiy, psixologik va pedagogik nuqtai nazardan koʻp qirrali hususiyatlarini koʻrsatadi. Keltirilgan tahlillarning asosiy tushunchasi - «kreativlik» soʻzi mohiyatini falsafiy, psixologik va pedagogik nuqtai nazardan deb tahlil qilingan.
Y.S.Shelestova [16], N.A.Stepanenko [17] va boshqalar tadqiqotlarida kreativlik tushunchasi taʻriflari keltirilgan. Koʻpchilik mualliflarning fikricha kreativlik pedagogik jarayonda oliy taʻlim muassasalarining faoliyati bilan uzviy bogʻliq, yaʻni taʻlim jarayoni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning asosiy shartlari sifatida qaraladi deb oʻylaydi, bunda OTM samaradoligini oshirishga qaratilgan asosiy faktorlardan biri bu moddiy texnik salohiyat tizimini yangilashdir [18, 19, 20, 21, 22].
Kreativlikni uning rivojlanish ehtimoli va professional pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladigan tushunchalarni tahlil qilamiz.
Kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish masalalari turli soha vakillari- shoirlar, olimlar, sanʻatkorlar, yozuvchilar tomonidan koʻtarilgan. Kreativlikka boʻlgan qarashlar faylasuflarning uzoq oʻtmishdan tortib to bugungi kungacha asosiy mavzusi sifatida oʻrganilib kelinmoqda (1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |