kengayganda unga qandaydir bir boshqa m odda yaqinlashib keladi va u
bilan birlashib ketadi. Xuddi shuningdek, predmet kichrayganda undan
qandaydir bir qism ini tashkil etuvchi modda
uzoqlashadi va boshqa bir
predm et m oddasiga aylanadi. Demak, kattalashish va kichrayish
predm etining fazoda harakatianishini taqozo etadi. Xuddi shu hoi,
Aristotel ta ’kidlashicha, sifatiy o ‘zgarishda ham, y a’ni boshqa narsaga
aylanishda ham kuzatiladi. A gar predmetda sifat o ‘zgarishi sodir b o ‘lsa,
buning sababi o ‘zgaruvchi predm etning boshqa predm et bilan birlashishi
natijasidir, chunki o ‘zgarishni ana shu predm et keltirib chiqaradi.
Birikishning sharti esa predm etlam ing fazoda yaqinlashishi hisoblanadi.
Fazodagi harakat paydo b o ‘lish va y o ‘qolishning ham shartidir. Paydo
b o ‘lish va y o ‘qolish “shakF’ning y o ‘q b o ‘lishini anglatm aydi, u abadiy
m avjud. Sifatiy o ‘zgarishda predm etning tasodifiy xossalari o ‘zgaradi,
paydo b o ‘lish va y o ‘qolishda esa jins va tur belgilari o ‘zgaradi.
Fazodagi
harakat mangu, uzluksiz b o ‘lgani uchun ham. boshqa turlarga qaragnda
ustun turadi.
Jism ning fazodagi harakati 3 turli bo ‘ladi: 1) aylanm a harakat, 2)
to ‘g ‘ri chiziqli harakat va 3) 1 va 2 harakatning q o ‘shilishi natijasidagi
harakat.
B unda to ‘g ‘ri chiziqli harakat uzluksiz b o ‘lishi m um kin emas. Olam
shar shaklidadir, uning radiusi esa chekli, oxiriga ega.
A ylanm a harakat boshqa turlarga qaraganda ancha mukammal,
chunki u mangu va uzluksizdir. lkkinchidan, yaxlitlik aylanm a harakatda
harakatsizligicha qoladi. Olam aynan ana shundaydir: u o ‘z m arkazida
abadiy
harakat qiladi, lekin bunda olam ning m arkazidan boshqa qismi
harakatda b o ‘ladi. Uinchidan, aylanm a harakat tekis harakat hisoblanadi.
Aristotel fizikasi asos e’tibori bilan m iqdoriy asosga emas, sifatiy
asosga tayanadi.
U bir fizik hodisalarning boshqa hodisalarga
o ‘zgarishini e ’tiro f etadi. Levkipp va Dem okrit qarashlariga qaraganda -
bu ancha asosli. U lar sifat o ‘zgarishlarini tan olmaganlar.
Aristotelga ko'ra, nim aning harakatianishi to ‘g ‘risidagi m asala ham
m uhim dir. Uningcha, elem entlar harakatidagi farqlar ularning shakllari
o ‘rtasidagi farqlar bilan belgilanmaydi. Ularning harakati o ‘rtasidagi
tafovutlar egallab turgan joylariga b o g ‘liq. A ristotelning ta ’kidlashicha,
agar jism o ‘ziga xos b o ‘lgan joyda turgan b o ‘lsa, harakatsiz b o ‘ladi.
A gar tabiatan egallashi kerak b o ‘lgan joy d a turm asa, u harakatda b o ‘ladi,
chunki o ‘zining tabiiy joyini egallashga intiladi. M isol keltiradi: Yer
olam ning m arkazida turgani uchun (o‘z joyida turgani uchun) harakatda
173
b o ‘lmaydi. Agar tuproq uyimini tepaga qarab otsak, u harakatda bo‘ladi,
y a’ni pastga, o ‘z joyiga intiladi.
Aristotel atom istlam ing qator fikrlarini inkor etadi. Uningcha,
atom istlam ing atom lar shakllari sonsiz degan fikri xato, chunki unday
b o ‘lsa, ularga xos xususiyatlarning ham soni cheksiz bo‘lar edi. Tajriba
shuni k o ‘rsatadiki, harakatlar k o ‘p emas, demak,
jism larda uchraydigan
shakllar soni ham chekli.
Atom istlar atom larni o ‘zgarmas deb hisoblaydilar. Bu xato. Chunki
predm etlar o ‘zaro ta ’sirda b o ‘lishi uchun atom larda ham o'zgarishlar
b o ‘lib turishi kerak.
A tom lar o ‘z-o ‘zidan harakatlanadi degan fikr ham xato, atom
bunday ta s a w u r qilinsa, unda 2 ta element: harakatlantiruvchi va
harakatlanuvchi farq qilinishi kerak. Bu esa, atom b o ‘linmaydi, degan
fikrga zid.
A tom istlar fikricha, atom lar o g ‘irlikka ega, shuning uchun ular
dastlab, pastga qarab tusha boshlagan.
B unda atom tezligi uning
o g ‘irligiga, o g ‘irlik esa m iqdorga bog‘liq b o ‘lgan. Tushayotganda
og ‘irroq bo ‘lgan atomlar, yengil atom lar bilan to ‘qnashib, ularni
balandga k o ‘targan. Shu tariqa uyirmali harakat vujudga kelgan va u, o ‘z
navbatida, dunyoni vujudga keltirgan. Bu gipoteza, Aristotel fikricha,
b o ‘sh fazoning m avjud bo‘lishini taqozo etadi. B o ‘shliqning markazi
b o ‘lm agani uchun, uning tepasi ham, pasti ham b o ‘lmaydi, demak,
atom lar pastga qarab harakatlana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: