Tana va ruh munosabati.
Aristotel “Ruh haqida” nom li risolasining
boshida ruhni tadqiq qilish naqadar m uhim ekanligi to ‘g‘risida so ‘z
yuritadi, zero “ruh —bu jo n li m avjudotning g o ‘yoki virtual ibtidosidir” .
B iroq
ushbu
m uam m o
birm uncha
murakkab,
shu
sababli
tadqiqotning
to 'g 'ri
usulini
topish
oson
emas.
A ristotelning
ta ’kidlashicha, faylasuf v a naturalist-olim turli usullardan foydalanadi va
shu sababli o ‘z talqinini turlicha shakllantirishi g ‘oyat to ‘g ‘ri. Turli
178
fanlar tadqiqotning turli usullarini qo ‘Ilashini barcha m utafakkirlar ham
tan olaverm agan, va shundan kelib chiqqan holda, qandaydir fan
sohasida kim yogarning
yoki
tabiatshunosning
usullarini
qo‘llay
olm asligi haqiqatni buzib k o ‘rsatishga olib kelmasligi kerak.
M urakkab substansiya - bu ibtidosi ruh deya atalmish, hayotga ega
tabiiy tana. Tana ruh b o ‘lishi mum kin emas, zero tana — bu hayot emas,
balki hayot kasb etadi. “Ruh haqida”gi risolaning birinchi kitobida
Aristotel turli faylasuflarning qarashlarini va psixologiya tarixini
tavsiflar ekan. ibtido borasida ularni moddiy deb sanovchilar va
nom oddiy deya tan oluvchilar o ‘rtasida kelishm ovchiliklar mavjudligini
e’tiro f etadi. Bu m asalada Aristotel o ‘zini Levkipp va Dem okritning
emas, balki Platonning izdoshlari sirasiga qo'shadi
Shu tariqa, Aristotelda, tana ruh uchun materiya, ruh esa - tananing
shakli yoki harakatidan iborat bo’ldi. Shu sababli Aristotel ruhni
izohlashda tana to ‘g ‘risida ruhdan mahrum bo'lgan narsa sifatida emas,
balki ruhga ega narsa sifatida so ‘z yuritadi. Ruh — bu tananing
harakatlanishi sababi va undan ajralmaydi. Bunda, ehtimol tanadan
ajralib chiquvchi qism lar m avjud bo ‘lishi mumkin, lekin ular tananing
aniq harakatlanishi k o ‘rinishi hisoblanm aydi. R uh - bu jonli tananing
sababi va mohiyatidir: a) harakatlanish manbai sifatida; b) cheklovchi
sabab sifatida va c) jonli tananing real substansiyasi (ya’ni rasm iy sabab)
sifatida.
Turli xildagi ruhlar turli ko'rinishdagi jonli tanalarga taalluqlidir.
R uhning eng quyi (past) shakli o ‘sim liklar ruhi (joni) hisoblanib,
oziqlanuvchi m oddalam i yutish va o ‘zi kabilarni aks ettirish bilan
m ashg‘ul. Uni nafaqat o ‘simIiklarda, balki hayvonlarda ham topish
mumkin, garchi bunda u s o f ko‘rinishda, jum ladan, o ‘simIiklarda mavjud
b o ‘lsa ham. Ushbu funksiyalar hayotni q o ‘llab-quvvatlash uchun muhim
b o ‘lib, barcha jonli m avjudotlarda uchrasa-da, biroq o ‘sim liklarda faqat
ushbu funksiyalargina mavjud; ularning ruhi (joni) bundan yuqori
faollikni bilmaydi. O 'sim liklarga his qilishning keragi y o ‘q, binobarin
ular harakatlanm aydi va m utlaqo avtom atik ravishda tuproqdan ozuqa
m odda-larini tortib oladilar. Bu narsa harakatlanm aydigan hayvonlarga
ham taalluqlidir. H arakatlana oladigan hayvonlar esa, his qila olishi
zarur, zotan ularning ozuqa izlashi behuda b o ‘lgan b o ‘lar edi; agar ular
bu holida ozuqa topganlarida ham, uni o ‘zlari uchun ozuqa ekanligini
aniqlay olmagan b o ‘lardi!ar.
179
H ayvonlar birm uncha yuqori shakldagi ruhga — his qiluvchi ruhga,
y a ’ni hissiy qabul qilish, intilish va m akonga oid harakatlanish kabi
uchta qobiliyatga ega.
Aristotel hayotni qo‘llab-quvvatlash uchun oziqlanish zarurligi
to ‘g ‘risida so ‘z yuritar ekan, hayvon o ‘z yem ishini farqlay olishi uchun,
hech b o ‘lm aganida unga tekkan paytida uni paypaslab sezish zarurati
ham m uhim ekanligini va bu hayvonga yordam berishini e ’tiro f etadi.
Hayvonni o ‘ziga chorlovchi yem ishning ta ’mi ham hayoti uchun
nihoyatda muhim. Hayvon m anfaati uchun boshqa, u qadar muhim
boMmagan sezgilarham mavjud.
Keyingi pog‘onada inson ruhi joylashgan. Bu ruh o ‘zida quyi
bosqichdagi ruhlar - o ‘simliklar, hayvonlar ruhi funksiyasini bajaradi,
biroq — aql, fikrlash qobiliyati kabi boshqalarda m avjud b o ‘lm agan yana
bir qobiliyatga ham ega. A ql ilmiy fikrlash k o ‘rinishida amaliy fikrlash
k o ‘rinishidagi kabi ikki usulda faollikni nam oyon qiladi. Birinchisining
obyekti haqiqat, o ‘zi uchun haqiqat sanaladi; ikkinchisining obyekti ham
haqiqat, biroq o ‘zi uchun bo‘Imagan, balki amaliy maqsadlarga erishish
va oqilona xatti-harakatlam i am alga oshirish kabi haqiqat sanaladi.
Ruhning fikrlashdan b o ‘lak boshqa barcha qobiliyatlari tanadan ajralmas
va o‘tkinchidir; aql esa tu g ‘ilishdan avval ham m avjud b o ‘lgan va
o ‘lmasdir. Biroq tanadan m akon topgan aql, ruhning o ‘z izlarini
qoldirishi kerakligi imkoniyati tam oyiliga rioya qilishni talab qiladi.
Aristotel aqlni - serg‘ayrat aql va bardosh beruvchi aql kabi ikki xil
k o ‘rinishga ajratadi. Serg‘ayrat aql bardosh beruvchi aqlni tushunchaga
aylantiruvchi obrazlar yoki fantaziyalardan shakllarni tortib oladi
(A ristotelning fikricha, fikrlashning barcha ko ‘rinishlari tasavvurga
tayanadi). Faqat serg‘ayrat aql o ‘lmasdir. Va bu aql alohida va hech
narsaga yuz tutm aydi, o"z m ohiyatiga k o ‘ra faoliyatli b o ‘la turib, u hech
garsa bilan aralashmagan.
Aristotel jo n to ‘g ‘risida ilgari surgan m uhim g ‘oyalari, bildirgan
jiddiy m ulohazalari bilan psixologiyaning shakllanishiga salmoqli hissa
qo ‘shdi, desak b o ‘ladi. Uning ilgari surgan muhim g ‘oyalaridan biriga
muvofiq, yuqorida qayd etganim izdek, aqldan boshqa barcha narsalar
(quyi p o g ‘onadagilar), y a ’ni jonning “o ‘sim lik” va “hayvon”ga tegishli
qism lari tana singari halok b o ‘ladi. M azkur qarash jonning abadiyligi
haqidagi an’anaviy ta'lim otlardan biroz farq qiladi. K eyinchalik
sxolastikada A ristotelning jo n haqidagi ta ’lim otiga xos b o ‘lgan
noaniqlik, yetishm ovchilik, xususan uning jonning faol qismi b o ‘lgan aql
180
mohiyati to ‘g ‘risidagi fikr-mulohazalarini qanday tushunish kerak, degan
savol atrofida qizg‘in bahslar bo‘ldi.
A ristotelning idrok haqidagi qarashlari ham xuddi shunday bahs-
munozaralarga sabab bo‘ldi. Idrok, uning fikricha, idrok etiladigan
predmet xossa bilan idrok etadigan a ’zo xossasi o ‘rtasida tafovut paydo
b o ‘lganda yuzaga keladi. M asalan, agar predm et ham, organ ham bir xil
haroratga ega bo ‘lsa, idrok yuzaga chiqm asligi mumkin. Aristotel idrok
predm etining obyektivligi va mustaqilligini ta ’kidlagani holda uning
mavjudligining passiv xarakterga egaligini inkor etadi. Idrok etiladigan
predm et xuddi idrokinrizga qarab harakatlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Aristotel fikriga ko‘ra, eng qisqa m asofada turgan predmet teri sezgisi
orqali idrok etiladi. Uzoqroq m asofada joylashgan predm etlar esa
insondan fazoviy m uhit orqali ajralgan. M asalan, tovush eshitish
a ’zosiga yetib kelguncha, shu muhit orqali o‘tadi; ana shuning uchun
ham tovush bu a ’zoga shu tovushni keltirib chiqargan zardobdan keyin
yetib keladi. Bundan tashqari, bu tovush muhit bilan aralashib ketadi;
agar m asofa ju d a uzoq b o ‘lsa, uni ajratish qiyin bo'ladi. O 'z tabiatiga
ko ‘ra hissiy idrok - jism emas, u muhit orqali sodir bo'ladigan
harakatdan iborat. Idroklar ichida k o ‘rish sezgisi alohida o 'rin tutadi. N ur
alohida tabiatga ega borliqdir. Uning harakati, keltirib chiqargan
o ‘zgarishlari darrov idrok etiladi.
Xotira, eslash avval mavjud b o ‘!gan tasavvurlarni qayta tiklashdan
iborat. Uni idrok etilgan predm etlar bilan bir tartibda bo‘lgan o'xshash
predmetlarni idrok etish vujudga keltiradi188.
Do'stlaringiz bilan baham: |