49
elastik to‘qimalari zaifroq rivojlangan bo‘ladi. Chaqaloqlarda
qovuqning sig‘imi 50 ml, go‘daklarda 200 ml, 9-10 yoshga
to‘lganida esa 600-900 ml ni tashkil qiladi.
Bolalarda qovuqni yuvish uchun ishlatiladigan suyuqlik
miqdori qovuq sig‘imidan oshib ketmasligi kerak.
O‘g‘il bolalarning siydik chiqarish kanali (yo‘li)ning uzunligi
5-6 sm, voyaga yetish davrida esa 12 sm ga yetadi (kattalarda
18 sm gacha).
Yangi tug‘ilgan qiz bolalarda 1-2 sm, 12-13 yoshda 3-5 sm
uzunlik va orqa chiqaruv teshigiga yaqin joylashgan bo‘ladi.
Shuning uchun qiz bolalar jinsiy a’zolari parvarish qilina-
yotganda orqa chiqaruv teshigidan infeksiya uretra (siydik
kanali)ga o‘tmasligi uchun, ularning tagini oldindan orqaga
qarab artiladi va yuviladi.
Chaqaloqlar sutka davomida 20-25
martagacha, emizikli
yoshdagi bolalar 15-17 martagacha, bola 2-3 yashar bo‘lganida
8-10 marta, 6-7 yoshga to‘lganida esa 5-6 marta siyadi.
Bolaning necha marta va qancha siyishi uning ovqatlanish
xarakteriga, ichilgan suyuqliklar miqdori va sifatiga hamda
tashqi muhitning haroratiga bog‘liq. Bir sutkada ajraladigan
siydik miqdorini bolalarda taxminan quyidagi formula asosida
hisoblab chiqarish mumkin:
100 x ( n - 1 ) + 600
Formuladagi 600 – bir yoshli bolaning sutkada ajratadigan
siydik miqdorini, n – bolaning yoshini bildiradi. Masalan, 5
yoshli bolaning bir sutkalik siydik miqdori: 100x(5-l)+600=
100x4+600= 1000 ml ni tashkil qiladi.
Chaqaloqlarda buyraklarning filtratsiya qobiliyati sustroq
bo‘lgani uchun dastlabki kunlarda siydik bilan birga biroz miq-
dorda oqsil ham ajraladigan bo‘ladi (fiziologik albuminuriya).
Chaqaloq va emizikli yoshdagi bolalarda siyish refleksi
ixtiyorsiz (shartsiz) bo‘lib, qovuq to‘lishi bilan o‘z-o‘zidan
bo‘shatiladigan bo‘ladi. Shartli siyish refleksini bolada paydo
qilish 3-4 oyligidan boshlanishi va qunt bilan o‘rgatilishi kerak.
Har safar bola uyqudan turganida tagi quruq bo‘lsa, emizib
bo‘lgandan so‘ng 10-15 daqiqa o‘tgach, albatta bolani to‘sish
lozim. Bolani 8-10 oyligidan boshlab, vaqti-vaqti bilan,
aksariyat hollarda uyqudan oldin va keyin tuvakka o‘tqizib
turish ham shartli refleksning shakllanishiga yordam beradi.
50
Bolalarning siydik ajratish a’zolarining anatomo-fiziologik
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega, chunki orga-
nizmdagi barcha suyuq chiqindilar, patologik ajratmalar shu
tizim a’zolari ishtirokida tashqariga chiqib ketadi. Bas, shunday
ekan, ko‘pchilik kasalliklarning tezroq tuzalishi bevosita mana
shu tizimning naqadar normal faoliyat ko‘rsatishiga ko‘p
jihatdan bog‘liq bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: