Romans va qo`shiqlari
M.I.Glinka romans va qo'shiqlari orasida turli-tuman janrlami: “rus q o 'sh ig 'i”, his-tuyg'ularga boy turmush romansi (“Qashshoq xonanda” )dan dramatik ballada, qo'shiq-rivoyatgacha (“Tungi ko'rik), quvnoq to'y marosimi va “y o 'l” qo'shiqlaridan to “suv ustidagi qo'shiq” - barkarolagacha uchratish mumkin.
Uning vals, mazurka, polonez, ispancha bolero, nihoyat marsh (“Прости, корабль взмахнул крылом” (“Kechir, kema qanot qoqdi”)) ritmidagi qo'shiq-raqslari betakror va o'ziga xosdir. Glinka romanslaridagi vokal va fortepiano partiyalarining garmonik uyg'unlashuvi ham o'ziga xos xususiyatlardandir.
M.I.Glinka rus vokal qo'shiqchiligi maktabining asoschisidir, uning romanslari - go'zallik va mukammallik bulog'i bo'lib, undan barcha keyingi avlod rus kompozitorlari foydalanishgan.M.I.Glinka o 'z zamondoshlari: V.Jukovskiy, A.Delvig,
A.Pushkin she’rlariga romanslar yaratgan. Romanslarning ko'pchiligi yaqin do'stlari, masalan, N.Kukolnik so'zlariga yozilgan. Ushbu shoir she’rlariga 1840-yilda kompozitor “Прощание с Петербургом” (“Peterburg bilan xayrlashuv”) vokal turkumini yaratdi. Turkum romanslari ichida “To 'rg 'ay ” va “Попутная песня” (“Yo'lovchi qo'shiq”) bor.
“T o 'rg 'ay ” yengil oqib keluvchi, tabiiy va sodda, ravon kuyli, va o'ychan qo'shiqdir:
“Yo‘Iovchi qo‘shiq” yorqin, shodon lirikaning namunasidir. Unda barcha narsa - harakat va shiddat, uchrashuvni orziqib kutish, betoqatlik, qalbning hayajonli urishi mavjud. Qo'shiqdagi hamma narsa shu kayfiyatga bo‘ysundirilgan:
“Я помню чудное мгновенье” . M.I.Glinkaning vokallirikasida A.Pushkin so'zlariga yozilgan romanslar muhim o'rinegallaydi. Ular orasida “Я помню чудное мгновенье” rusvokal lirikasining durdonasi bo'lib, unda shoir va kompozitordaholari birlashib ketgan. Romansning uch qismli shakli she’rmazmuniga muvofiq keladi, unda qahramon ruhiy hayotininguchta muhim lavhalari: birinchi uchrashuv, sevgilisi bilanajralishgan vaqtdagi alamlar va qaytadan uchrashuv quvonchi aks ettirilgan. Romans kuyi o'zining ravonligi va mayin nafisligi bilan chuqur taassurot qoldiradi:
Xulosa
M.I.Glinkaning romans va qo'shiqlari rus klassikasining faxridir. Kompozitor ulami butun umri davomida yozdi. Glinkaning lirik romanslari uning o'ziga xos qalb nidosidir. Ularning ba’zilarida rus tabiati va turmushining manzarasi aks etgan.
Glinka o'z romanslarida o'tmishdoshlari va zamondoshlari yaratgan maishiy romanslarining barcha jihatlarini umumlashtirdi. Uning o'zi vokal ijrochiligining ajoyib ustasi edi va inson ovozi imkoniyatlarini juda yaxshi bilardi. Romans shaklini yuksak muknmallik darajasiga ko'tara olganligi buning yorqin dalilidir.
M.I.Glinka romanslari o'zining samimiyligi va oddiyligi, tuyg'u va kayfiyatni talqin etishdagi kamtarligi va vazminligi,shaklning klassik bejirimligi va qat’iyligi, doimo ohangdor,ifodaviy, matn mazmunini haqqoniy ochib beradigan kuyning go'zalligi va chiroyli garmoniyasi o'ziga maftun etadi.
Foidalanilgan adabiyotlar:
N.SHaripov ,,Xorijiy musiqa adabiyoti`` 2014-yil.
V. Vladimirov, A.Lagutin Musiqa adabiyoti ,,музика`` 1971-yil.
M.Shornikova musiqa adabiyoti. ,,Feniks`` 2013-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |