M. J. Mut alipova



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/77
Sana22.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#400163
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
Bog'liq
fayl 569 20210428

«Ona  -
71


daraxt,  bola  -  meva».  «Onangni  quyosh  bilsang,  otangni  oy  bil»,  «Ota 
bola  uchun  taxt  yasar,  baxt  yasay  olmas»,  «Otangga  qilganingni 
bolangdan  ko‘rarsan»,  « 0 ‘g ‘il-qiz  yaxshi  bo‘lsa,  ota-ona  xursand. 
0 ‘g ‘il-qiz dono boMsa, elu yurt xursand».
Har bir o ‘zbek oilasida  qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga katta 
e ’tibor  qaratiladi,  yoshlarga  qarindoshlar  bilan  quvonchli  kunlarni 
baham  ko ‘rish,  qayg‘uli  kunlarda  hamdard  bo‘lish  kabi  munosabatlar 
bolaligidanoq  singdiriladi.  Buni  quyidagi  xalq  maqollarida  ko‘rishimiz 
mumkin:  «Borsang  -   qarindosh,  bormasang  -   begona»,  «D o‘st  safarda 
bilinar,  og‘a-ini  -   kulfatda»,  «Oziqli  ot  horimas,  qarindoshli  qarimas», 
«Yeb-ichganda  yot  yaxshi,  qayg‘u  kunda  -  qarindosh»,  «Inisi  boming 
irisi  bor»,  «Onangni  kaftingda tutsang,  singlingni  boshingda tut»,  «Ota -  
xazina,  aka-uka  -   tayanch»  va  h.  Ertaklarda  ham  ushbu  masala  keng 
yoritiladi.  Masalan,  «Aka  -   uka»  ertagida  hikoya  qilinishicha,  «Aka- 
uka dehqonchilik qilishadi.  Kech kuzda hosil yig‘im-terimini teng ikkiga 
bo‘lishadi.  Kechasi  uka  o ‘yga  toladi:  «Akam  menga  qaraganda  katta 
ro‘zg‘or,  kel,  o ‘z  ulushimdan  ozgina  akamnikiga  qo‘shib  qo‘yay». 
Shunday  qilib,  kechasi  akasiga  bildirmay,  o ‘z  ulushidan  anchasini 
akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.
Bir  vaqt  akasining  uyqusi  qochib  ketibdi.  U  o ‘ylabdi:  «Ukam 
kambag‘al,  mendan  boshqa  yordamchisi  yo ‘q.  Biz  ko‘pchilik  boMsak 
ham,  bor-yo‘qchilik  unchalik  bilinmaydi.  Kel,  ukam  qiynalmasin  -  
g ‘allamdan ozgina uning g ‘allasiga qo‘shib qo‘yay».
Aka o ‘z ulushining anchasini ukasinikiga qo‘shib qo‘yibdi.  Shundan 
keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.»
Bu  ertakning  mazmunidan  aka-ukaning  bir-biriga  boMgan  cheksiz 
mehrini  his  qildik  va  xalq  pedagogikasida  oilada  farzandlar,  aka- 
ukalaming  bir-biriga  mehribonligi,  g ‘amxo‘rligi,  bir-birini  qadrlashi  eng 
avvalo  oila  tarbiyasining  natijasi  ekanligini  isbotlovchi  yuqoridagi  kabi 
misollar juda ko‘pligiga amin boMdik.
Oilada  bolalami  m a’naviy-axloqiy  tarbiyalashda  xalq  pedagogikasi 
manbalariga kiruvchi  milliy  musiqa, qo ‘shiqlar,  raqs, tasviriy  san’at tur­
lari  ham  muhim  ahamiyatga ega.  Bola yoshligidan alia  qo‘shigMni  ting- 
lab, o ‘z ota-onasi,  Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalanadi.
Shuningdek,  oilada  farzandlarga yog‘och,  ganch,  mis  o ‘ymakorligi, 
zargarlik,  zardo‘zlik,  kashtado‘zlik,  kulolchilik,  milliy  liboslarni  tikish 
kabi  xalq  amaliy  hunarmandchiligi  turlarini  o ‘rgatish  orqali  ularda 
mehnatga  muhabbat  uyg‘ota  olgan,  va  buning  natijasi  oMaroq,  oilada 
nafosat va mehnat tarbiyasi amalga oshirilgan.
72


Taniqli  etnograf  olim  I.Jabborovning  ta’kidlashicha,  «Qadimdan 
o ‘zbek  oilalarida  yoshiga,  jinsiga  va  tabiatiga  qarab  bola  tarbiyasiga 
alohida  e ’tibor  berilgan.  Masalan,  o ‘g‘il  bolalarga  yoshligidan  otalar 
urug‘ining  davomchisi,  merosxo‘ri,  oila  or-nomusi  va  iftixori, 
himoyachisi,  qizlarga  nisbatan  ustun  turadigan  erkaklik  fazilatlarini 
ongiga  singdirib,  qizlarga  esa  bo‘lajak  ona  va  uy  bekasi  vazifasini  ado 
etuvchi  shaxs  sifatida tarbiya berishgan.  Asta-sekin voyaga yetishi  bilan 
o‘g ‘il  bola  ota  ta’sirida,  qiz  bola  ona  ta’sirida  muayyan  tartiblarga 
o ‘rgatila  boshlangan.  Odat  bo‘yicha  bolalar  6-7  yoshidan  mehnatga 
o ‘rgatilib,  dastavval  yengil  ishlarni,  10-12  yoshidan  boshlab  og‘ir 
xo‘jalik ishlarini  bajara boshlaganlar.  Bola tarbiyasiga ota-ona,  mahalla, 
jamoatchilik,  alohida  e ’tibor  bergan,  ayniqsa,  ularning  odob-ikromli 
boMishi ko‘pchilikning diqqat markazida turgan».33
Demak,  xalq  pedagogikasida  hunar yuksak  baholangan,  xalq  og‘zaki 
ijodining  barcha  janrlaridagi  qahramonlar  faqat  m a’lum  bir  kasb  egasi 
bo‘lib  qolmay,  balki  aqliy, jismoniy va  ma’naviy  kamolotga erishgan,  o‘z 
davrining yetuk kishilari sifatida tasvirlanishi bunga yorqin dalildir.
Oilada  ota-onalar  o‘z  farzandlariga  ma’naviy  merosimiz  bo‘lgan 
milliy  urf-odatlar,  an’analar,  marosimlar,  udumlaming  o‘ziga  xos  xususi- 
yatlari,  ulaming  ijtimoiy,  madaniy,  tarbiyaviy  ahamiyati  va  mohiyatini 
tushuntirib borishi  ham  barkamol  shaxs tarbiyasida muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Yana shuni ta’kidlash joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona 
tili orqali shakllanadi, bunga esa eng aw alo ota-ona mas’uldir.
Yuqoridagilami  muxtasar  qilib  aytganda,  xalq  pedagogikasining 
barcha  manbalarida  oila  tarbiyasi,  unda  ota-ona,  farzandlaming  o ‘rni, 
oilada  tarbiya  turlari,  usullari  va  vositalari,  oila  ma’naviyatiga  xalqona 
qarashlar  juda  keng  va  atroflicha  yoritilgan  boMib,  hanuzgacha  o ‘z 
ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Demak,  biz  bu  bebaho  qadriyatimiz  -   xalq 
pedagogikasi  manbalaridan  farzandlarimiz  tarbiyasida  foydalanishimiz 
zarurdir.  Zero,  yurtboshimiz  ta’kidlaganlaridek,  «Odobli,  bilimdon  va 
aqlli,  mehnatsevar,  iymon-e’tiqodli  farzand  nafaqat  ota-onaning,  balki 
butun jamiyatning eng katta boyligidir».34

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish