43
1. Burun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kattalarnikiga qara-
ganda kichik, burun yo‘llari tor va qisqa, shilliq pardasi juda
nozik qon tomirlariga boy, pastki burun yo‘li hali rivojlanmagan
bo‘ladi.
Shuning uchun chaqaloqlar va emizikli bolalarda burun
bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lganda burun shilliq
pardasi tezda shishadi va burun orqali nafas olish va emishga
qiyinchilik tug‘iladi.
2. Yordamchi bo‘shliqlar – g‘alvirsimon va Gaymor bo‘sh-
liqlari emadigan bolalarda sust rivojlangan, peshona va asosiy
suyak bo‘shliqlari esa umuman bo‘lmaydi. Ular bola yoshiga
to‘lganidan keyin rivojlanib, kattalashib boradi.
3. Ko‘z yoshi – burun yo‘li qisqa va tashqi teshigi yopqichlari
yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi.
4.
Halqum tor, eshituv nayi esa kalta va keng bo‘ladi.
5. Hiqildoq – emizikli bolalarda voronkasimon, kattaroq
bolalarnikiga qaraganda uzunroq, tog‘aylari nozik va yumshoq,
shilliq pardasi qon tomirlariga boy, ovoz tirqishi esa tor bo‘ladi.
6. Traxeya bola hayotining dastlabki oylarida voronkasimon,
yo‘li tor, tog‘aylari yumshoq va bir-biriga sust birikkan bo‘ladi.
Shilliq pardasi nozik, qon tomirlariga boy, shilimshiq bezlari
kam bo‘ladi.
7. Bronxlar tor, tog‘aylari yumshoq, shilimshiq bezlari kam,
qon tomirlariga boy bo‘ladi. O‘ng bronx odatda traxeyaning
davomi sifatida tik holatda va chapiga qaraganda kengroq
bo‘ladi.
8. O‘pka bolaning go‘daklik davrida biriktiruvchi to‘qimalar
va qon tomirlariga boy, alveolalar atrofidagi elastik to‘qima sust
rivojlangan, nafas olishda qatnashadigan sathi katta yoshdagi
odamlardagiga qaraganda katta bo‘ladi. Vaqt birligi ichida
bolalarda o‘pka orqali o‘tadigan qon miqdori kattalarnikiga
qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
9. Emadigan bolalarda plevra yupqa, uning varaqlari oson
cho‘ziladigan, diafragma kattalarnikiga qaraganda yuqoriroqda
joylashgan va qisqarishlari zaif bo‘ladi.
Fiziologik farqlar quyidagilardan iborat:
1. Emadigan bolalarda nafas yuza bo‘ladi (kattalarnikiga
qaraganda 8-10 baravar sayoz). Ular chuqur-chuqur nafas
ololmaydi.
44
2. Bola qancha kichik bo‘lsa 1 daqiqada nafas harakatlari
soni shuncha ko‘p bo‘ladi (fiziologik hansirash).
Chaqaloq bir daqiqada 40–60 marta
1-2 oylik bola bir daqiqada 35-48 marta
1-3 yoshli bola bir daqiqada 28-35 marta
4-6 yoshli bola bir daqiqada 24-26 marta
7-9 yoshli bola bir daqiqada 21-23 marta
10-12 yoshli bola bir daqiqada 18-20 marta
13-15 yoshli bola bir daqiqada 17-18 marta nafas oladi.
3. Bola hayotining dastlabki haftalarida nafas aritmiyasi
kuzatiladi, ya’ni nafas olish va chiqarish maromi har xil bo‘ladi.
4. Bolalarning nafas olishi ularning yoshi va jinsiga bir qadar
bog‘liq bo‘ladi: chaqaloq ko‘proq qorni bilan nafas oladi,
emizikli davrida ko‘krak-qorin tipida, 3-4 yoshga kelib yana
ko‘krak tipida, 7-14 yoshga kelib esa jinsiga qarab – o‘g‘il bola-
lar qorin, qiz bolalar – ko‘krak tipida nafas oladigan bo‘lib
qoladi.
5. Bola hayotining dastlabki oylarida yo‘tal refleksi sust
rivojlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: